1. Korrupsiya tushunchaci, mazmun mohiyati Korrupsiyaning ijtimoiyiqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari



Yüklə 69,67 Kb.
tarix28.06.2020
ölçüsü69,67 Kb.

Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va ijtimoiy xavfliligi

Mavzu:

REJA

 

1. Korrupsiya tushunchaci, mazmun mohiyati

2. Korrupsiyaning ijtimoiyiqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari

3. Korrupsiyaning ko‘rinishlari va davlat, jamiyat xavfsizligiga tahdidi

ADABIYOTLAR
  • Xolmanova D. Fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtirokining huquqiy asoslari. // O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari Axborotnomasi. 2017. №2 B.75-77
  • Zufarov R. Poraxo‘rlik- korrupsiya negizi // Davlat va huquq. - 2000. № 4. - 41 b.
  • Zufarov R.A. Poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlik. - T.: TDYUI, 2004. - B. 83-84.
  • Ismailov B.I. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashning xalqaro-huquqiy jihatlari // O‘quv qo‘llanma.-Toshkent: YUMOM. 2015.-129 b.
  • Kabulov SH.R. Korrupsiyaga qarshi kurash: iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy choralari va yo‘llari. Monografiya\-T.:IIV Akademiyasi\2015.-160b.

Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan.

YUridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”.



1. Korrupsiya tushunchaci, mazmun mohiyati

Korrupsiya- mansabdor shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida

qonunlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan mansab faoliyatidan

foydalanishdir.

UMUMIY TUSHUNCHASI

Korrupsiya - “davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga

tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar,

imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan

foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik

shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi”, deb ta’rif

berilgan.



“YURIDIK ATAMALAR QOMUSIY LUG‘ATI”DA

1) mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talon taroj qilish;

2) rasmiy maqomdan norasmiy foydalanish natijasida shaxsiy foyda ko‘rish uchun o‘z hizmat vazifasini suiste’mol qilish;

3) ijtimoiy burch bilan shaxsiy foyda o‘rtasidagi manfaatlarning nizosi.



KORRUPSIYA MAZMUNI

2. Korrupsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollari miqdorida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir.



Korrupsiyaning xavfi ko‘p qirralidir

birinchidan iqtisodiyot negizlariga bolta uradi va islohotlar jarayoniga to‘sqinlik qilib uning asl mohiyatiga putur etkazadi va bu bilan islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiradi

ikkinchidan jamiyatning ma’naviy asoslariga zarar keltiradi (vatanparvarlik, insonni o‘z imkoniyatini namoyon qilishi)

uchinchidan o‘sayotgan avlodning ongini zaharlaydi

to‘rtinchidan xorijiy sarmoyadorlani cho‘chitib yuboradi va eng asosiysi, xalqaro hamjamiyatda bu davlat to‘g‘risida salbiy tasavvurni yuzaga keltiradi.

Inson sivilizatsiyasi o‘sishi natijasida, jinoyatchilikning turlari ortib bogan va korrupsiya yuzaga kelgan.

Barcha davlatlardagi jinoiy harakatlarda asosan birinchi o‘rinda moddiy manfaat, yuqori lavozimni olish va lavozim orqasidan tekin boylik orttirish yotadi.

Korrupsiya iqtisodiyotni tanazzulga etaklab, davlat boshqaruvini izdan chiqfaradi. Fuqarolarda davlat boshqaruviga nisbatan ishonchsizlikni uyg‘otib, halol yo‘l bilan maqsadga erishish kabi orzu- xavaslarini yo‘qqa chiqaradi. Korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ichidan emiradi.

SHu bois bu illatga er yuzida barcha davlatlar o‘z hududidagi xolat va sharoitdan kelib chiqib turli usullarda kurash olib boradilar.

“Korrupsiya” 4 sabab

  • SHaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim- tarbiya ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning noqasligi oqibatida paydo bo‘ladi.

  • 2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasisligi, mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir.

    3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch keladigi, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yohud ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho‘ziladi. SHunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan- to‘g‘ri va qisqa yo‘l ochiladi.

    4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan rahbariyatining o‘ziga xos xulki tufayli davlat boshqaruvida hal qiluchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi.

    Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlanmoqda.

    Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar echimi paydo bo‘ladi. Har birimiz qaerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida mas’ul shaxslarning mas’uliyatsizligi yoki ta’magirligiga guvoh bo‘lganda sharoitga bo‘ysunish, indamay ketaverish yoxud chidash o‘rniga bong urishimiz kerak. Mas’uliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni o‘zimizdan boshlashimiz darkor. SHunda mudrayotgan mansabdor uyg‘onadi, zimmasida qanday mas’uliyat borligini his etadi.

     


3. Korrupsiyaning ko‘rinishlari va davlat, jamiyat xavfsizligiga tahdidi

Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda.

Mamlkatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016 yilning oktyabr oyidan boshlandi.

SHu yilning 14 oktyabrida O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi va 2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirdi.

Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish ko‘zda tutildi.

YUqori bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqador bo‘lmaydi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar davlat mulklarini o‘marishga ( qo‘shib yozish, pora olib ishga joylashtirish, urug‘aymoqchilik va hakozalarga urinayotganligi ma’lum bo‘lmoqda) harakat qiladilar.

O‘rta bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqada bo‘ladi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar jinoiy guruhlardan pora olib turadi va ularning jinoiy faoliyatlarini amalga oshirishda rahnomalik qiladi, hamda sezilib qolayotgan jinoyatlarini yopishga harakat qiladi.

Mayda bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqasi bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Mayda bo‘g‘inli korrupsiya o‘rta va kichik lavozimli rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Mayda ko‘rinishlar kommunal xizmat tarmog‘ida, soliq, yig‘im, jarima kabi aholidan olinadigan tulov sohalarida, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruhsat beruvchi idoralarda, davlat nazoratini amalga oshiruvchi xizmatlarda seziladi.

Korrupsiya ko‘rinishlari

Korrupsiya nafaqat bizning xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka balki tahdid soluvchi real muommodir. SHunday ekan, mazkur xodisaga qarshi kurash masalalari faqatgina bizga taalluqli bo‘lmay balki butun jahon hamjamiyati muammosi bo‘lmog‘ii lozim Mustaqil O‘zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga doimo tayyordir.



Nazorat savollari


  • Korrupsiya tushunchasini izohlab bering?
  • Korrupsiyaning shakllarini nimalardan iborat?
  • YUqori, o‘rta va mayda bo‘g‘inli korrupsiya deganda nimani tushunasiz?
  • Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro hujjatlardan qaysilarni bilasiz?
  • Ijtimoiy hayotda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining tutgan o‘rni.

Yüklə 69,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə