1-Ma’ruza
Mavzu:
Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari:
Reja:
1.
Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari
2.
Kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi
3.
Konfidensiallik, yaxlitlik, foydalanuvchanlik,
4.
Risk, hujumchi kabi fikrlash, tizimli fikrlash
5.
Aktiv, tahdid, zaiflik, boshqarish vositasi
6.
Kiberxavfsizlikning bilim
sohalari
Tayanch iboralar:
Axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, yaxlitlik, konfidentsiallik,
foydalanuvchanlik, g‘arazli shaxs, milliy xavfsizlik, xavfsizlik darajalari, vakolat berish,
foydalanishni nazoratlash, risk, tahdid, zaiflik
Axborotni ishlash, uzatish va to‘plashning
zamonaviy usullarining
rivojlanishi foydalanuvchilar axborotini yo‘qolishi, buzilishi va oshkor etilishi bilan
bog‘liq tahdidlarning ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli, kompyuter tizimlari va
tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash axborot texnologiyalari rivojining
yetakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi hayotda mavjud timsollarga asoslanadi. Hayotda qonuniy
faoliyat
olib boruvchi shaxslar mavjud, ular 1.1-rasmda
Alisa
va
Bob
timsolida
akslantirilgan. Biroq, hayotda qonuniy faoliyat yurituvchi insonlarning faoliyatiga
qiziquvchi, ularning ishlariga xalaqit beruvchivchi insonlar ham mavjud va ular 1.1-
tasvirda
Tridi
timsolida tasvirlangan. Tridi timsoli barcha g‘arazli niyatlarnii amalga
oshiruvchi shaxslarni ifodalaydi.
1.1-rasm. Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari
Ushbu hayotiy senariy Alisaning onlayn banki (AOB) deb ataladi. Bunga
ko‘ra, Alisa onlayn bankning biznes faoliyatini amalga oshiradi. Mazkur senariyda
Alisaning xavfsizlik muammosi nima? Alisaning mijozi bo‘lgan Bobning xavfsizlik
muammosichi? Alisa va Bobning xavfsizlik muammolari bir xilmi?
Tridi nuqtai
nazaridan qaraganda qanday xavfsizlik muammolari mavjud? Ushbu savollarga
keyingi qismlarda javob berib o‘tiladi.
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni
himoyalash va axborot
xavfsizligiga tegishli bo‘lgan ayrim tushunchalar bilan tanishib chiqaylik.
Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo‘lib, unga
berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida
kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan: