1. Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda taraqqiyoti Milliy kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi Belbog‘li kurash usulinin shakllanishi



Yüklə 21,76 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü21,76 Kb.
#166556
  1   2   3   4
Kurash turlari va uni o\'qitish metodikasi



Kurash turlari va uni o'qitish metodikasi

REJA:

1. Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda taraqqiyoti
2. Milliy kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi
3.Belbog‘li kurash usulinin shakllanishi

1. Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda taraqqiyoti
Hozirgi kunda yuksak malakali sportchilar, kurashchilar tayyorlash kabi vazifa har bir murabbiylarining nufuzli burchi hisoblanadi. O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro musobaqalarda butun jahon sport arenalari uzra xilpirashida mamlakatimiz pahlavonlarining ham xizmatlari beqiyosdir.
Sportchilarimizni musobaqalarga tayyorlash jarayonida albatta, ularning axloqiy, estetik ruxiy tayyorgarliklarini, ulardagi milliy g‘ururlarini rivojlantirish, milliy istiqlol g‘oyalarini yoshlarimiz ongiga yanada chuqurroq singdirishda alohida e’tibor berilishi kerak. «Sportchi tinchlik elchisi-sportchilarni tinchlik jarchilariga» taqqoslanadi.
SHunday ekan tinchlik jarchilari o‘zlarining har tomonlama shunga mos kelishlarini, ulardagi barcha fazilatlarni munosib bo‘lishini tarbiyalash uchun murabbiylar o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlarida astoydil mehnat qilishlari kerak. Bunda asosan o‘tmishimiz saboqlaridan, ajdodlarimiz ko‘rsatgan jasoratlaridan hamda allomalarimizning qoldirgan pandu-nasihatlaridan foydalanishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘zbek sportchilari kelajakda barcha sport turlari bo‘yicha jahon arenalarida, olimpiada o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishib, vatanimiz va millatimizni shonu shuhratini yanada yuqoriga ko‘tarishadi deb umid bildiramiz.
O‘zbek xalqi o‘zining milliy sport turlari bilan faxrlansa arziydi. Mamlakatimiz rahbariyatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda qilayotgan g‘amxo‘rligi natijasida milliy sport turlarimiz yanada rivojlanib ommaviylashib bormoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek mamlakatni sport kabi xech narsa dunyoga tez tanita olmaydi.
O‘zbek yakkakurash usullaridan hisoblangan Kurash usullari qadimiy tarixga ega. Buxoro yaqinidagi Varaxsha shahri xarobalaridan topilgan kumush gardishda, ko‘zalar va ossuariylarda kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan. SHuningdek
Panjikent harobalarining saroy devorlariga tushirilgan rasmlarida ov, chavandozlik, merganlik, kurash musobaqalari tasvirlarini ko‘rish mumkin. Qadimgi Grek tarixchisi Gerodot asarlarida ajdodlarimiz bo‘lgan saklar, massagetlar va turkiy qabilalar “Navro‘z” va xalq bayramlarida Kurash musobaqalari uyushtirilganligi haqida yozilgan. SHuningdek “SHohnoma”, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” qahramonlari ham pahlavon kurashchilar bo‘lganligi xalq dostonlarida yozib qoldirilgan. Zardushtiylikning “Avesto” va “Mahobhorat” diniy kitoblarida ham saklar, massagetlar va turkiy qabilalarni, “yovuz kuchlar” bilan jang qilishda kurash mashqlaridan foydalanilganligi aks ettirilgan.
Turkiy elatlar, ya’ni hozirgi o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar va boshqalar ajdodlarining o‘zlariga xos yakka kurash usullari muayyan tarixiy davrda yashagan turli xalqlar va qabilalarning hayot kechirishi tarzidan kelib chiqqan bo‘lib, ular hayotining ichki va tashqi muhit xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan, kishilarni jismoniy chiniqishi, ularni baquvvat, epchil, chidamli, dadil va dov yurak qilib tarbiyalash maqsadlariga xizmat qilgan. O‘zbeklarning qadimgi ajdodlari o‘z yuksak madaniyatini vujudga keltirguncha og‘ir yo‘lni bosib o‘tganlar, zo‘r jasorat ko‘rsatganlar. Bu esa xalqdan jismoniy baquvvat bo‘lishni talab qilgan.
Qabilalar o‘rtasidagi janglar, keyinchalik harbiy yurishlar hamda bosqinchilarga qarshi janglar erkaklarni har tamonlama jismonan baquvvat, mard, pahlavon bo‘lishini talab etardi. Qabilalar o‘rtasidagi nizolar har bir qabiladan pahlavonlar chiqib bellashuvlari – Kurash tushishlari bilan ham hal etilgan. Mard jangchilarni tarbiyalash va tayyorlashda milliy yakka kurash usullari qo‘l kela boshlagan. Ajdodlarimiz tarixida eng avvalo shakllangan jismoniy mashq turlari kurash usullari hisoblanadi. Kurash faqatgina harbiy jang qilish vositasi emas balki xalqning ko‘ngil ochish mashqlari bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbek milliy kurashi usullari elatlarni yashash joylari va sharoitlari hamda urf odatlariga muvofiq shakllanib keldi va taraqqiy etdi. O‘rta Osiyoning SHarqiy qismida yashagan xalqlar va elatlarda belbog‘li Kurash usuli (Farg‘ona usuli) shakllangan bo‘lsa, O‘rta Osiyoning SHimoliy va Janubiy qismida yashagan
xalqlarda Xalqaro Kurash usuli (Buxoro usuli) shakllandi. Har ikkala kurash usullari ham xalqni jismonan rivojlantirish hamda harbiy tayyorgarligi vositasi bo‘lib xizmat qilgan.

Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin