1-Laboratoriya ishi Mavzu: ms accessda ma`lumotlar bazasini yaratish. Kerakli texnik vositalar



Yüklə 205,99 Kb.
səhifə1/2
tarix16.03.2023
ölçüsü205,99 Kb.
#88259
  1   2
Лаборотория Маълумотлар базаси, ўхЎХК


1-Laboratoriya ishi
Mavzu: MS Accessda ma`lumotlar bazasini yaratish.
Kerakli texnik vositalar: Pentium-4 shaxsiy kompyuteri.
Maqsadi: Ma`lumotlar bazasini yaratish saqlash va tahrirlashni o`rganish.Ma`lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog`liq.
Microsoft Access bazasini yaratish
MS Access da ma`lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish uchun komp’yuterga MS Officce va uning MS Access komponenti o`rnatilgan bo`lishi kerak.

1 – rasm. Ma`lumotlar bazasi yaratish oynasi. 2 rasm – rasm. Ma`lumotlar bazasi yaratish oynasi.
Access ni ishga tushiring va fayl->Sozdat` menyusini tanlang va masterdagi «Nоvаya bаzа dаnnix…» tanlang. Yangi ma`lumotlar bazasi fayliga nom bering va “OK” ni bosing.
Shundan so`ng Access baza faylini ko`rsatilgan joyga saqlaydi. Siz xuddi 1-rasmdagi kabi rasmni ko`rasiz, bu oynada chap tomonda o`zingiz ob`yektlarni tanlash. Har doim bu erda birinchi punkt “Tаblisа” bo`ladi. O`ng tomondagi oynada esa 3 ta punkt bor:
1. Konstruktor yordamida jadval yaratish.
2. Master yordamida jadval yaratish.
3. Ma`lumotlarni kiritish yo`li bilan jadval yaratish.
Ushbu buyruqlar yordamida siz ma`lumotlar bazasini yaratishingiz mumkin. Bu yaratgan bazalaringiz yagona faylda saqlanadi qaysiki siz avval boshida saqlagan faylingiz hamda bu yagona faylda bir necha ma`lumotlar bazasi joy olishi mumkin.
Ma`lumotlar bazasidagi barcha ma`lumotlar 2 o`lchamli jadvalda saqlanadi. 3-rasmda siz oddiy ma`lumotlar bazasi jadvaliga misol ko`rishingiz mumkin.

3 – rasm. Oddiy jadvalga misol.
Jadvaldagi ustunlar maydonlar deb ataladi va ular yordamida ma`lumotlar qaysi maydonga saqlanayotganligi aniqlanadi. Misol tariqasida telefon sprovochnigi uchun ma`lumotlar bazasi hosil qilamiz va Shuning yordamida ma`lumotlar bazasi hosil qilishni o`rganamiz. Avval “Sozdanie tаblisi v rеjimе kоnstruktоrа” ga cherting quyidagi 4-rasmdagidek oyna hosil bo`ladi.

4 – rasm. Jadval yaratish oynasi.
Yuqorida setka keltirilgan, bu keltirilgan setkada siz jadval maydonlarini, ularning tipini kiritasiz. Ularning tavsiflarini kiritish unchalik ham shart emas. Qachonki siz yangi mayodon hosil qilib uning tipini kiritsangiz, pastda uning xususiyatlari paydo bo`ladi. U orqali siz hosil bo`layotgan maydonning xususiyatlarini boshqarishingiz mumkin. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:

  • «Tеkstоviy» tipli maydonning maksimal uzunligi 255 bo`ladi. Agar matn uzunligi bundan uzunroq bo`lsa, siz “Memo” tipini ishlatganingiz ma`qul.

  • Fоrmаt pоlya. Bu erda siz ma`lumotlarni tashqi ko`rinishini ko`rsatishingiz mumkin. Masalan maydon mantiqiy tiplar uchun “Yes/No” kabi yoki sana maydonlari uchun “mm.dd.yy” kabi bo`ladi.

  • Mаskа vvоdа. Bu erda biz maydon tahrirlanayotganda ko`rinadigan maska kiritamiz. Agar siz “...” ga chertsangiz, “kiritish maskasi” paydo bo`ladi. Tiz maska yaratish oynasini ko`rasiz.

  • Znаchеniе pо umоlchаniyu. Bu erga xali xech qanday o`zgartirish kiritilmagan paytdagi qiymat ko`rsatiladi.

  • Оbyazаtеlonое pоlya. Agar foydalanuvchi bu maydonga xech qanday ma`lumot kiritmasa, u holda xatolik haqida xabar chiqadi. Bunday maydonga ma`lumot kiritilishi shart.

  • Pustiе strоki. Avvalgiga o`xshaydi, chunki bu maydon bo`sh qolishi mumkin emas.

  • Indеksirоvаnnое pоlе. Indekslanmagan ham bo`lishi mumkin. Indekslangan (Da (Dоpuskаyusya sоvpаdеniya)) ikkita bir xil yozuvlarni ko`rsatadi. (Da (Tоvpаdеniya nе dоpuskаyusya)) ikkita bir xil yozuvdan bittasini ko`rsatadi.

  • Tjаtiе Yunikоd. Tiqilishi mumkin bo`lgan maydon.

6 ta maydon yarating.

  1. Maydon nomi – key1. tip – schetchik. Bu siz uchun kalit bo`ladi. Maydon hajmi – “Dlinnoe tseloe”. Indekslangan maydon - Da (Tovpadeniya ne dopuskayutsya.

  2. Maydon nomi – familiya. Tip – tekstoviy. Maydon hajmi – 50. Indekslangan maydon - Da (Dopuskayutsya sovpadeniya).

  3. Maydon nomi – Ism. Tip – tekstoviy. Maydon hajmi – 50. Indekslangan maydon - Da (Dopuskayutsya sovpadeniya).

  4. Maydon nomi – Telefon. Tip – tekstoviy. Maydon hajmi – 10. Indekslangan maydon - Da (Dopuskayutsya sovpadeniya).

  5. Maydon nomi – e-mail. Tip – tekstoviy. Maydon hajmi – 20. Indekslangan maydon - Da (Dopuskayutsya sovpadeniya).

  6. Maydon nomi – SHahar. Tip – chislovoy. Maydon hajmi - “Dlinnoe tseloe”. Indeklangan maydon – net.


Yüklə 205,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin