1. Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlarga oid g’oyalar va nazariyalar talqini



Yüklə 17,42 Kb.
səhifə1/5
tarix27.06.2023
ölçüsü17,42 Kb.
#135383
  1   2   3   4   5
Shixnazarovv J

Soliqqa tortishga oid asosiy tushunchalar va soliqqa tortishning ob'ektiv zarurati


Reja
1. Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlarga oid g’oyalar va nazariyalar talqini.
2. Umumiy soliq nazariyalari.
3. Xususiy soliq nazariyalari.

1. Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlarga oid g’oyalar va nazariyalar talqini
Soliqlarning mohiyati to’g’risidagi qarashlar va ularning jamiyat iqtisodiy tizimidagi o’rni jamiyat munosabatlarining rivojlanishi bilan mos ravishda rivojlanib bormoqda. Soliqqa tortish to’g’risidagi qarashlarning shakllanishi bir necha bosqichlardan iborat bo’lib, boshlang’ich bosqichlarda soliqlarga iqtisodiy kategoriya sifatida qaralgan bo’lsa, so’ngi bosqichlarida ularning huquqiy jihatlariga ko’proq e’tibor qaratila boshlandi.Soliqqa tortish ilk ko’rinishlaridan biri - bu mag’lub bo’lgan davlatdan sovg’a tariqasida undirilgan. Mag’lub bo’lgan davlatning hamma boyliklari g’olib davlatga harbiy mukofot sifatida va xarajatlarini qoplash uchun o’tgan. Keyinchalik mag’lub bo’lgan davlat g’olib davlatni moddiy jihatdan ta’minlab turishlari (yoki pul to’lab turishlari) shart edi. Boshqacha qilib aytganda - soliqlarning birinchi shakli mag’lublardan soliq (yoki mag’lublar solig’i) sifatida undirilgan. Davlatchilik munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida va tinchlik paytlarida soliqqa tortish tizimi zarur qurbonlik sifatida jamiyatning ixtiyoriy emas, balki majburiy talablariga asoslangan tarzda amalga oshirilgan. O’sha davrning o’zidayoq soliqning muhim belgisi - majburiylik sezilib turardi. Bundan tashqari soliqqa tortish hali takomillashmagan bo’lsa ham, uning muhim elementlaridan biri - soliq stavkasi ajralib turgan. Moiseyning beshligida shunday deyilgan “… va barcha erdagi donlarning va daraxt hosillarining 110 qismi Xudoga tegishlidir”, ya’ni birinchi daromad solig’i stavkasi 10 foizni tashkil etgan.Qadimgi Misrda va ko’plab sharqiy davlatlarda soliq davlat boshlig’iga tegishli bo’lgan erdan foydalanganlik uchun ijara haqi sifatida undirilgan. Dastlabki feodal davlatlarida soliqlar davlat boshlig’iga sovg’a sifatida berilgan. Tasodif emaski o’rta asrlarda Angliyada “soliq” va “sovg’a” so’zlari deyarli sinonim so’zlar bo’lib,ikkilasi ham “gift” so’zi bilan ifodalangan. Germaniyada esa soliqning nomi davlat tomonidan soliq to’lash murojaati bilan bog’liq bo’lgan. Keyingi davrlarda soliqlarga xalqni o’z davlatiga yordami sifatida qaralgan. Hozirgi kungacha nemis tilida soliq nomi - “steuer” qo’llab-quvvatlash ma’nosini bildiradi.
Ammo XVIII asrda soliq nafaqat iqtisodiy ma’noga ega bo’lgan, balki huquqiy ma’noga ham egaligi haqida tasavvur shakllangan. Aynan shu davrda soliqlarga fuqarolarni davlat oldidagi yuridik majburiyati sifatida qaraldi. Shunday qilib, ingliz tilida hozirgacha ba’zi bir soliqlar “duty” deb nomlanadi, ya’ni qarz, majburiyat deganidir. Soliqqa tortishning to’laqonli nazariy asoslanishi chuqur tarixiy ildizga ega emas. XVII asrgacha hamma soliq to’g’risidagi tasavvurlar tasodifiy va tartibsiz xarakterga ega bo’lgan, bu esa ushbu davrgacha soliqlarga bag’ishlangan tadqiqotlar tor doirada olib borilganligidan dalolat beradi. Vaqtinchalik va tasodifiy soliqlarni doimiy va umumiy to’lovlarga aylantirilishi aholining noroziligiga olib keldi va bu holat moliya ilmidan soliqni nazariy asoslab berishni talab qilar edi. Uzoq vaqt davomida soliq nazariyasida - klassik qarashlar asosiy nazariya bo’lib keldi. Bundan 200 yillar chamasi ilgari A. Smit tomonidan davlat moliyasi evolyutsiyasini o’rganishga asos solindi. Bu nazariya mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektlar daromadidan davlat xazinasiga tartibli va samarali ravishda soliq undirishning to’rt tamoyilini o’rtaga qo’ydi tenglik, aniqlik, to’lashning qulayligi va arzonligi. Klassik-olimlar U. Peti, J. B. Sey va ingliz iqtisodchilari D. Rikkardo, J.Mil lar iqtisodiyotni samarali va o’zini-o’zi boshqara oladi deb hisoblashgan. Ularning fikricha talab taklifni yaratadi, agar ishlab chiqaruvchilar ko’payib ketishs ular o’zlari taqchil tarmoqlarga o’tishini, soliqlar esa faqatgina byudjet daromadining manbai sifatidagina rol o’ynaydi xolos deb . Soliqlar bo’yicha olibborilgan izlanishlar faqatgina uni undirishhisoblashgan (tenglik va progressivlik) va undirilganmablag’larni fiskal ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatish ustida olib borilar edi.Ammo iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy tsikllarning bo’lib turishi klassiklarnazariyalarni bir qadar o’zgarishiga olib keldi, ya’ni davlatning roli va iqtisodiyjarayonlarga ta’sir ko’rsata olishini belgilab berish kerak bo’lib qoldi. Bundan tashqari soliqqa tortishning ijtimoiy-iqtisodiy chegaralarini ham belgilab olish kerak edi.
Asosiy soliq nazariyalari XVII asrdan boshlab shakllana boshladi va asosiy tamoyillarning mujassamlashganligi sifatida burjuaziya ilmida umumiy soliq nazariyasi nomini oldi. Uning asosiy yo’nalishlari bevosita jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi ta’siri ostida shakllandi. Umuman olganda, soliq nazariyasi deganda soliqlarning mohiyati va ahamiyati, ularning jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’rni, roli va ahamiyati haqidagi ilmiy bilimlarning u yoki bu tizimi ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, soliq nazariyasi soliqlarning u yoki bu vazifasini tan olinishiga qarab davlatlarning soliq tizimlarini turli xil shakllanish modellarini o’zida aks ettiradi. Keng ma’noda soliq nazariyasi har qanday umumiy ilmiy tadqiqotlarni o’rganish bilan birga (umumiy soliq nazariyasi) soliqqa tortishning alohida muammolarini ham o’rganadi (xususiy soliq nazariyasi). Xususiy soliq nazariyalari turli xil soliqlarning o’zaro nisbatlarini, soliqlarning tarkibini, soliq stavkalarini va boshqalarni o’rganadi. Bu nazariyaning yaqqol misoli yagona soliq nazariyasidir. Shu tariqa umumiy soliq nazariyalari soliqqa tortishni umumiy jihatlarini, xususiyatlarini belgilab bersa, xususiy soliq nazariyalari esa qaysi soliqlarni joriy qilish kerakligi, ularning sifat tarkibi qanday bo’lishi kerakligi va boshqalarni belgilab beradi.


Yüklə 17,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin