1. Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda taraqqiyoti Milliy kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi Belbog‘li kurash usulinin shakllanishi


Belbog‘li kurash usulinin shakllanishi



Yüklə 21,76 Kb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü21,76 Kb.
#166556
1   2   3   4
Kurash turlari va uni o\'qitish metodikasi

3.Belbog‘li kurash usulinin shakllanishi
Belbog‘li kurash qadimgi sport turlaridan hisoblanadi. Tarixiy qo‘lyozmalar,
yodgorliklar kurash sportining tarixiy o‘tmishidan dalolat beradi. Arxeologlar qoyalarda kurashchilar rasmlari tushirilgan petrogliflarning dunyoni ko‘plab joylari, markaziy Amerika, Afrika, Evropa va Osiyo mamlakatlarida uchratishgan. Kurashning ming yillik tarixi xaqidagi dalillar eramizdan oldingi 3-1 asrlarda yashab o‘tgan ko‘chmanchi qabilalarning tarixiy yodgorliklaridan ko‘rish mumkin. Bularni Xitoy va Messopatamiya hamda skiflar mamlakati shaharlarining tarixiy qoldiqlarida uchratish mumkin.
Belbog‘li kurash bilan nafaqat turkiyzabon xalqlar balki Evropaning ko‘plab elatlari va millatlari ham shug‘ullanishgan. Bu xalqlarda belbog‘li kurash usulining o‘ziga xos shakllari va xususiyatlariga hamda o‘z nomlanishiga ega bo‘lgan. Belbog‘li kurash sporti o‘zida har bir millatning tarixiy urf odatlarini, an’analarini mujassamlashtirgan.
SHunga qaramay Evropa xalqlari va slavyanlarga belbog‘li kurash usullari turkiy xalqlardan ko‘chib o‘tgan. Belbog‘li kurash ildizlari asosan mesapatamiya, dashti qipchoq va kushon davlati erlarida shakllanib kelgan va Rossiya, Turkiya va Qora dengiz bo‘ylari, Qrim hamda Ural oldi shaharlarida o‘zlashtirib borilgan. Turkiy mamlakatlarning harbiy askarlari janglarga tayyorgarlik jarayonlarida belbog‘li kurash harakatlaridan keng foydalanganlar. Ko‘chmanchi qabilalarning o‘troq holga o‘tishi bilan askarlarning jangovar qurollari qilich, xanjar osib yuradigan belbog‘lari kundalik hayot talablari uchun saqlanib qolgan. Keyinchalik shu belbog‘dan ushlab kurash tushish udum bo‘lib borgan, shuning uchun bo‘lsa kerak shunday kurash usulini belbog‘li kurash deb atalgan. Dastlab bu kurash usulida raqiblar bir birini belbog‘dan ushlashib qattiq bir biriga tortishgan, o‘ziga yaqinlashtirib olgach dast ko‘tarib erga urganlar. Rossiya hududlarida o‘zbek belbog‘li kurashning o‘xshash shakllari tatar va boshqird xalqlarida saqlanib qolgan. Hozirgi kunda bu xalqlarning milliy bayramlarida belbog‘li kurash musobaqalari asosiy o‘rinda turadi.

Xulosa
O‘zbek belbog‘li kurash bellashuvlari xalq sayillari hamda an’analar va to‘y marosimlarida keng o‘tkazilgan. Hozirgi kunda ham vodiyning ko‘plab shaharlari va qishloqlarida o‘tkaziladigan to‘y marosimlarida kurash musobqalari tashkil etiladi. g‘oliblarga gilam, qo‘chqor hatto novvos sovg‘a qilish udumlari saqlanib kelgan. Belbog‘li kurashning qiziqarli va jozibadorligi haqida tarixshunos olim Maxmud Qoshg‘ariyning XI asrda yozib qoldirgan “Devonu lug‘atit turk” tarixiy asarida ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. “Kurashchilar bir birining belbog‘idan qattiq siqib ushlab chayqalib turishar va epchilroq, kuchliroq kurashchi birdan raqibini erdan ko‘tarib olib yiqitar edi”.


Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin