7-amaliy mashg’ulot Mavzu: Web of Science platformasi hamda undan foydalanish. Web of Science platformasidagi jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash. Web of Science resurslari va vositalari haqida umumiy ma’lumot web of



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə1/7
tarix15.09.2023
ölçüsü179,5 Kb.
#143712
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7
7-amaliy mashg\'ulot


7-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Web of Science platformasi hamda undan foydalanish. Web of Science platformasidagi jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash.
Web of Science resurslari va vositalari haqida umumiy ma’lumot WEB OF   Core Collection – bu ilmiy jurnallar, jurnal maqolalari va monografiyalarni iqtibosligini aks ettiruvchi eng obro‘li referativ bazaga ega analitik axborot tizim. Baza o‘zida turli ilmiy sohalarga oid 12000 ilmiy jurnal va 120000 ilmiy konferensiya to‘plamlarini o‘z ichiga olgan qidiruv va tahlil vositalarini jamlagan. Unda 20 yillik arxiv to‘plangan.
Web of Science quyidagi vositalarni o‘z ichiga oladi:
InCites – institutlarning samaradorligini tahlil qilish, tashkilotlar faoliyati, ulardagi xodimlar faoliyatini, respublikadagi, dunyodagi hamkasblari bilan tahlil qilish, solishtirishga mo‘ljallangan analitik vosita.
Bu vosita qanday savollarga javob berishi mumkin:

  • Sizning mamlakatingizda qancha miqdorda ilmiy ishlar (maqolalar) chop etiladi?

  • Qanday ilmiy ishlar ushbu sohada eng kuchli?

  • Qaysi mualliflar bu sohaga katta hissa qo‘shyaptilar?

  • Mazkur mavzuda qaysi maqolalar eng «yangi» va «qaynoq»?

  • Siz faoliyat yuritayotgan institutning eng istiqbolli ilmiy sohalari qaysi?

  • Institutning dunyoning boshqa ilmiy tashkilotlari bilan xalqaro aloqalari darajasi qanday?

  • Qaysi jurnallar eng mashhur va samarador hisoblanadi?

InCites yordamida:

  • Institutlarning (shu jumladan dunyodagi) ilmiy faolligini solishtirish;

  • Eng nufuzli ilmiy tendensiyalarni kuzatish;

  • Tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni kuzatish hamda xalqaro hamkorlikni tashkil etish imkoniyatlari monitoringini olib borish (kollaboratsiya).

EndNote - bu bibliografik ro‘yxatlarni yaratish va havolalarni boshqarish uchun dasturning onlayn shakli hisoblanadi. Bu dastur yaratilgan ilmiy hujjatlarni tekshirishga, formatlashga, to‘g‘rilashga va axborot qidiruviga sarflanadigan vaqtni tejashga yordam beradi. Mazkur resursdan Web of Science xizmati bilan birga onlayn rejimda, EndNote dasturining shaxsiy kompyuter uchun mo‘ljallangan shakli yoki mustaqil mahsulot sifatida ham foydalanish mumkin.

Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin