1. Mantiqiy funktsiyalar Mantiq algebrasi qoidalar



Yüklə 28,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü28,47 Kb.
#208511
  1   2   3
4-ma\'ruza



Bul funktsiyalarini amalga oshirish, ikkili kodda buyruqlarni bajarilishi 
Reja:
1. Mantiqiy funktsiyalar
2.Mantiq algebrasi qoidalar
Raqamli texnologiyaning nazariy asosi mantiq algebrasi yoki uning asoschisi 19-asr o`rtalarida 
yashagan ingliz matematigi Jorj Bulь nomi bilan atalgan Bulь algebrasidir. 
Mantiq algebrasida o`zgaruvchi ikkita qiymatdan birini qabul qilishi mumkin: True (to`g`ri) va 
False (noto`g`ri). Raqamli texnologiyada bu qiymatlar odatda mantiqiy "1" (to`g`ri) va mantiqiy "0" 
(noto`g`ri) yoki ikkilik raqamlar 1 va 0 sifatida qabul qilinadi va signallarning mavjudligi yoki yo`qligini 
ifodalaydi. 
1.
 
Mantiqiy funktsiyalar
Agar 
f(x
1
,x
2
,…,x
n

funktsiyaning 
o`zi va uning argumentlari faqat {0,1} to`plamida 
qiymatlarni qabul qila olsa, bu funktsiya mantiq algebrasi funktsiyasi (MAF) deb ataladi.
Mantiq algebra funktsiyasi argumentlari qiymatlari yig`indisi 
to`plam 
yoki 
nuqta 
deb ataladi va 
1
, x
2
, ..., x
n
> bilan belgilanadi .n ta argumentning mumkin bo`lgan to`plamlari soni 2

ga teng . 
Mantiqiy funktsiyalar quyidagi usullardan biri yordamida tavsiflanadi. 
Matnli usul
. Bu yerda funktsiya 0 yoki 1 qiymatlarini oladigan barcha holatlar og`zaki tasvirlangan. 
Demak, ko`p argumentli YoKI funktsiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin: agar argumentlardan kamida 
bittasi 1 qiymatini olsa, funktsiya 1 qiymatini oladi, aks holda funktsiya qiymati 0 ga teng bo`ladi. 
Jadval usuli
. Mantiqiy funktsiya 
f(x
1
,x
2
,...,x
n

haqiqat (chinlik) jadvali ko`rinishida berildi. 
Haqiqat jadvalining chap tomonida argumentlarning barcha mumkin bo`lgan nbitli ikkilik 
kombinatsiyalari, o`ng tomonida esa ushbu to`plamlardagi funktsiya qiymatlari qayd etilgan. Haqiqat 


jadvali 2

qator (argumentlar to`plami soni bo`yicha), argumentlar soni bo`yicha n ta ustun va funktsiya 
qiymatlarining bitta ustunidan iborat. 
Ba’zan ikkilik argumentlar to`plami o`rniga ularning o`nlik ekvivalentlari haqiqat jadvalida 
ko`rsatiladi. 
Haqiqat jadvalini taqdim etish variantlari 
Raqamli usul
. Funktsiya 1 qiymatini oladigan argumentlar to`plamining o`nlik ekvivalentlari 
ketma-ketligi sifatida belgilanadi . 
Masalan, 010 va 101 ikkilik to`plamlarda mos ravishda 2 va 5 o`nlik sonlar mavjud. Ushbu 
yondashuv bilan uchta argumentning mantiqiy funktsiyasi jadvalda keltirilgan, uni f(1,4,5,7) = 1 
shaklida yozilishi mumkin. Xuddi shu mantiqiy funktsiyani nol qiymatlar bilan ham berish mumkin: 
f(0,2,3,6) = 0. 
Analitik usul
. Argumentlarga mantiqiy algebra amallarini qo`llash orqali olingan algebraik ifoda 
ko`rinishida MAF yoziladi. 

Yüklə 28,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin