Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari
Reja
1. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida tushuncha.
2. Darak gaplar.
3. So’roq gaplar.
4. Buyruq gaplar.
5. Undov gaplar.
1. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida tushuncha.
So’slovchi o’z oldiga turli maqsadni qo’yadi. Ma’lum voqea hodisa haqida xabar beradi yoki noma’lum bo’lgan biror voqea hodisa haqida ma’lumot olishni istaydi, yoki tinglovchini biror narsani bajarishga undaydi, yoki shu haqida istak bildiradi, yoki turlicha xis-hayajonni bildiradi.
Shunga ko’ra gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Darak gaplar.
2. So’roq gaplar.
3. Buyruq gaplar.
4. Undov gaplar
Bularning har-bir tuzilishi jihatidan, ya’ni so’zlarni va gramatik formalarini ishlatishda, so’z tartibida, innivasiyada o’z hususiyatiga ega.
2.Darak gaplar.
Darak gaplarda voqea hodisa haqida xabar beriladi yoki predmetda biror xususiyatning majudligi tug’risidagi tasdig’I yoki inkor mazmuni ifodalanadi.
Masalan: Sayramovning ko’zlari gulzordan uzilmas edi. (0)
Darak gapning kesimi quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
1. Aniqlik fe’li bilan: Salqin shamollargina qizning sochlari bilan o’ynashadi. (0)
2. Otlar bilan: Inson qo’li gul. Kitob – bilim manbai.
3. Sifat bilan: Qiz o’z yoridek, uddaburon, chechan. (X.O.)
4. Son bilan: Onning – yarim besh. Dunyoning jannati ro’zg’orimiz bir, taqdiri yangi zo’r boshimiz bir. (R.B)
5. Olmosh bilan: Uning haqi senda emas, sening haqing unda. (P.T.)
Dostları ilə paylaş: |