1.Ishlab chiqarish omillari — Ishlab chiqarishda qoʻllanadigan resurelar; yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik faolligi (tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar Ishlab chiqarish omillari hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi, miqdori ulardan foydalanish darajasiga boglik, boʻladi.
2. Kapital (nem. Kapital; lot. capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma'noda — o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda — ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy K.). K.ning paydo bo'lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o'ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo'lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul K.ga aylanadi. K. ko'p sikllar davomida ishlab chiqarishda ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va to'liq sarflanadigan aylanma kapitalga bo'linadi. Pul K. i (sarmoya) — ashyoviy K. sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, ya'ni pul K.ga aylanishi uchun ishlab chiqarishga avanslanadi. Iqtisodiy nazariyada K. ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning ko'payishi inson mehnati (ish kuchi) va ishlab chiqarish vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, ya'ni ishlab chiqarish sharoitida yuz beradi. K. sanoat K.i, savdo K.i, ssuda K.i, sudxoʻrlik K.i (tarixiy) shakllarida faoliyat ko'rsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida K.ning korxona, firma, banklar. K.i, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik K.i, zahira K.i, ustav Kapital singari ko'rinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli K. dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi.
Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi