Qora sovuqlarni prognoz qilish



Yüklə 142 Kb.
səhifə1/8
tarix12.09.2023
ölçüsü142 Kb.
#142693
  1   2   3   4   5   6   7   8
1 Amaliy ish





  1. QORA SOVUQLARNI PROGNOZ QILISH



Mashg‘ulotning maqsadi: Qishloq xo‘jalik ekinlari qora sovuqdan zararlanishining oldini olish choralarini o‘rganish va qora sovuq bo‘lishini oldindan prognoz qilishni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Qora sovuqning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish;
2. Qora sovuqning oldini olish choralarini bilish va uni amalga oshirishni o‘rganish;
3. Qora sovuqni prognoz qilish usullarini o‘rganish;
4. Qora sovuqqa ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish;
5. Berilgan jadvalga asosan qora sovuqni prognoz qilish.
Kerakli materiallar va jihozlar: ob–havo ma’lumotlari, o‘quv qo‘llanmalari, sinoptik xaritalar, ob–havo xizmati byulletenlari, jadval ma’lumotlari, ish daftari.



    1. Qora sovuq haqida tushuncha va uning zararli oqibatlari



Qora sovuq deb musbat o‘rtacha sutkalik haroratlar hukm surgan davrda havo haroratining 0oC dan pastga tushishi natijasida o‘simliklarni sovuq urishiga aytiladi.
O‘simliklarni sovuq urishi haqidagi ma’lumot ularni rayonlashtirishda, ekish va yig‘ib olish muddatlarini belgilashda, sovuqqa chidamli navlarni yaratish va tanlashda, qora sovuqni oldini olish choralarini ishlab chiqishda kerak bo‘ladi.
Qora sovuq paydo bo‘lishi jihatidan bir necha turlarga bo‘linadi: advektiv, radiatsion va advektiv–radiatsion.
Advektiv qora sovuq – Arktika havo massalarining bahor va kuz oylarida bostirib kelishi natijasida yuzaga keladi. Bir necha kun davom etishi mumkin va mahalliy sharoitga bog‘liq emas.
Radiatsion qora sovuq – o‘rtacha sutkalik havo harorati unchalik yuqori bo‘lmaganda havo ochiq bo‘lgan kechalari yerning faol yuzasi uzun to‘lqinli radiatsiya tarqatishi natijasida havo harorati 0oC dan pasayib ketadi. Shunda yer yuzasi sovuq, 2 m balandlikda esa havo harorati iliq bo‘ladi.
Advektiv–radiatsion qora sovuq – arktika sovuq havosining kirib kelishi va yer yuzasining kechasi yanada sovib ketishi natijasida sodir bo‘ladi. Tuproq yuzasidagi qora sovuq bahorda kechroq, kuzda esa ertaroq boshlanadi. Shuning uchun tuproq yuzasida qora sovuqsiz kunlar 2 m balandlikdagi havoga nisbatan 20–30 kunga kam bo‘ladi.
Advektiv qora sovuqda shamolga qaragan tomon ko‘proq sovib ketadi va mahalliy sharoitga bog‘liq emas. Advektiv–radiatsion qora sovuqlar relyef formalariga, suv havzalari va boshqa omillarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Kechasi tog‘ yonbag‘irlaridan vodiyga keladigan sovuq havo qora sovuqlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
O‘simliklar hayoti uchun xavfli bo‘ladigan harorat kritik (suyuqliqdan qattiq holatga o‘tishi) harorat deyiladi. Bu harorat o‘simliklarning turi, navi, rivojlanish fazalariga bog‘liq.
Qishloq xo‘jalik ekinlari sovuqqa chidamliliga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Eng chidamli rivojlanishining dastlabki fazalarida qisqa vaqtli –7–10oC haroratga chidamli o‘simliklar (kuzgi don, dukkakli don ekinlari). Gullash davrida –1–2oC da ham qora sovuq uradi.

  2. Chidamli – rivojlanish fazalarida –3 –4oC ga chidaydigan o‘simliklar (ildizmevalilar, zig‘ir, kanop, ba’zi yog‘li ekinlar).

  3. O‘rtacha chidamli – unib chiqish davrida –3–4oC, gullash davrida –1–2oC gacha chidaydigan o‘simliklar (soya, rediska va.b.).

  4. Kam chidamli – bu guruhdagi o‘simliklar–2–3 oC gacha bo‘lgan qora sovuqqa chidaydi. Gullash davrida –1 oC da ham sovuq uradi (makkajo‘xori, kartoshka, tamaki, jo‘xori va h.k.).

  5. Chidamsiz – unib chiqish davrida –0,5oC da ham sovuq uradi. Bunga asosan issiqsevar o‘simliklar kiradi (g‘o‘za, sholi, yeryong‘oq, kunjut, grechixa, loviya, sabzavot ekinlari). Mevali daraxtlardan: Limonni –9–10oC, apelsinni –10–11oC, mandarin –12oC, tokni (kurtaklaganda) –1oC, olma, nok, olxo‘ri, gilos (shonalari ochilmaganda), –4oC, shaftoli (shonalari ochilmaganda) –2oC, malina, qulupnay (gullaganida) –2 oC da sovuq uradi.

O‘simliklarni qorasovuqdan saqlashda olov yoqib tutun tutatish, o‘rash, sug‘orish, sovuq havoni issiq havo bilan almashtirish (ventilyasiya) kabi usullardan foydalaniladi.




    1. Yüklə 142 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin