O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI _____________________________________ MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARMASI _________________________ MAKTABGACHA TA’LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI __-davlat maktabgacha TA’LIM TASHKILOTI katta guruh tarbiyachisi _________________________ning
KATTA GURUHLAR UCHUN
1-Faoliyat Mavzu: "O‘zbekiston - mening Vatanam" Maqsad: bolalarni mustakil O‘zbekiston xaqidagi tasavvurlarini boyitish, Vatanimiz ramzlariga xurmat ko‘rsatish va ona Vatanga sadoqat ruxida tarbiyalash, O‘zbekiston bayrog‘ining belgilari va madhiyasini o‘rgatish.
Kutilayotgan natijalar: • Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 1-Prezidentini biladilar.
• Vatanimiz bayrog‘ining belgilarini taniydilar.
• Vatan madhiyasini yoddan aygadilar.
• Ko‘shni davlatlar to‘g‘risida ayta oladilar.
Kerakli jixozlar: • O‘zbekiston to‘grisidagi buklet va plakatlar
• Ko‘shni davlat (Qozog‘iston va Rossiya) nomlari yozilgan taxtachalar va
• belgilari aks etgan burchaklar
• Sayohat chiptalari.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi Faoliyatni she’r o‘qib boshlaydi:
O‘lkamizda tantana
Kuyga qo‘shiq ulanar.
O‘zbegim istikloling
Yigirma yiling muborak.
O‘zbegim o‘zligingni
Anglaganing muborak!
Tarbiyachi:Bolajonlar, kuni kecha istiqlol bayramini nishonladik, aytinglar-chi, siz qaerga bordingiz, kanday tomoshalarni ko‘rdingiz?
Bolalar javobi: oyim va dadam bilan mustaqillik maydoniga bordik, menga dadam shirinliklar bilan uchar sharlar olib berdi va men uni uchirdim.......(Bolalar birma -
bir o‘z tasavvurlarini aytib beradilar).