Tadbir maktab sahnasida o’tkaziladi.Unda 4-sinf o’quvchilari,ularning o’qituvchisi va boshlovchilar ishtirok etadilar.
Maktab sahnasi o’ziga xos bayramona usulda har xil sharlar,chiroyli gullar bilan bezatiladi.
Sahnaga karnay-surnay sadolari ostida ikki jarchi bola chiqadi.
1-jarchi:Odamlaru odamlar,
Bog’da bitgan bodomlar.
Eshitmadim demanglar,
Eshitganlar,jilmanglar.
2-jarchi:Bugun maktabimizning 4-sinf o’quvchilarining bitiruv kechasi bo’ladi..
1-jarchi:Hamma bitiruv kechasiga taklif etiladi.
2-jarchi:Odamlaru-odamlar bitiruv kechasiga shoshiling.
Sahnaga ikkita boshlovchi kirib keladi.
Dilshod:Assalomu alaykum, aziz ustozlar,qadrli o’quvchilar!
Nargiza:Assalomu alaykum, mehribon ota-onalar, sevimli buva va buvijonlar!
Dilshod:Mana bugun 4-sinf o’quvchilari boshlang’ich ta’limni tugatdilar. Bugun ular uchun katta bayram, katta tantana.
Nargiza:Ijozatingiz bilan hozir davramizga tantanamiz sababchilari bo’lgan o’g’il-qizlarni taklif qilsak.
Dilshod:Mustaqil yurt o’g’il-qizlari,
Yuzi qirmiz, shirin so’zlari,
Aqli raso bilimga tashna,
Kulib turar charos ko’zlari.
Nargiza:Davramizning guli o’zingiz,
Sayroqi, sho’x bulbul so’zingiz,
Charaqlagan oysiz, ham quyosh,
Olqishlaydi sizni keksa-yosh.
Mehrinoz:O’rtoqjon maktabga ilk bora kelgan kunimizni eslaysizmi?
Shahrinoz:Bo’lmasamchi,o’shanda judayam kichkina edik.Sinfga ham bizni aka-opalarimiz qo’llarimizdan yetaklab olib kirishgan edi.
-Ha,mana,hash-pash deguncha oradan 4 yil ham o’tib ketibdi.Bugun biz boshlang’ich ta’lim bitiruvchilarimiz.
Shahrinoz:-Bo’lganmi bizning davrdek hech qachon davronlar,
Istiqlolim berdi bizga ilm uchun imkonlar.
Ma’naviyat ma’rifatni ardoqlovchi xush onlar,
Xush kelibsiz, ey aziz, o’qituvchiyu mehmonlar!
Sahnaga o’zga sayyoralik kirib keladi va
-Men yupiter!Men yupiter!Meni eshityapsizmi?Kemaning quvvat olish tizimi ishlamay qoldi.O’zga bir notanish sayyoraga qo’nishga majburman.(Kemadan ikki kishi tushib keladi.Ular atrofga hayronboqadilar.)
1-mehmon:Bu qanday sayyora Ne mo’jiza Tilsimlar?
Nomi qanday atalar. Unda yashaydi kimlar?
O’quvchi:Bu sayyora nomi yer Quchog’I jannatmakon.
Ta’rifiga so’z ojiz Yurtimiz O’zbekiston.
Dostları ilə paylaş: |