1. Kiberrazvedka tahdidlarini dasturiy vositalarda boshqarish tahlili



Yüklə 18,43 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü18,43 Kb.
#177633

Mustaqil ish mavzulari

1. Kiberrazvedka tahdidlarini dasturiy vositalarda boshqarish tahlili


2. Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlashda antivirus, IDS, IPS, TE vositalarining o‘rni.
3. Zararli dasturiy vositalarni klassifikasiyasi va himoya usullari.
4. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar.
5. Zararkunanda dasturlarning turlari.
6. Zararli kodlarni aniqlash va ularning tahdidlarini boshqarish
7. Axborot tizimlari va resurslaridan ruxsatsiz foydalanishlarni aniqlash uslubiyati.
8. Axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash.
9. Ijtimoiy injeneriyada xujumlar tahlili.
10. Zamonaviy antivirus dasturiy vositalari va ularning imkoniyatlari.
11. Axborot xavfsizligi sohasida daslabki choralar sifatida axborot xavfsizligi tahdidlarini baholash
12. Tahdidlarni aniqlashdagi ekspert xizmatlari va ularning imkoniyatlari
13. Xavfsizlik ma’lumotlari va hodisalarni boshqarish (SIEM). IBM QRadar tahdidlarni aniqlash.
14. Kiberxavfsizlik sohasida karrera yo‘llarini o‘rganish.
15. Korxona tashkilotlar uchun tahdidlar to‘g‘risida tahliliy hisobotlar.
16. Zararli kodni aniqlash usullarining ijobiy va salbiy tomonlari.
17. Active Directory Threat intelligence. Active Directory zaifliklarini kamaytirish.
18. SecOps vazifalari, bosqichlari, vositalari va afzalliklari.
19. Xavfsizlik va razvedka xizmatining hayotiy sikli.
20. Axborot tizimida amalga oshirilgan axborot xavfsizligini ta’minlash tartib-tamoyillari, ularning samaradorligini tekshirish va baholash.
21. McAfee ESM monitoringi yordamida yolg‘on signallarni fosh etish.
22. Kasperskiy tahdid razvedkasi xizmatlari tahlili
23. CLOUD NETWORKS – ishonchli kirishni aniqlash tizimlari, xavfsizlik devorlari
Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha talablar
Mustaqil ishlar har bir guruh tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. O‘quv kursi davomida guruh tomonidan 1 ta mustaqil ish topshiriladi. Har bir berilgan mustaqil ishni bajarish uchun yetarlicha muddat beriladi. Berilgan mustaqil ishni bajarishda talabalar tomonidan ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Agar mustaqil ishni bajarishda ko‘chirmachilik holatlari kuzatilsa, talabaga ushbu ish uchun ajratilgan kredit foizi berilmaydi. Mustaqil ishni bajarishda talabalarni mustaqil fikrlash qobilyatiga egaligi, ishni to‘liq va ravon bajarganiga alohida e’tibor beriladi. Talabalar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlar lms.tuit.uz tizimiga elektron ravishda yuboriladi va talabalardan himoya qilish talab etilmaydi.
Mustaqil ish taqdimot ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Rasmiylashtirish qoidalari:
Qandaydir skaner qilib olingan ma’lumotlardan foydalanish taqiqlanadi (formulalar, jadvallar, rasmlar va boshqalar).
Jadvallar:

  • jadvallar ketma-ket raqamlanadi;

  • albatta jadval nomi va raqami bo‘lishi lozim;

  • referatda “jadval” so‘zini to‘liq yozish lozim;

  • jadval nomi va uning tarkibi markaz bo‘yicha tekislanib yoziladi;

Rasmlar (diagrammalar):

  • rasmlar va diagrammalarni raqamlash ketma-ket amalga oshiriladi;

  • albatta rasmlarni (diagrammalarni) nomi bo‘lishi lozim;

  • referatda rasm va diagrammalar uchun rasm (rasm) so‘zidan foydalanish lozim;

rasmlar (diagrammalar) markazlashtiriladi va uning tagidan nomi yoziladi;
Taqdimot uchta qismga bo‘linishi kerak: Kirish, Asosiy qism, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Mustaqil ish uchun ajratilgan kredit miqdori 100 foiz holatda olinib, quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi:

  1. Bajarilgan mustaqil ishning berilgan mavzuga mosligi: 50 %.

  2. Mustaqil ishda yangi adabiyotlardan va ilmiy maqolalardan foydalanilganligi: 20%.

  3. Bajarilgan mustaqil ishda guruhning yakuniy xulosasining mavjudligi: 20%.

  4. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi: 10%.

Yüklə 18,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin