Maydalash dastgohlari ishlash prinspi



Yüklə 0,91 Mb.
tarix22.05.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#119320
jhjggh

Maydalash dastgohlari ishlash prinspi

Reja:

  • 1. Valikli maydalagichning ishlashi va qo‘llanilishi
  • 2. Bir valli maydalagichlar
  • 3. Ikki valli maydalagichlar
  • 4. Zarbli xarakatlanuvchi maydalagichlar.
  • Valikli maydalagichlar yopishqoq va nam materiallar — loy, bo‘r, nam mergel hamda qattiq jinslarni o‘rtacha va mayda maydalash uchun qo‘llaniladi. Ishlash prinsipi: ezish, qisman ishqalash, zarb va egish. Valiklar soni bo‘yicha bir juvali, ikki juvali va ko‘p juvali xillarga bo‘linadi. Ikki valikli maydalagichlar tuzilishi jihatidan bir juft qo‘zg‘aluvchan podshipnikli va ikki juft qo‘zg‘aluvchan podshipnikli xillarga ajratiladi. Valiklar silliq, taram-taram va tishli bo‘lishi mumkin.

Bir valikli maydalagichlar

Bir valikli maydalagichlar o‘rtacha qattiqlikdagi mergellarni, bo‘sh ohaktoshlarni, qattiq loyni, slaneslarni yirik maydalash uchun ishlatiladi. Bir juvali tishli maydalagich bitta tishli valik va qo‘zg‘almas jag‘dan iborat. Jag1 o‘qqa o‘rnatiladi, uni bu vaziyatda prujinali tortqi tutib turadi, shu tufayli mashinaga maydalanmaydigan material tushib qolganda jag‘ orqaga surilib, unga yol beradi. Valikning diametri 400—1600 mm, uzunligi diametridan 1,5—3 marta katta.

Uncha qattiq bo‘lmagan ohaktoshlar va mergellami hamda yumshoq jinslarning o‘ta nam xomashyosini maydalash uchun jag‘- juvali maydalagich qo‘llaniladi . U 100 mm balandlikdagi, chiqiqli aylanuvchi valik va sharnirli o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchan jag‘dan iborat. Jag‘ning pastki uchini prujinali tortqi tutib turadi.

Valikli-jag'li maydalagich: 1— 2~ valiklar; 3— rama; 4— yo'naltiruvchilar; 5—podshipnik; 6— o‘q; 7-prujina.

Ikki valikli maydalagichlar

Bir juft qo‘zg‘aluvchan podshipnikli ikki valikli maydalagichlar keng tarqalgan. Maydalagich bir-biriga qarab aylanadigan ikkita juva 1 va 2 dan iborat. Valiklar vallarga mahkamlangan podshipniklarga tiraladi. Bir juft podshipnik ramaga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan, ikki jufti qo‘zg‘alganda esa ramadagi yo‘naltiruvchilarda juva surilishi

mumkin, chunki shu podshipniklar bilan rama tiraklari 4 orasida prujina 3 bor. Prujina borligi tufayli maydalagich puxta ishlaydi, chunki metall yoki boshqa maydalanmaydigan narsalar tushib qolganda juva orqaga suriladi va haligi narsa zonadan bemalol chiqib ketadi. Valiklarni elektryuritgich tasmali va tishli uzatmalar orqali harakatlantiradi. Materialning xossalariga qarab silliq, taram-taram refli yoki tishli juvalar ishlatiladi. Silliq juvalar bilan qattiq materiallar, tishli juvalar bilan plastik materiallar (bo‘r, loy) maydalanadi. Juvalar bir xil yoki harxil tezlikda aylanganda material ezilibgina qolmay, ishqalanadi ham. Qattiq jinslami maydalashda ikki juvali maydalagichlaming maydalash darajasi i — 3—5, nam materiallami maydalashda i — 8—10.

Ikki valikli maydalagich: 1, 2~silliqyuzali valiklar .

Podshipnikli valikli maydalagichlar: e-bir jufti qo‘zg‘almas; y-ikki jufti qo‘zg‘aluvchan.

Bir rotorli maydalagich: a—ushlagich; b—bolg'alar.

Tuyadigan va quritadigan maydalagich: 1—bo'shatish xonasi; 2— rotor; 3— issiq havo olib keluvchi quvur; 4—tashqi havo so'rilishini kamaytiruvchi zatvor; 5—bo'shatish xonasi; 6— ishlatib bo'lingan qurilish agenti; 7—qaytariluvchi tiraklar.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin