1-ma’ruza mavzu: Nutq madaniyati kursining maqsadi va vazifalari. Nutq faoliyati



Yüklə 186,96 Kb.
səhifə1/6
tarix21.12.2023
ölçüsü186,96 Kb.
#188730
  1   2   3   4   5   6
1-ma\'ruza matni




1-MA’RUZA
Mavzu: Nutq madaniyati kursining maqsadi va vazifalari.
Nutq faoliyati
REJA:
1. Nutq madaniyati tushunchasi
2. Nutq madaniyatining maqsad va vazifalari
3. Nutq faoliyati
Tayanch tushunchalar: til, adabiy til, so‘z, nutq, notiq, notiqlik san’ati, voiz va voizlik, nutq madaniyati, nutqiy mahorat, og‘zaki nutq, yozma nutq, ichki nutq, tashqi nutq, monologik nutq, dialogik nutq.
O’zbek nutq madaniyati va uslubiyati masalalarini tadqiq qilish o‘zbek tilshunosligi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki notiqlik san’ati sirlarini o‘rganish, o‘z fikrini bayon qilayotgan lisoniy materiallardan to‘g‘ri foydalanish, har bir til vositasini kerakli va lozim bo‘lgan o‘rinda mantiqan va grammatik jihatdan to‘g‘ri qo‘llash ijtimoiy hayotning barcha sohalarida xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak.
Har bir shaxsning nutqi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bir kishining nutqi tinglovchiga yaxshi tushuniladi, voqea – hodisalar haqida aniq, ravshan ma’lumot beradi, o’zining til qurilishi bilan tinglovchining xulqiga ta’sir etadi. Boshqa bir kishining nutqidan tinglovchi asosiy narsalarni ajratib ololmaydi.
Bunday nutqning til qurilishida grammatik - uslubiy nuqsonlar bo‘ladi. Tilga olingan nutqlarning birinchisi to‘g‘ri, madaniyatli nutq, keyingisini nuqsonli nutq deyish mumkin.
Tor ma’noda nutq madaniyati - til me’yorlarini egallamoq, ya’ni talaffuz, urg‘u, so‘z, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o‘qish madaniyatini egallash demakdir.
Nutq madaniyati - tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq madaniyatini egallash orqali kishi yetuklik sari bir qadam tashlagan bo‘ladi. Insoniyat umummadaniyatining katta tarkibiy qismini nutq madaniyati tashkil etadi.
Nutq madaniyati atamasi adabiyotlarda asosan ikki xil ma’noda ishlatiladi: birinchidan, nutq madaniyati deyilganda, nutqning fazilatlari (sifatlari) yig‘indisi, bu fazilatlarning tizimi tushuniladi; ikkinchidan, nutq madaniyati atamasi namunaviy nutq sirlarini egallash haqidagi ta’limotni anglatadi.

Yüklə 186,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin