1-Krasvord savollari



Yüklə 15,55 Kb.
tarix20.03.2023
ölçüsü15,55 Kb.
#88825

1-Krasvord savollari:

  1. Qaysi olim “agar o'qituvchi faqat ishiga havas qo'ygan bo'lsa, u yaxshi o'qituvchi bo'ladi. Agar o'qituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qo'ygan bo'lsa, u oldingi o'qituvchidan yaxshiroq bo'ladi. Bordiyu, ikkala hislatni ham o'zida mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli o'qituvchi bo'la oladi” deb takidlab o’tgan?




  1. Buyuk allomalardan kim o'z asarlarida tarbiyachi-muallim foaliyatiga quyidagicha ta’rif beradi: “muallim bilimli, aqlli, adolatli, o'zida butun yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi” ?




  1. Kim o'qituvchining mashaqqatli mehnatini ta’riflab shunday deydi: “Hali etilmagan va fikri xayoli tarqoq bo'lgan o'ttiz yoki qirqta o'quvchining ongini butun dars davomida mashg'ul qilib turish uchun o'qituvchi o'z so'zlari va bergan masalalari to'g'risida ko'p bosh qotirishi, serdiqqat bo'lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo'lgan har bir kishi o'qituvchi bo'lishga layoqatli bo'lavermaydi. Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham etarlicha ta’rif qilinmaydigan bu vazifani insof bilan ado qilmoq uchun zo'r matonat va mahorat talab qilinadi”?




  1. . O'qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega bo'lishi kerakligini ta`kidlab o'tgan yevropa olimi kim?



  1. Faqat kim yoshligida tug’ma duduq bo’lishiga qaramsadan Yunonistonda notiqlik sanъatining etuk namoyodasi, ya’ni elitasi sifatida mashhur bo'ldi.




  1. Qaysi olim “O'qituvchi muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o'qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot bo'lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat – falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul” degan tushunchalarni aytib o’tadi?



2- Krassvord savollari:

  1. XV asrda yashab, ijod etgan mutafakkir, Alisher Navoiyning yaqin do'sti kim bola tarbiyasida maktab va muallimning alohida o'rni borligi haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli bo'lishi zarur, deb hisoblaydi.

  2. O'qituvchilik «er yuzidagi har qanday kasbdan ko'ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini qaysi olim ta’kidlaydi?

  3. Qaysi rus olimining mulohazalariga ko’ra “o'qituvchining asosiy hislati – bu uning bolalar bilan munosabatda bo'layotganligini sezishda, bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida, axloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday isteъdodga ega bo'lmog'i zarurki, unga har qaysi o'qituvchi erisha olmaydi.” Deb aytadi?

  4. «Aqlli, fikran boy, bag'ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni qiziqtirmaydi, o'zining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql – aql bilan tarbiyalanadi, vijdon – vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik – bevosita vatan uchun xizmat qilish bilan..., – deb taъkidlagan mashhur rus olimi kim?

  5. Qaysi dinda bolalarni o'qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan:

a) diniy va axloqiy tarbiya;
b) jismoniy tarbiya;
v) o'qish va yozishga o'rgatish.

  1. Mashhur faylasuf kim o'quvchilar bilan savol-javob usuli orqali ta’lim-tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan.

Yüklə 15,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin