1-mavzu. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogik tamoyillar va kategoriyalar Reja



Yüklə 297,89 Kb.
səhifə1/7
tarix23.06.2023
ölçüsü297,89 Kb.
#134277
  1   2   3   4   5   6   7

1-mavzu. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogik tamoyillar va kategoriyalar
Reja:

  1. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining obyekti, predmeti va vazifalari

  2. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi

  3. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari

  4. Ijtimoiy pedagogik tamoyillarining mazmun mohiyati



Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining obyekti, predmeti va vazifalari
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining predmeti: bola va jamiyatning o‘zaro ta’sirga kirishishi.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining maqsadi : amaliy faoliyat sifatida bolaning ijtimoiylashuviga yordam berish, ijtimoiylashuv faoliyatini saqlash, tiklash va rivojlantirish uchun bola va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni uyg‘unlashtirishdir.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining obyekt: bolaning ijtimoiylashuvi jarayoni.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanida ilk va maktabgacha yoshdagi bola va sotsium o‘zaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos bo‘lish, amaliy ishlar darajasida bu o‘zaro ta’sirini har tomonlama uyg‘un bo‘lishi uchun ijtimoiy — pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori ko‘tarish, sotsium, me’yor, me’yordan og‘ish, deviant xulq atvor, xulqidan og‘ishgan bolalar bilan ishlash metodikalarini ko‘rib chiqamiz.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fani ilk va maktabgacha yoshdagi sog‘lom, anomal bolalarning ijtimoiylashtirish qonuniyatlarini, bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tganda moslashuvchanlikgini, oilada, mahallada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy tarbiya olishi, anomal bolalarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish, ularda shaxsni shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni o‘rganuvchi fandir.
Rus olimi Mudrikning fikriga ko‘ra, bolalarning ijtimoiylashuvi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • gnoseologik

  • amaliy

  • gumanistik

Gnoseologik funksiya - ijtimoiy pedagogika bilimlarni tizimlashtirish va sintez qilish, zamonaviy jamiyatda o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarning eng to‘liq tasvirini tuzishga intilishi, ularni tavsiflash va tushuntirish, ularning chuqur asoslarini ochib berishda ifodalanadi.
Amaliy funksiya ijtimoiylashuv jarayonlariga tashkiliy-pedagogik va psixologik-pedagogik jihatlarda ijtimoiy-pedagogik ta’sirni samarali takomillashtirishning yo‘llari va vositalarini izlash, shart-sharoitlarni aniqlash bilan bog‘liq.
Gumanistik (insonparvarlik) funksiyasi shaxsning rivojlanishi va uning o‘zini o‘zi anglashi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadigan, ijtimoiy-pedagogik jarayonlarni takomillashtirish maqsadlarini ishlab chiqishda ifodalanadi.
Bir guruh olimlarning fikriga ko‘ra, “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” fanining vazifalari:
-bolani ijtimoiylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish;
- ijtimoiy pedagogik faoliyatning o‘ziga xosliklari va uning gumanistik yo‘nalganligini yoritib berish;
-turli toifadagi bolalar bilan pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini o‘rganish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari;
- nutqni rivojlantirish muammolari;
-barkamol avlod tarbiyasida nutqni to‘g‘ri shakllantirih yo‘llari va ish samaradorlig, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari;
- maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni ijtimoiy faoliyatga o‘rgatish ishiga tayyorlashdan iboratdir.



Yüklə 297,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin