Ma’lumotlar va algoritmlarni strukturalashtirish (tuzilmalashtirish)
Foydalanilgan manbalar
Kalit so‘zlar:Ma’lumot, axborotm, tuzilma (struktura), abstrakt ma’lumot, ma’lumotlar tzuilmasi sinflari.
Коd
PRC 3.01
Nomi
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
ECTS krediti
6
O‘quv yili
2020-2021
Semestr
3
Maqsadi (ing.: purpose) - turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
Vazifasi (ing.:objective) – talabalarni turli xil ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o’quv jarayonlariga tadbiq etish usullari o’rgatishdan iboratdir.
Kurs talabalarni tuzilmalar ko’rinishida ma’lumotlarni gayta ishlash, optimal algoritimlar ishlab chiqish va dasturlash ko’nikmalarini takomillashtirishga yo’naltiradi.
Ushbu kurs quyidagi 3 bo’limdan iborat:
Ma’lumotlar, tuzilmalar, rekursiya va ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash
Standart ma’lumotlar tuzilmalari kutubxonasi bilan ishlash
Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish. Ma’lumotlar tuzilmalarini modellashtirish
Ma’lumot - bubiror bir ob’ekt, jarayon, hodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir.
Berilgan ma’lumot (belgi)lar qanday qiymat qabul qilishiga qarab ma’lumotlarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar dastur tuzish uchun zarur bo’lgan tushunchalar sifatida qaraladi. O’rnatilgan ma’lumotlar tuzilmasi ikkilik miqdor (kodlangan ma’lumot)lar saqlanadigan registrlar va xotira so’zlarini ifodalab beradi. Qurilmani loyihalash uchun ishlab chiqilgan algoritm – bu elektron mantiqiy qurilmalarda qat’iy amalga oshiriladigan qoidalar bo’lib, xotirada saqlangan ma’lumot bajarilishi lozim bo’lgan komanda sifatida bo’ladi.
Dasturlash – bu nafaqat aqliy faoliyatni avtomatlashtirish, balki, ilmiy tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Qandaydir amaliy masalani yechish uchun dastur tuzish jarayoni quyidagi bir nechta bosqichlardan tashkil topgan:
1. Masalaning qo’yilishi (qo’yilgan masalaga texnik topshiriqni ishlab chiqish);
2. Rasmiylashtirish – formallashtirish (masalaning matematik qo’yilishi);
3. Masalani yechish usulini tanlash (yoki ishlab chiqish);
4. Algoritmni ishlab chiqish (algoritmlash);
5. Dastur tuzish (dasturlash);
6. Dasturni testlash va otladka qilish;
7. Natijalarni hisoblash va qayta ishlash hamda dasturni hujjatlashtirish (foydalanuvchi yo’riqnomasini ishlab chiqish).
Dasturlash jarayonini quyidagicha sxema orqali iqodalash mumkin: