Avstraliyaning tabiiy, iqlim, iqlim mintaqalri va tabiat zonalari kartalarini tahlil qilish



Yüklə 85,54 Kb.
səhifə1/10
tarix27.12.2023
ölçüsü85,54 Kb.
#199649
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AVSTRALIYA IQLIMI, IQLIM MINTAQASI, TABIAT ZONALARI


AVSTRALIYA IQLIMI, IQLIM MINTAQASI, TABIAT ZONALARI
Reja:
Kirish
1. Avstraliya tabiati haqida
2. Avstraliya iqimi mintaqasi
3.Avstraliya tabiat zonalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Avstraliya (lotincha: australis – janubiy) – janubiy yarim sharda joylashgan materik.umumiy maʼlumot. Avstraliya shimolidan janubiga 10°4g (york bo’rni) bilan 394 g (janubiy-sharqiy burun) j.k.lar oralig’ida 3200 km ga, g’arbdan sharqqa 4100 km ga 113°05’ shq.u. (stip-poynt bo’rni) bilan 153°34’ (bayron bo’rni) shq.u.lar oralig’ida cho’zilgan. Maydoni 7682 ming km² (tasmaniya, kenguru, melvill va boshqa orollar bilan 7704,5 ming km² ga yaqin). Avstraliya– materiklar ichida eng kichigi. Janubiy tropik chizig’i avstraliyaning deyarli o’rtasidan kesib o’tadi. Materikni g’arb, shimol va janubidan hind okeani, sharqdan tinch okean dengizlari o’rab turadi. Qirg’oqlari unchalik egribugri emas, shimolida karpentariya, janubida katta Avstraliya qo’ltiqlari bor. Katta yarim orollari – shimolida arnemlend va keyp-york. Tasmaniya oroli avstraliyadan kengligi 224 km li base bo’g’ozi orqali ajralib turadi. Avstraliya shimolida yirik orollardan yangi gvineya joylashgan. Avstraliyaning sharqiy sohili bo’ylab behisob marjon orollaridan tashkil topgan katta to’siq rifi 2300 km masofaga cho’zilib yotadi.tabiati. Orografiyasi. Avstraliya relefining aksariyat qismi tekislik. Dengiz sathidan o’rtacha balandligi (215 m) jihatidan avstraliya materiklar ichida eng past. Yer yuzasi 95% ining mutlaq balandligi 600 m dan oshmaydi. Yirik orografik qismlari: 1) g’arbiy avstraliya yassi tog’ligi – o’rtacha mutlaq balandligi 400–500 m, tizmalar va supa tog’lardan iborat; 2) markaziy payettekislik – ko’p qismining mutlaq balandligi 100 m ga yetmaydi. Avstraliyaning eng past nuqtasi ham (–12 m) o’sha yerdagi botiqda joylashgan eyr ko’li yonida; 3) katta suvayirgich tizma (materik sharqida) – o’rtacha balandlikdagi ayrim-ayrim, cho’qqilari yassi tizma tog’lar.
Avstraliyaning eng baland nuqtasi – kossyushko tog’i (2230 m) janubidagi avstraliya alp tog’laridavstraliya avstraliyaning hozirgi relefi asosan kembriygacha bo’lgan davrda vujudga kelgan va keskin tektonik o’zgarishlarga uchramagan, yer yuzasi uzoq davrlar ichida yemirilib, natijada qoldiq tog’lar bilan birga keng tekisliklar vujudga kelgan. Katta suvayirg’ich tizma yemirilgan paleozoy burmali tog’lari o’rnida vujudga kelgan. Nallarbor tekisligida, moviy tog’larda, barkli va aterton platolarida karst relef shakllari uchraydi.geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Avstraliyaning aksari qismi avstraliya platformasi oblastida joylashgan, sharqiy qismi esa sharqiy avstraliya burmali geosinklinal mintaqasiga kiradi.
Kembriydan avval vujudga kelgan platformaning materik zaminidagi kristall hamda metamorfik jinslari g’arbiy plato, tasman yeri, g’arbiy avstraliya qalqoni va boshqa joylarda yer yuzasiga chiqib qolgan; sharqda (markaziy pasttekislikning g’arbida) esa quruqlik va ko’l yotqiziqlari ostida ko’milib ketgan, shuningdek sharqiy avstraliya platformasida ham uchraydi. Yuqori paleozoyda va mezozoyning birinchi yarmida avstraliya platformasi qadimgi gondvana materigi bilan tutash bo’lgan. Uchlamchi davr oxiri va to’rtlamchi davrda ro’y bergan tektonik harakatlar avstraliyani yangi gvineya o., malayya arxipelagining sharqiy orollari va tasmaniyadan ajratib yuborib, materikni hozirgi qiyofasiga keltirgan.avstraliya platformasi oltin va polimetallga, temir rudasi va boksitga boy, flinders tizmasida uran va radiy rudalari uchraydi. Avstraliya sharqida toshko’mir va qo’ng’ir kumir konlari bor. Katta artezian havzasi, viktoriya shtati sohillarida neft va gaz topilgan.iqlimi. Avstraliyaning shimoliy qismi (20° j.k. Gacha) ekvatorial mussonli, o’rta katta qismi (20°–30° j.k.lar oralig’i) tropik cho’l va janubiy-g’arbiy chekkasi qishda yog’in ko’proq yog’adigan subtropik iqlimli mintaqalarga kiradi. Avstraliya janubiy yarim shardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3 qismi cho’l va chala cho’llardan iborat. Qirg’oqlardan materik ichkarisiga tomon 103yog’in miqdori tez kamayib boradi, lekin ko’p yillik yog’insiz davrlar bo’lmaydi. Yozda (dekabr–fevral) quruqlik g’oyat qizib (temperatura 36° dan ortadi) materik ustida past bosim oblasti vujudga keladi, uning janubiy chekkalaridagina baland bosim qaror topadi, shu sababli janubi-g’arbda va nallarbor tekisligida yogin tushmaydi. Temperaturaning mavsumiy o’zgarishi asosan tropik va subtropik mintaqalarning ichki rayonlarida ko’proq namoyon bo’ladi. Yanvar oyida 40° dan yuqori issiq temperaturalar shimoli-g’arbda (marbl-bar) bo’ladi. Mutlaq maksimum temperatura 53,1° klonkarrida (kvinslend) kuzatilgan. Mutlaq minimum temperatura avstraliyaning ichki rayonlarida – 4,6°gacha tushadi. Faqat avstraliya alp tog’larida sovuq barqarorroq bo’lib turadi. U yerda – 22°gacha sovuq qayd qilingan. Tekisliklarda tuproqning yuza qatlami ahyon-ahyondagina muzlaydi. Yil davomida ik-kita mavsum – quruq va yog’ingarchilik mavsumlari kuzatiladi. Murrey tekisli-klarida momaqaldiroqli jalalar, janubi-sharqdagi tog’larda musson yomg’irlari yog’adi. Sharqiy sohilning ko’p qismida iqlim tropik dengiz iqlimi, issiq. Shi-molda yog’inlarni shimoli-g’arbiy mussonlar keltiradi. Bu yerda yog’in sohilda 1500 mm, 10°– 20° j.k.da 400–500 mm. Avstraliyada eng ko’p yog’in (2243 mm) kernsda yog’adi. Eng kam yog’in (300–250 mm) materik g’arbida yog’adi. Katta suvayirg’ich tizmasi tinch okeandan esuvchi iliq va nam shamollarni to’sib, avstraliyaning sharqiy sohili va ichki rayonlarida yog’in taqsimotini murakka-blashtiradi. Qishda (iyun– avgust) avstraliyaning ayniqsa janubiy va janubi-sharqiy qismlari sovib (12°, 5°), yuqori bosim oblasti tarkib topadi.ichki suvlari. Avstraliyaning60% maydoni oqmas ichki havzaga, 7% tinch okean va 33% hind okeani havzasiga mansub. Avstraliyada oqar suvlar ko’p emas. Okeanga quyiladigan daryolar qisqa, tog’lardan boshlanadi, suv miqdori doimiy emas.
Eng sersuv daryosi murrey (marri), yirik irmog’i – darling. Ichki berk havzani kesib o’tuvchi quruq o’zan (krik)lar ko’p, ularda faqat yog’ingarchilik vaqtlaridagina suv oqadi. Avstraliya cho’llaridagi suvlar sho’r. Yer osti suvlari ko’pincha minerallashgan, zaxirasi kattavstraliya ular bir necha artezian havzada to’plangan, bunday suv 200 m, ba’zan 500 m gacha chuqurlikdan chiqadi. Sho’r ko’llar ichida eng yirigi eyrning yozda maydoni ba’zan 15000 km² ga yetadi. Undan janubida torrens, gerdner, g’arbiy platoda amadiyes ko’llari bor. Avstraliya yer osti suvlariga boy. Umumiy maydoni 4800 ming km² ni tashkil qilgan 33 ta artezian havzasi mavjud; bulardan eng yiriklari – katta artezian, murrey, morton-klarens, yukla, offiser, jorjinavstraliya yer osti suvlaridan qurg’oqchil rayonlarda sug’orish, sanoat va transport ehtiyojlari uchun foydalaniladi.tuproq va o’simliklari.
Avstraliyaning organik dunyosi bo’r davri o’rtalaridan boshlab boshqa quruqliklardan ajralgan holda rivoj topgan, shuning uchun flora tarkibida endemik turlar ko’p (75%). Avstraliya maxsus flora oblastini tashkil qilgan (qarang avstraliya floristik dunyosi). Ichki avstraliyaning katta qismi qumli va toshloq cho’llar (katta qumli cho’l, viktoriya va gibson cho’llari) bilan band. Cho’llarni bo’z va jigarrang bo’z tuproqli, asosan evkalipt va akatsiya butalaridan iborat tikanakli qalin chakalakzorlar bilan qoplangan chala cho’llar o’rab olgan. Bir oz sernamroq chala cho’llar butazor – skreblar bilan band. Chala cho’l va savannalardan tabiiy yaylov sifatida foydalaniladi. Bo’r davriga kadar avstraliyaning janubiy amerika va afrika bilan quruqlik orqali tutash-ganligini proteylar va ba’zi igna bar-glilarning umumiy oilaga mansubligi tasdiqlaydi. Shim., sharq, janubi-sharq va janubi-g’arbda yog’in miqdori orta boradi va bu yerlarda qizg’ish-qo’ng’ir va qizil tuproqli savannalar uchraydi. Materikning shimoli-sharqi doimiy yashil tropik o’rmonlar bilan, janubi-sharqi evkaliptli subtropik o’rmonlar bilan qoplangan. Chala cho’l va savannalar yaylov ahamiyatiga egavstraliya tovar mahsulot beruvchi o’rmonlar avstraliya maydonining qariyb 2%ini tashkil 104qiladi.hayvonot dunyosi. Avstraliya faunasi o’ziga xos bo’lganligidan uni alohida avstra-liya zoogeografik oblastita ajratil-gan. Avstraliya faunasida yuksak sut emizuvchi hayvonlar (odamlar chetdan keltirgan dingo itidan tashkari) deyarli yo’q. Ma-terikda mezozoy va uchlamchi davr fauna-sining vakillari hozirgacha saqlangan. Masalan, tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilardan yexidna va o’rdakburun, baliqlardan ikki xil nafas oluvchi seratod, qopchiqli sut emizuvchilardan kenguru, ayiklar (koala) va boshqa avstraliyaning ko’p yovvoyi hayvonlari odamlarning xo’jalik faoliyati va tartibsiz ov qilishi natijasida kamayib ketgan. Avstraliya uchun tipik qushlar: kakadu to’tisi, emu tuyaqushi, katta oyokli tovuqlar, qora oqqush, jannatqush, tovusdum va boshqa yevro-padan xonaki hayvonlar keltirilgan.tabiat rayonlari. Avstraliyaning tekislik qismlaridagi subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarida geografik zonallik yaqqol ko’rinadi. Yillik yog’in miqdori 200–250 mm bo’lgan cho’l zonasi katta maydonni egallagan. Plato va yassi tog’liklar toshloq cho’llardan iborat. Avstraliya alp tog’larida balandlik land-shaft mintaqalari aniq namoyon bo’lgan. Avstraliyaning tabiiy landshaftlari odamlar tomonidan juda o’zgartirib yuborilgan. Tabiatni qo’riqlash ko’proq janubiy avstraliyada yaxshi yo’lga qo’yilgan. Maunt buffalo, kossyushko, saut-uest (tasmaniya o.), uayperfild va uilsons-promontori, eungella va boshqa milliy parklari bor.kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi.avstraliya haqidagi dastlabki noaniq ma’lumotlar yevropaliklarga portugal dengizchilari orqali 16-asrda yetib kelgan. Ammo avstraliyaning shimoliy qismlarini ba’zi bir indonez qabilalari qadimdan bilishgan bo’lsa kerak. Avstraliyani 1606-yilda gollandiyalik v. Yanszon kashf qilgan va yangi gollandiya deb atagan. Bir necha oydan so’ng ispaniyalik l. Torres avstraliyaning keyp-york yarim orol shimolidagi bo’g’ozdan suzib o’tdi. Bu bo’g’oz keyinchalik uning nomiga qo’yilgan. Yava o.ga qatnab turgan golland dengizchilari 1640-yilda materikning g’arbiy, qisman shimoliy va janubiy sohillarini kashf etgan. 1642-yilda tasman avstraliya dan janubroqda suzib, tasmaniya o.ni topdi va materikning antarkt-dadan uzoqda joylashganligini isbot etdi. J. Kuk 1770-yilda avstraliyaning sharqiy sohillarini kashf etdi va uni yangi janubiy uels deb atadi. M. Flinders va n. Boden tadqiqotlari bilan avstraliya janubiy sohillarining kashf etilishi tug’allandi. M. Flinders materikni avstraliya ("janubiy yer") deb atadi va 19-asrdan shu nom bilan mashhur bo’lib qoldi. Avstraliyaning ichki qismi yevropaliklarning chorva mollari uchun yaylov va suv qidirish maqsadlarida o’rganiddi. Ko’pdan-ko’p geografik tadqiqotlar natijasida butun avstraliyaning tabiat boyliklari asosan o’rganib bo’lindi. Bu esa qit’aning xo’jalik jihatdan tez o’zlashtirilishiga olib keldi. Keyingi vaqtlarda qazilma boyliklar qidirib topish borasida xususiy tadqiqotlar olib borilmoqda tropik iqlim mintaqasi katta maydonni egallaydi. Oldingi mintaqa singari
ko’p quyosh radiatsiyasini oladi. Ikkita iqlim tipi shakllangan:


1. Quruq tropik iqlim tipi, tekislikni egallaydi, yog’in kam (100–500 mm), yillik
havo harorati 30–32 °c.
2. Nam tropik iqlim turi, tinch okean sohilida tarkib topgan, yog’in ko’p
(2 000 mm gacha), yillik harorati 16 °c.
Subtropik iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini va tasmaniya orolining shimoliy sohil bo’ylarini qamrab oladi. Bu mintaqada uchta iqlim tipi hosil bo’lgan. G’arbdan sharqqa tomon dastlab o’rta dengiz subtropik iqlim tipi (yog’in 300–1000 mm), so’ngra kontinental (yog’in 100–500 mm) va janubi-sharqiy qismida nam subtropik iqlim tiplari (yog’in 2000–3000 mm) mavjud. Tasmaniya oroli g’arbiy shamollar ta’sirida bo’lib, mo’tadil iqlim mintaqasi asosiy qismini egallaydi (yog’in 500–2000 mm, harorat qishda +8 °c, yozda +16 °c).


Yüklə 85,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin