1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Yüklə 62,39 Kb.
səhifə1/6
tarix12.05.2022
ölçüsü62,39 Kb.
#57606
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu-4


1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli

Reja:

  1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari.

  2. Dunyoqarashning tuzilishi va tarixiy shakllari.

  3. Falsafa fanining predmeti va funksiyalari.

  4. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati.

Agar falsafa so’zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e’tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman» ma’nosini anglatadi.



Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so’zlariga qaraganda, o’zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan: «Hayot o’yinga o’xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o’ch bo’lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1.

Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagagina taalluqli degan fikrga qo’shilib bo’lmaydi. Faylasuf bo’lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.

«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat’iy ilmiy ta’rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko’rishning o’zi kifoya. Falsafaga tegishli bo’lmagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug’ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o’rganmaydi, yer qobig’i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.

Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta’riflarini oladigan bo’lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg’ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hyech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o’simlik olami ekanligiga e’tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o’z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta’rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta’rifi shu qadar ko’p va turli-tumanki, ko’pchilikda «O’zi bir fan to’g’risida gap ketyaptimikin yoki yo’qmi?»2 degan savol tug’ilishi mumkin.

Ba’zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to’g’risidagi fan deb ta’riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta’limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to’g’risidagi fan» deyilgan bo’lsa, o’rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to’g’risidagi oliy fan» deb ta’riflagan. Boshqa yo’nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o’rta asr ilohiyotchisi al-G’azzoliy o’zining «Faylasuflarni rad etish» nomli maxsus asarini shu mavzuga bag’ishlagan.

«Falsafa» so’zi (yunonchadan phileo (sevaman) va sophia (donishmandlik), ya’ni «donishmandlikni sevish») ni birinchi marta milloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Pifagor ishlatgan. U faqat xudolargina donishmanddirlar, odamlar esa donishmandlikka intilishi mumkin, ya’ni donishmandlikka qanday yaqinlashish haqida mulohaza yuritilishlari mumkin deb hisoblagandi. Odamda mulohaza qilish kobiliyatining rivojlanishi haqiqatni falsafiy izlash yo’llari va vositalarini belgilab berar edi.

Olamning birlamchi asosi va birlamchi sabablarini, kosmos tuzilishining o’ziga xosligini bilishga urinish ma’lum ma’noda falsafaning obro’sini «fanlar shohi» darajasiga ko’targan edi. Falsafaning shuningdek, metafizika (yunoncha meta ta phusika ya’ni fizikadan keyingi) deb atalishi ham bor. «Meta» old qo’shimchasi falsafaning tabiatni o’rganuvchi qolgan fanlar «ustiga qurilgan»ligini bildirar edi: qadimgi yunonlar tabiatni, ya’ni insonni o’rab turgan tabiiylikni o’rganishni «fizika» deb nomlar edilar.

Falsafa mifologik tasavvurlar bag’rida yuzaga kelgan. Miflar (yunoncha mythos – so’z, doston, rivoyat), ya’ni rivoyatlar qadimgi odamlarning birlamchi dastlabki ma’naviy madaniyat shakllari edi. Rivoyatlar barcha xalqlar ham bor bo’lib, tabiat va jamiyatni tushunishning asosiy vositalari bo’lib hisoblanar edi.

Kosmologik (kosmosning, ya’ni olamning kelib chiqishi haqidagi) va kosmosmologik (kosmosning tuzilishiga tegishli) rivoyatlar olam va odamning kelib chiqishi haqidagi; inson yashayotgan dunyoning qanday tuzilganligi haqidagi; ezgulik va yomonlik nimaligi, odamlarning g’amu – tashvishlari qayerdan kelib chiqadi, o’lim nima, o’limdan so’ng nima bo’ladi va h.k. odamdagi falsafiy tasavvurlarning proobrazlari edi.

Qadimiy odamlar uchun rivoyatlar o’ylab chiqarilganidan va bilish usuligina bo’lib qolmay, ular hayotning shakli ham edi. Rivoyatlar yaratish qadimgi odamning har kungi hayotidagi odamlari. Diniy rituallari marosimlari bilan chambarchas bog’langan. Ovchilik va dehqonchilik rituallari, bag’ishlov va qurbonlik qilish marosimlari va mifologik turmush tarziga xos bo’lgan boshqa magiya harakatlari hozirgi zamon kishisi uchun mutlaqo rasional bo’lib tuyulmaydi. Biroq tarixiy ravishda mulohaza yurilisa va tabiat insoniylashadigan, insonning o’zi esa o’zini tabiatdan ayrim ko’rmaydigan mifologik ongning o’ziga xosligini nazarga olinsa (tabiatning barcha hodisalari, madaniyat buyumlari, odamlar va xudolar yagona bo’lib birlashib ketgan edilar), u holda mifologik ishonishlar va rituallar o’z holicha izchillik kasb etadi. Uning ustiga bu ritual va marosimlar odamlarning psixik kuchlarini yo’llab, ularning ruhiy va emosional kayfiyatlarini umumiyligini ta’minlab inson hayoti uchun foydali edilar.

O’zimizni qadimgi ovchilar o’rniga qo’yib ko’raylik. Ovga yoki baliq tutishga otlanar ekanmiz, biz barcha mumkin bo’lgan variantlarni ishlab chiqqan va aniq reja tuzib olgan bo’lar edik. Bizdan farqli ravishda qadimgi odamlar ritual raqsga tushgan va xudo yo’lida qurbonlik qilgan bo’lar edilar. Ular o’zlaricha haq edilar, chunki ovda ko’p narsa oldindan ko’rib bo’lmagan tasodifga bog’liq bo’ladi. Hozirgi vaqtda ham voqyealarni avvaldan aytib bo’lmaydigan hollarda irim-sirimlar o’z o’rnida topiladi. Aytish mumkinki, rivoyatlar hozirda ham yo’q bo’lib ketmagan, balki ongimizning ajralmas qismi bo’lib qolmoqda.

Yigit o’z sevgilisining rasmini o’pibqo’yar ekan, bu yerda rasionallik bor deb aytib bo’lardimi? Bizningcha yo’q: bu harakatda qadimiy magiya elementi mavjud, hozirgi zamon odami uning ustidan hatto kulishi mumkin, biroq kerakli ruhiy holatga keltirishi uchun uning o’zi bunday harakatni qilishi mumkin. Mifologik tasavvurlarning ko’plab elementlari falsafiy va ilmiy bilim elementlari bilan qorishgan holda ommaviy ong tarkibida ko’plab uchrab turadi.

Rasional fikrlash qurilishining alohida elementlari qadimgi yunon epik adabiyotida ham payqaladi. Ma’lumki, yunon rivoyat, afsonalaridagi qahramonlar xudolar bilan ham, odamlar bilan ham qarashlik aloqalari bilan bog’langan edilar. Rivoyat yoki afsona qahramoni yarim xudo, yarim odam tusida bo’lar edi. Masalan, Gomer poemalarining qahramonlari (eramizdan avvalgi VII-VI asrlar) odamlarga xos aqllilikka ega, odatdagi odamlarga xos kechinma va emosiyalarni namoyon qiladi. Shu bilan birga, Gerakl singari qahramonlarda odamlarga xos bo’lmagan, g’ayritabiiy kuch mavjud. Qadimgi yunon eposida qahramonda ajoyib insoniy aqllilik va xudolarga xos magiya aks ettirilgan bo’ladi.

Qadimgi yunon falsafasining dastlabki matnlari olamning afsonaviy tasavvurlarini aqliylik asosida ifodalashga intilgan birinchi tajribalardir. Ularda rivoyat elementlari olamning kelib chiqishi va tuzilishini tushuntirishda foydalaniladi. Masalan, qadimgi faylasuflarda suv, olov va boshqa tabiiy stixiyalarni olamning birlamchi asoslari sifatida qabul qilinishi aynan mifologiya tradisiyalarni o’zlashtirishdir. Shunga qaramasdan, qadimgi Yevropa falsafasi doimo aqlga asoslangan mulohazalar va baholashlarga intilish, olamni tushuntirishga doir bilimlarni isbotlash va asoslashda rasional sxemalarni topishga harakat qilish bilan xarakterlanar edi. Bunday rasional yo’nalganlik insonning ijtimoiy va madaniy hayotidagi amaliy uslublar, yerni ishlar usullari, texnika taraqqiyoti va insonlar orasidagi muloqot usullarining mukammallashish sharoitlari bilan bog’liq edi. Masalan, qadimgi yunon shaharlarida hayotning ko’plab ijtimoiy-siyosiy muammolari omma orasida muhokama qilinar va bunday muhokamalar davomida odamlar o’zlarining isbotlash va asoslash qobiliyatlarini charxlab olar edilar.

Ilgaridan falsafa taraqqiyotida uning ilmiy bilish bilan aloqadorligi muhim rol o’ynagan. Qadimgi yunon falsafasi taraqqiyot cho’qqisiga chiqqan davrlarda-Platon va Aristotel asarlari falsafa aynan falsafa bo’lganini, o’z qiyofasiga ega bo’lganligini ko’rsatadigan dalillardir. Platon geometrik bilimlarga parallel ravishda falsafiy mulohazalarga ham sistemaviylik, qat’iylik, isbotlanganlik xossalarini kiritish. «donishmandlikni sevishni» haqiqatga, ezgulikka intilish tarzida aniqlashtirdi. Aristotel falsafa predmetiga olam kelib chiqishining birlamchi asoslari va birlamchi sabablariga eng umumiylik, abadiylik va o’zgarmasligi xossalarni berdi. Bunda falsafiy bilimning rasionalligi naturalfalsafiy masalalarini ya’ni tabiatni bilish masalalarini ochishda o’zining to’la aksini topdi. Aristotelcha naturalfalsafiy bilish metodlari insonning narsalarni hissiy qabullashi va mantiqiy tahlil qobiliyatlariga asoslangan. Aynan shunday metodlar hodisalarning sabablarini bilishga va tabiat qonunlarini ifodalashga imkon beradi. Aristotel barcha bilimni nazariy fanlarga (masalan, geometriya, arifmetika, astronomiya, fizika, biologiya) va amaliy (masalan, etika, psixologiya ritorika, poetika) va ijodiy fanlar (masalan, hunarmadlik va san’at)ga bo’ladi. Shunday qilib, rivojlangan qadimgi yunon falsafasi, mifologiya elementlarini saqlagan holda, tabiat va insonni isbotlash va tajriba elementlari bilan birgalikda rasional bilishga yo’naltirdi.

O’rta asrlarda falsafa nima degan savol ma’lum darajada diniy mavzularga bog’liq bo’lib qoldi. Xristian dini, masalan, IV-V asrlardan boshlanib ma’jusiylik madaniyati va qadimgi yunonlarning mifologiyasidan voz kechishga harakat qilishga intiladi. O’rta asr faylasuflarining diqqat markazida endi xudo va diniy masalalar turadi, qolgan masalalar har holda ularning hosilasi sifatida ilgari suriladi. Bunda bibliyadagi syujetlar boshqa eng qadimgi mifologiyalar va xalq dostonlarini ikkinchi planga surib qo’yadi. Qadimgi yunonlarning naturalfalsafiy rasionalizmi o’rta asr ruhoniylari va faylasuflar asarlarida xudoning borligini asoslash bilan almashtiriladi. Xudo tabiat va inson dunyolarning yaratuvchisi va memori deb qaraladi. Falsafa predmetining diniy, g’ayritabiiy xarakteri uning qolgan barcha xususiyatlarining, chunonchi, tabiat va insonni rasional bilish masalalarini ham o’ziga bo’ysundirib qo’yadi. Diniylik falsafiy bilimning ajralmas sifati hisoblanadi, falsafaning butun o’rta asr davomidagi evolyusiyasida barcha falsafiy maktablar va yo’nalishlarda biror darajada mavjud bo’ladi.

Falsafiy bilimda antik dunyoda yuzaga kelgan rasionallik yangi davrga kelib qayta tiklana boshladi. Bunda ayniqsa shubhaning rasionallik qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Xudoning borligi, bilimning ilohiy prinsiplarining eng umumiyligi va qudratliligiga shubha qilina boshlanadi. Shubha haqiqatni aniqlash usuli sifatida falsafada hama vaqt ham hukm surib kelgan edi, biroq antik davrda u olamning borlig’ining mukammalligi va garmonyali ekanligiga ishonish, o’rta asrlarda esa- xudoning donoligi va rahmdiligiga ishonish bilan tushuntirilar edi. Faqat yangi davrga kelibgina, olamning, boshqa odamlarning, o’z-o’zining bilinishiga shubha qilgan inson falsafa e’tiborini markazida bo’lib qoladi. Falsafa endi diniy aqidalar ta’siridan ozod bo’lgan avtonom bilim sohasi mavqyeini egalladi.

Dining hukmronligidan ozod bo’lishi Yevropa yangi davr jamiyati va madaniyatida radikal o’zgarishlarga olib keldi: dunyoviylik, fuqorolik hayot tarzi; cherkovdan ajraldi, bozor iqtisodning rivojlanishi va buning natijasida xususiy tashabbus ortdi, kapital to’planishi ro’y berdi, sanoat o’sdi, ilmiy bilim (ayniqsa, tabiyyotshunoslik)ning roli ortdi, ta’lim va maorifga ehtiyoj kuchaydi. Yangi davr olimining shaxsi ilmiy rasionallik va tajribaga asoslangan tabiyyotshunoslikka asoslangan biluvchi subyekt obrazi tarzida namoyon bo’ladigan bo’ldi. Bunda ko’pincha olim faylasuflar falsafiy mulohazalarga tabiyyotshunoslik va matematika elementlari kiritila boshladi, faylasuflik faoliyatlarini davlat. Siyosiy va jamoatchilik faoliyatlari bilan qo’shib olib bora boshladilar. Bilish metodlari va uslublarini o’rganish falsafada uzoq davom etgan qiziqishlarini avvaldan belgilab berdi. Falsafiy bilish nazariyasi yetakchi fan bo’lib qoladi. Olamni va odamni rasional tushunishi amaliy hayotda va san’atda ko’proq o’z ifodasini topa borshladi.

XVIII asrning ikkinchi yarmidan, konkretroq aytadigan bo’lsak, I.Kantning boshlab, amaliy falsafaning vazifasi faqat aqlga emas, balki inson hayotining erki va qadriyatlari bilan ham bog’lanadi. Falsafiy mulohazalar doirasiga insonning tarix jamiyat va madaniyatdagi o’rni va roli masalalar kiritiladi. Falsafa nima bilan shug’ullanishi kerak degan masalaga turli-tuman qarashlar ayniqsa XIX-XX asrlarda alohida namoyon bo’ladi. Falsafaning o’rni endi ayrim faylasuflar uni ko’tarib qo’ygan inson bilimlari piramidasining cho’qqisida qolishi mumkin emas edi, u endi «shon-sharaf»larga ko’milgan universal «fanlarning fani» bo’la olmas edi. Biroq avvalgidek, bu qarashlarning o’ziga xosligi ham ularning odamning olam bilan, boshqa odamlar bilan, o’z-o’zi bilan munosabatini xarakterlovchi jihatlari bilan belgilanar edi.

Falsafa uzluksiz va ba’zida juda keskin diskussiyalar bilan rivojlandi. Har bir faylasuf o’zidan oldin o’tgan yoki zamondosh hamkasbi bilan bahslashadi, bunda ularning qarashlarini qabul qilishi ham, ularni rad etishi ham mumkin edi. O’zining uzoq davom etgan taraqqiyoti jarayonida falsafa o’z muammolarini asoslash va qilish meyorlari (kriteriylar)ni ishlab chiqdi. Qanday qilib hayotning realligini isbot qilib bo’ladi, tashqi olamning mavjudligini qanday isbotlash mumkin. Bilish qanday amalga oshadi? «Tashqi olam mavjud», «mening ongim bor» yoki «men mavjudman» degan da’vollar to’la ravishda haqiqatdek tuyuladi. Biroq ularni asoslash kutilmagan qiyinchiliklarga duchor qiladi.

Masalan, olimlar tabiatni biladi, hodisalarni kuzatadi, sabablarini aniqlaydi va qonunlarni ifodalab beradi. Biroq tabiat nima va olamning sababiy va qonunlarga mavofiq tuzilganligi to’g’risidagi ilmiy farazlar qay darajada to’g’ri degan masalalar fandan tashqarida qoladi. Fan dalilarni va qat’iy asoslashlarni talab qiladi. Biroq fakt (dalil) degini nima? Qonun nima? Sabab nima? Tushuntirish deb nimaga aytiladi? Qat’iy isbotlash deganicha? Yoki biz nima uchun isbotlashimiz kerak?-degan savollarga javob berishning ma’nosi yo’qmi? Olimlarning uyushmalari bunday savollarga bilimning qandaydir boshqa sohalarida javob berib bo’lingan deb o’ylashga ham tayyor. Holbuki, bunga o’xshash barcha savollar aniq ma’noga ega va barcha insoniy bilimlar asosida yotadi. Aynan ana shular falsafaning qiziqish sohasi hisoblanadi.

Odamni ular hayotining ko’plab masalalari qiynab keladi. Masalan, u hayotning ma’nosi nima, nimani ezgulik deb hisoblash kerak, erkinlik, adolat, yaxshilik va sh.o’.larni bilishga harakat qiladi. Odatda bu savollarga javob berishda an’anaviy ravishda dindan qutilar edi. Ruhoniylar bu inson hayotining «abadiy savollar»ga javob berish uchun albatta o’z javoblarini aqidaviy ravishda tuzar edilar va ularga biror e’tiroz yoki shubha bildirib bo’lmas edi. Shu bilan bir vaqtda, ruhoniylar javoblaridagi bunday aqidaviylik ko’plab odamlarni, hatto dindor kishilarni ham qoniqtirmadi va hozir ham qoniqtirmay keladi. Ko’pincha kishilarning o’z hayotlari va borliqlari haqidagi fikrlashlari ularda shubhalanishni keltirib chiqaradi. Shubhalanayotgan odamning holati shunday bo’ladiki, go’yo uning oyog’i bo’shashib, yerni sezmay qo’ygandek tayanadigan narsasi qolmagandek his qiladi. Siz o’zingizni hozirgina qattiq aylanishdan to’xtagan karuseldan tushgansiz deb faraz eting. Atrofingizda hamma narsa aylanayotgandek his qilasiz, oyoqlaringizda turishga qiynalasiz, hozir yiqilib tushadigandek tuyuladi. Siz o’zingizni o’nglab, normal holga kishingiz va narsalar odatdagidek ko’rinishi uchun bir muncha vaqt o’tishi kerak bo’ladi. Hayot va borliq masalalari bo’yicha shubhalar va bahslar-odamning tabiiy va normal holatidir. Ular mulohaza yurituvchi va bir-birlari bilan muloqotda bo’lgan odamlar hayotida ro’y beradi. Bunday savollarga javob berish kasbiy bo’ladimi, yoki qiziquvchan bo’ladimi-falsafaning vazifasidir. Falsafiy masalalar-insonning o’z hayoti, uni o’rab turgan dunyo, dunyoga munosabati, boshqalarga munosabati, o’z-o’ziga munosabatini bilishga qiziqish usuli, shaklidir.

Ilmiy masalalarni muhokama qilish tekshirilgan dalillar va nazariyalarning mustahkam fundamentiga asoslanadi, diniy masalalar obro’ va aqidalarga asoslanib, masalan, Muqaddas kitoblar aqidalariga asoslangan bir qiymatli javobini topadi. Falsafiy masalalar esa tajribaviy-ilmiy tekshirishlar yoki diniy aqidalarga asoslanmaydi. Shunga qaramay, falsafiy tushunchalar va da’volarni asoslash mustaqil ravishda bilish va amaliy ahamiyat kasb etadilar. Bunday asoslash inson jamiyati tarixi va madaniyati tarixiga, shuningdek alohida olingan inson hayoti bilan chambarchas bog’langan. Fanlarda muammoning qo’yilishi va yechilishi bilish obyektivligi kriteriysiga mos keladi. Bunday kriteriyga rioya qilgan holda olimlar o’zlari o’rganayotgan soha haqida maksimal obyektiv bilim olishga intiladilar. Ilmiy bilimning obyektivligi bu bilimga inson shaxsi omili tomonidan hyechqanday buzilishlari kiritilmasligi shartini qo’yadi. Xolbuki, shaxsiy omillarining o’zi voqyelikning bir qismi sifatida o’rganilayotgan hodisalarning omillari bo’lgan joyida o’z-o’zicha hisobga olinadi, albatta. Falsafiy bilim insonning tabiat dunyosi va boshqa insonlar bilan munosabatlaridagi rolini tahlil qilishni nazarda tutadi. Shuning uchun falsafiy qarashda barcha masalalar shaxsiy omillarni hisobga olishni ko’zda tutadi.

Falsafada va dinda (aqoidda) masalalarning qo’yilishi va yechilishi taqqoslanar ekan, diniy masalalarni ruhoniy ilohiy asosni ustun qo’ygan holda qaraydi, faylasuf esa insonning roliga ustunlik beradi. Ruhoniy hamavaqt birinchi planga xudoni qo’yadi, so’ngra inson va uning shaxsi masalalari qo’yiladi, faylasuf esa inson va uning olamda tutgan o’rni masalalarni birinchi galda ilgari suradi.

Falsafiy fikrlashning o’ziga xosligi shundaki, unday fikrlash rasionallik, ichki muvofiqlik, ziddiyatsizlik, isbotlanish talabalariga bo’ysunadi. Avvaldan aytish mumkinki, bu xarakteristikalar kishilarning emosional, irodaviy, baholash-qadriyatli orgumentlari bilan mos keladi. Falsafiy bilish, ruhoniylarning speksiyativ da’volaridan farqli o’laroq, ularning borlig’i, hayoti, madaniyati, tarixi, jamiyat to’g’risidagi oxirgi va badiy harakatlariga shubhani kuchaytiradi.

Falsafaning asosiy muammolari ichida eng umumiylarini ajratish mumkin: borliq muammosi; hayotning ma’nosi va hayot qadriyatlari muammosi; insonning mohiyatiga tegishli alohida muammolar to’plami tarzida inson muammosi: axloq muammosi (yashash normalari va odamlarning hulqi-atvoriga tegishli muammolar to’plami); olamni badiiy o’zlashtirish muammolari; to’g’ri fikrlash muammosi; ijtimoiy hayotning mohiyati muammosi; tarixni tushunish va tushuntirish muammosi va b.

Falsafiy bilimning alohida sohalari (falsafiy fanlar)ga: ontologiya (yunoncha ontos-borliq, mavjudlik va logos-ta’limot, ya’ni borliq haqidagi ta’limot yoki borliq nazariyasi,) gnosologiya (yunoncha gnosis-bilim, bilish va logos-nazariya, ya’ni bilish nazariyasi), aksiologiya (yunoncha axios-qadrli va logos-nazariya, ya’ni qadriyatlar nazariyasi), falsafiy antropologiya (yunoncha anthopos-odam va logos-ta’limot ya’ni inson mohiyatihaqidagi ta’limot), etika (yunoncha ethos-odat, ya’ni axloq haqidagi ta’limot); estetika (insonning voqyeilikka badiiy munosabati haqidagi ta’limot), mantiq (to’g’ri fikrlash shakllari va usullari to’g’risidagi ta’limot), ijtimoiy falsafa va tarix falsafa kiradi.

Falsafa ham, har bir fan kabi, o’zining tarixi masalariga marojaat qiladi. Falsafa tarixi-bu eng qadimgi davrdan to bizning davrlarimizga qadar falsafiy bilish taraqqiyoti tarixidir. Falsafa tarixi turli tarixiy davrlar va madaniyatlarda insonlar hayotining umumlashtirilgan tajribasini ifodalaydi. Falsafa tarixini bilmagan holda falsafani tushunish va uning muammolarini muhokama qilish mumkin emas.

Inson amaliyoti va bilishining rivojlanib borishi bilan falsafiy bilish ham bir butun tarzda rivojlanib bermoqda. Uning yangi sohalari yuzaga kelmoqda: masalan o’tgan asr o’rtalarida tabiyyotshunoslikning falsafiy masalari, yaqin o’tmishda esa ilmiy bilish tabiatining umumiy masalalari bilan shug’ullanadigan fan falsafasi yuzaga keldi; yaqindan beri inson va olam o’zaro ta’sirining umumtexnologik qonuniyatlarini o’rganuvchi texnika falsafasi, shuningdek, iqtisod falsafasi, huquq falsafasi to’g’risida gapirilmoqda va sh.o’.

Falsafa o’zi yuzaga kelganidan boshlab borliqning inson hayot quriladigan umumiy qonunlarini bilishga yo’llanib keldi. Olam va inson to’g’risidagi falsafiy muloxazalar ta’sirida bo’lib kelganlar, masalan, bir fikrlarda diniy va axloqiy asoslar, boshqalarda badiiy va texnikaviy, uchinchilarida-ijtimoiy-siyosiy, to’rtinchilarda ilmiy rasionallik asoslari hukmron bo’lgan. Faylasuflarning qarashlari ularda madaniyatning qaysi elementi, qanday munosabatlikda bo’lishiga qarab farq qilganlar. Ular yo’nalishlari orasida keskin farq, masalan, bir yo’nalishda diniy qarash va boshqasida ilm omili hukmron bo’lgan qarama-qarshilik bo’lgan xollarda sezilarli kelishmovchiliklar bo’lgan. Haqiqatdan ham, din o’z predmetining ilohiylik tabiatiga e’tiborini qaratadi va uni ishonch va aqidalarining irrasional ma’nolarida aks ettiradi. Fan bevosita inson aqliga murojaat qiladi,uning tushuncha shakllarida o’z predmetini ko’radi. Albatta, falsafiy mulohaza fanning tajribaviy va nazariy bilishlarida bo’lgan aniqlik va bir qiymatlikka ega bo’lmaydi, va shu bilan birga, diniy ishonch va dogmatizmning ham chetlab o’tishiga harakat qiladi. Qadimgi rimliklarga tegishli bo’lgan «xudoniki xudochasiga»va «qassobniki qassobchasiga» degan maqoli bu munosabatni ilohiyot predmeti va falsafa predmetining orasidagi farqni aniq ifodalab beradi: ilohiy ma’nolarining ustunligi diniy spekulyasiyalarini oldindan belgilab beradi va shuningdek, turli insoniy xususiyatlar va munosabatlar falsafiy bilish predmeti chegaralarini belgilab beradi.

Hozirgi zamon odami ongiga ikki madaniy tradisiyalar duch keladi. Ulardan biri gumanitar fanlarda ifodalangan va u hayotiy-amaliy, bilish, qadriyatli va madaniy-tarixiy usullar bilan konkretlashgan inson g’oyasiga tayanadi. Ikkinchi an’ana tabiatshunoslik va texnik fanlar bilan ifodalangan bo’lib, su’niy sistemalar va ular bilan amalga oshiriladigan texnik manipuliyasiyalarga bollari qay darajada gumanitar va ilmiy-texnika omillari munosabatiga bog’liq bo’ladi. Yangi madaniyati va kundalik hayot tarzining avvallari tushunib yetilmagan, ma’naviy-ruhiy, gumanitar berkli xarakteriga ega bo’lgan soxalarigacha kirib bormoqda. Pradoks shundagi, inson yangi ilmiy-texnikaviy yangiliklarni turmushga kirib borishidan o’zining ma’naviy qashshoqlanishiga tomon ketayotgani havorini tobora sezib bormoqda, lekin shu bilan birga, toboro mukamallashganroq informasion-komunativ sistemalar yaratishda davom etmoqda.

«Ikki madaniyat» ning bir-biridan keskin ajralishi ularning kesishish nuqtalarini izlashga bag’ishlangan bir talab adabiyotlar oqimining paydo bo’lishigi olib keldi. Ijodiy ziyolilar asosan rassomlar va yozuvchilar o’yladigan, sevadigan va nafratlanadigan, qo’rquvga tushadigan va umidlanadigan dunyolari bilan ilmiy dunyolari, eksperemental qo’llanmalar dunyosi orasida farq katta ekanligi qayd qiladilar. Shunday hisoblaydilarki, adabiyot shaxsning hayotiy tajribasini tasvirlaydi, fan esa tabiatni bilish va tajribasini o’zgartirish tajribasini umulashtiradi. Bunda fan va texnika borgan sari inson hayotiga faol kirib bormoqda, o’zining resept va tavsiyalari bilan avval o’zi erisha olmagan sohalarini ko’rsatib bormoqda. Insonlar ijtimoiy va individual ahborotlashuvi intensiv ketmoqda. Falsafa bu holatdan ilmiy-texnika strategiyasini gumanitar jihatdan biroz «tutib turish», cheklash va tekshirib, baholashni yo’lga qo’iyshni tavsiya etadi.

Ilmiy va texnika intelektuallari jamiyat hayotidagi vaziyatni boshqacharoq tasavvur qiladilar. Fanning taraqqiyotni ular ilmiy-texnika progressi, obyektivlik uchun kurash, fantaziya va illyuziyadan holi bo’lish, subyektivizm va o’zboshimchalikdan, nasihatgo’ylikdan, siyosiy, milliy, guruhbozlik va boshqa qadriyatlar ustunliklardan ozod bo’lishi bilan bog’laydilar. Shu bilan birga, bular odam butun inson hayotini faqat texnika-iqtisodiy hisoblashlar-garchi bunday hisoblashlar kompyuter texnikasiga asoslangan bo’lsa-da, asosida ta’minlash mumkin deb isbotlab bera oladimi? Insonning rasionalligi uning dunyosi bilan bog’langan jihatlari-sezgilarining turli-tumanligi, qadriyatlarni baholash va qayta baholash, muxabbat kechinmalari, nafratlari, ishonch, umid, qo’rquv singari jihatlari bilan bog’lanmaganmi?Inson va jamiyat haqidagi fanlar-masalan tarix, sosiologiya, psixologiya-alohida odamlar va jamoalar,madaniyat hodisalari va ijtimoiy institutlar hayotiga oid ko’plab doimiy materiallar to’playdi. Biroq bu materiallarni faqat falsafa insonning nima ekanligi ko’rsattib bergandan keiynchalik foydalanish mumkin bo’ladi.

Falsfiy bilishning o’ziga xosliklarni muhokama qilar ekanmiz, bunday bilishning asosan nafaqat tarixiy-falsafiy tajriba, hozirgi zamon jamiyati va madnatning holatini bilishgina emas, shuningdek insonning kundalik hayotini ham bilishdir. O’zining tabiatiga ko’ra predmetning o’ziga xosligiga ko’ra, falsafa insonlarning kundalik hayotlarini chetlab o’ta olmaydi. Odamlarning kundalik hayotlari qolaversa falsafa uni chiqqan va fan yuzaga kelgan tuproq hisoblanadi. Biroq keiyn o’zining tarixiy taraqqiyotida fan, falsafadan farqli o’laroq, odamlarning kundalik hayotidan o’zining bevosita kontaktlarini o’z tadqiqotlaridan chiqarib qo’yganlar. Faylasuflar esa, aksincha, odamlar hayotining kundalik tashvishlari, qadriyatlari, ehtiyojlariga doir muammolarni o’rganishga, bilishga o’z intilishlarini kuchaytiradilar. Falsafa fanning tabiat va inson ustidan hukumronlik qilishi haqidagi fikrni shubha ostiga qo’yadi. Fan hayotining eng yuksak ehtiyoji va qadriyati bo’lgani uchun uning bunday hukumron bo’lishini faqat falsafiy tanqid qilish yo’li bilan bartaraf etib bo’lmaydi. Shu bilan birga, jamoatchilikning fikrini ilmiy-texnika progressining bu yashirin mexanizmlariga qaratib, falsafa bu masalalarni ochiq-oydin muhokama qilish imkoniyatini ochib beradi.

Falsafa yashab qolishdan (tirikchilikdan) manfaatdor bo’lgan, erkin jamiyat qurish, yangi ma’naviy qadriyatlarni yaratish va tarqqiyot istiqbollarini yaratayotgan odamlar uyushmasining, jamoatchilikning aqsi sifatida ishlaydi. Ularni tahlil qilar ekan faylasuf insonlar hayotining nihoyaviy asoslarini rivojlantirish, ular hulqining motivlarini aniqlash, har birimizning faoliyatimiz bizning boshqa odamlar bilan munosobatimizga bog’liq ekanligi ko’rsatib beradi. Boshqa odamlarning va yo’limizni o’zgartirishga ta’sir etadi. Biz boshqalar bilan chambarchas bog’liqmiz, biz o’tgan avlodlarni o’rnini egallaganmiz; bir-birimiz bilan doimo muomaladamiz va hozirgi hayotimizning takrorlanmas, unikal va individual ekanini faqat boshqalar, bilan birga kechganligi tufayligina payqaymiz; nihoyat, ertami – kechim bizning hayotdagi o’rnimimzni boshqalar egallashini ham tushunib qolamiz.

Har bir odamning hayot dunyosi shunday tuzilganki, u bir tmondan, o’zining individualligini namoyon qilmoqchi va o’z hulqini erkin bo’lishga erishishni istaydi, ikkinchi tomondan esa-u o’zining fikr va hohishlarini faqat boshqa odamlarning fikr istaklari bilan muvofiqlashtirlgandagina amalga oshirish ekanligini bildiradi. Bunday hayot dunyosi tradisiyalarini qayta muvofiqlashtirish insonning chuqur tabiatini va insoniy munosobatlarining umumiy mohiyatini ifodalaydi. O’z hayotining turli yo’nalgan an’analarini bog’lashga intilgan holda har birimiz o’z hayot rejalarimizni tuzamiz. Bizning barcha rejalarimiz konkret vaziyatdagi odamga duch kelganida doimo o’zlashtirishga, to’g’irlashlarga (tuzatishlariga), to’ldirishlarga muhtoj bo’ladi. Ma’lum bir kokret vaziyatda turganda har bir inson o’z reja va maqsadlarini o’zgartirar ekan albatta, u o’z erkinligini boshqalarning erkniligi hulqi bilan munosiblashtirish mayerini bilish kerak.

Bizning hayotiy dunyomiz shunday tuzilganki, biz boshqa odamlarning hayotiy dunyosini o’zimizniki bilan o’lchabgina, solishtirib ko’ribgina tushunamiz. Sanoq sistemasining boshlang’ich nuqtasi uchun inson odatda, o’zini qabul qiladi, o’zining tanasini ruhi, ongi, qobiliyatlari, harakati va fikrlarini, o’zining nimaga yoki kimgadir munosabatini oladi. Hatto boshqa odamlarning o’zaro munosabatlari variasiyasi sifatida qabul qilamiz. Biz boshqa insonni faqat o’zimiz orqali, go’yo «boshqa men» tarzida tushunishimiz mumkin. Boshqa inson tufayligina biz o’zimizni kim ekanligimizni bilib olamiz. «Men» o’zini «shu yerda va hozir» tarzida ifodalaydi. Bizning o’tmishimiz va kelajagimiz bizga faqat hozirgi ahvolimizga nisbatangina bilinadi.

Muayyan tarixiy davrning hayotiy dunyosi ahamiyatini tushunish uchun biz uni «o’zimiz orqali» o’tkazishimiz kerak, o’zimizning hozirgi hayotimiz dunyosi orqali o’tkazib, uni bizning dunyomizning mumkin bo’lgan modifikasiyasi deb tushushnishimiz kerak. Biz o’z hayotimizning istiqbolini ravshanlashtirishda ham biz shunday qilishimiz zarur. Ko’pincha biz o’zimizning kelajak hayotimizni bugungi hayotimiz obrazi orqali va o’xshashligi bo’yicha loyhalaymiz. Biroq biz o’z kelajagimizni belgilashda avvalo boshqa odamlarning hayotiy dunyosini tan olish va ularning kelajak hayotlarini tan olishdan kelib chiqishimiz kerak. O’z dunyosini tanlar ekanmiz, bu bilan biz boshqalar dunyosi to’g’risida g’amxo’rlikni zimmamizga olamiz, biz o’z xarakatlarmizni boshqalar harkatlari erkinligini siqib qo’ymaydigan qilib tanlaymz. Mohiyati jihatidan inson hayotiy faoliyatining erkniligi yangi harakatlar, imkoniyati, boshqa vositalar yordamida, boshqacha harakatlanish imkoniyati demakdir.

Odamlar boshqalarga o’xshash bo’lishga intilganlarida ham o’zlarining o’z qiyofasini saqlab qolishga intiladilar. To’g’ri, buni har kim turlicha uddasidan chiqadi, ko’pchilik hatto mutlaqo uddasidan chiqa olmaydi ham. Insonning muvvafaqiyatli hayotiy faoliyati faqat u tushib qoladigan vaziyatlargagina emas, uning erkin iroda erkinligiga ham bog’liq bo’ladi. Iroda erkinligi tufayli har bir odam ayni bunday sharoitda turli qaror qabul qilishi va turli harakat qilishi mumkin. Biroq odamlar hayotiy dunyosini umumiy ma’noga ega bo’lgan jihatlari ularning birgalikda muvofiqlashib harakat qilishlari uchun kafolatdir. Agar odamlar o’zlarining yashashlari umumiy maqsadlarini tan olmasalar, u holda individual ijod qilishlar va madaniy qadriyatlar kirishib ketish imkoniyatlari katta bo’lmaydi. Falsafiy mulohazalar umumiy maqsadlar, ideallar, normalar va mo’ljallangan bo’lmasa ularning birgalikdagi hayoti mumkin emasligini yaxshi tushunishlariga imkon beradi. Falsafa inson hayotining umumahamiyatga ega bo’lgan mo’ljallarini belgilab beradi, bunda shaxsning hozirgi dunyoda erkin, ijodiy hayot faoliyati yurgizishi imkoniyati bilan asoslanadi.

Jamiyatda falsafani tan olish anchagina ichki va tashqi qarshiliklarga duch kelgan, chunki hayotning mavjud bo’lgan qotib qolgan qoliplaridan voz kechishni taqozo qiladi. Uning ustiga faylasuflar ko’pincha yerda yashayotganliklarini unutgan holda doim ideal dunyoni qidirib, o’z obro’larini yo’qotib qo’yar ekanlar, ular Yerdagi olamning tuzilishi mukammalikdan uzoq bo’lsa-da, har holda u kundalik xayotga ma’lum barqarorlik berishni esdan chiqarar edilar.

Hayot bozori hyech vaqt «donishmandlik» tovari bilan to’ldirib tashlanmagan edi. Faylasuflarni hamma vaqt kundalik hayotning moddiy xarakteridan uzoq turuvchi haqiqatlar qiziqtirar edi. Shuning uchun donishmandlik bozorda kamyob tovar deb hisoblanar edi. Biroq odamlar faylasuflarsiz yashashlari mumkin deyish ancha hato bo’lur edi. Turmush, hayot faqata narsalar va nondan iborat emas-ku! Albatta, kim uchundir hayot qiyinchiliklari yeyiladigan «non» ni topishdan iborat bo’lishi mumkin, u faqat kiym, ovqatlanish, uy-joy topish tashvishi bilan yashashi mumkin. Biroq bu kishining hayoti, shuningdek, har birmizning hayotimiz ham, faqat uning moddiylik tarafi bilan tamom bo’lmaydiku. Ertami yoki kechmi inson hayotini narsalardan tashqari turadigan, vaqtdan yuqori bo’lgan realliklar va hayot qadriyatlari tug’risida mulohaza qilishga majbur bo’ladi, chunki ular o’z-o’zidan mulohaza qilishga majbur qiladi. Shu sababli falsafa odamlarga kerak. U odamlarni o’z hayoti maqsadlariga otnlantiradi va qayta otlantiradi, o’zlari ustidan o’ylashga majbur qiladi. Hatto faylasuflar haqiqatni izlashda yanglishganlarida ham falsafaga ehtiyoj o’lgani yo’q. Hamon barcha odamlar aqilli mavjudot ekanliklariga da’vo qilar eknlar, falsafa ular hayotining ko’zgusiga aylanadi, uning yordamida hayotiy oreintirlar izlab topiladi.

Shunday ham bo’ldiki, odamlar o’zlarining dunyodagi mavqye’ilaridan qoniqmaydilar. Shu tufayli bir odamlarning manfaatlari boshqalarniki bilan mos kelmay qoldi va ijtimoiy konflikt yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ba’zan faylasafadan ma’lum foyda, «undirish» va bu bilan jamoaga o’z fikrini o’tkazish va shu yo’l bilan o’z qarshiliklarining haqligini tasdiqlash uchun, yoki bo’lmasa, falsafani odamlanishiga urinishlar ham bo’lib turadi. Shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi konflikt alla zamonlardan beri bo’lgan va sivilizasiya tarixida turlicha namoyon bo’lgan. Hozirgacha saqlanib qolgan bunday hayotiy hodisaning har ikki tomoni ham qisman haq va qisman haq emas. Ularning falsafiy pozisiyalari ko’zga yaqqol tashlanadi. Birinchi tomondan, ijtimoiy kuchlarning ustuvorligini saqlovchi falsafa odamlarni murosaga keltirish va qovushtirishga intilmog’i lozim. Boshqa tomondan esa, falsafa jamiyatda inson hulqining individual qobiliyatini asoslashga yordam berish kerak. Odamlar individualligi jamiyat kishilarini jipslashtirishga to’siqlik qiladigan xususiyatdir. Ayniqsa individualizm asosida insonlar aqliga shubha va ikkilanishlar yoyish yoki ro’yobga chiqmaydigan umidlar bog’lash yotgan bo’lsa bu juda hatarli. Shuning uchun bu mutaxassis faylasuflar qarashlarini ifodalaydimi. Yoki faylasufning shaxsiy mulohazasi tarzida ifodalangan bo’ladimi-falsafadan voz kechish mumkin emas. Odamlar ijtimoiy hamkorlik va individualizm muqobilligining bir tomnolamaligini qay darajad yengishlariga qarab insoniyat sivilizasiyasining taqdiri belgilanadi.

Albatta falsafa qandaydir bir butun yagona dunyoqarash emas. Falsafa juda har hil bo’ladi: yomon va yaxshi; erishilganini saqlashga yordam beradigan yoki vayron qiluvchi; odamlarni chalg’ituvchi; aqlga yoki his- tuyg’uga asoslangan; odamlarni muloqot birligini yuzaga keltiruvchi va ularning turmush hohishlari va qadriyatlari bilan kelisha olmaydigan va sh.o’. Falsafani o’rganmay turib, to’g’risini tanlash mumkin emas.

Odamlar hayoti va madaniyati tarixiga murojaat qilish shuni ko’rsatadiki. Ijtimoiy tuzumining yoshligi va keksaligida, uning paydo bo’lish yillari va so’nish davrida falsafaga ehtiyoj kuchayar ekan. Aynan ana shu davrlarida inson va jamiyat o’z hayotiy yo’lini tanlar va o’zi tutgan yo’lini yakunini tahlil qilar ekan. Masalan, qadimgi yunon sivilizasiyasining madaniy taraqqiyoti ma’lum darajada falsafa tufaylidir, aynan falsafaning yo’llashi tufayli aql ideallari, demokratiya va ma’naviylik singari o’sha davr jamiyati hayotiy asoslarini shakllantirida yutuqlariga erishilgan. Biroq bunday bo’ladi deb o’ylash odamlar uchun yengiltaklik va faylasuflar uchun maqtanchoqlik bo’lgan bo’lur edi. Huddi keksa inson o’zining yoshlik yillaridagi romantik ideallaridan voz kechgani singari, jamiyatning ideal rejalariga ham avvaldan kutilmagan omillar aralashadi, tang vaziyatlar yuzaga keladi, va avvalgi ideallar va qadriyatlarni qayta ko’rib chiqishni taqazo qiladi. Masalan, jamiyat taraqqiyotining sokin, barqaror davlarida akademik fan, san’at va falsafa gullaydigan bo’lsa, ijtimoiy tangliklar va notinchlik davrlarida hayotnng barqarorligi buziladi. Madaniyat inqirozga yuz tutib, tanazzlga duch kelganda unda navbatdagi «geniy» lar va «payg’ambar» lar qalloblar va mutahamlarni keltirib chiqarar ekan. Bunda yangi hayot ideallari va strategiyalarini tanlash tavakkal bo’lar, avvaldan aytib bo’lmas natijalarga olib kelishi, noxush oqibatlar va hato harakatlarga olib kelishi mumkin ekan. Biroq noto’g’ri qarorlar qabul qilmasligi uchun har qanday farazlar kuzatishlar, eksperementlar va hisobotlar bilan tekshirib tuzilishi, taasurot va tasavvurlar mantiqiy asosga ega bo’lishi, iroda va erkin-aql tarozusida ishlatish kerak.

Bugungi qiyin kunlarda ijtimoiy o’zgartirishlarga doir ko’p ishlar yoshlar yelkasiga tushmoqda. Yoshlar hayotga ko’proq talabchan bo’ladilar, uning qiyinchiliklarga sezgir bo’ladilar. Shu ma’noda ularning ba’zilari norozi, boshqalarda shubxa, uchinchilarda charchoq va dipressiya, to’rtinchilarida esa befarqlik va dangasalik seziladi. Ba’zan aynan yoshlar turli yo’llariga oson kirib ketmoqdalar, ularni turli ma’nvaiy sezgirlikni yo’qotish yo’lida ish ko’rayotganlar o’zlariga og’dirib olmoqdalar. Narkotik moddalarga berilishi yoki turli oqim va yo’llarga oson ergashib ketish hollari uchramoqda aniq belgilab olmaganlik tufayli turli oqimlar va harakatlarni boshqarayotganlar «domiga» ilinib qoloyotganlari ham bor. O’z hayotining aniq yo’lini belgilab olishning oson maslahatlari ham yo’q. O’z-o’zini onglashdan voz kechishi va quruq hayollar, narkotik kayfiyatlarga berilishi real hayotda ko’z yumish usuli degan gapdir. Albatta, hayotdagi barcha masalalarga falsafa javob beradi, deyish ham juda ham to’g’ri bo’lmaydi. Bugungi kunda falsafa ham kasbiy yoki kundalik hayotiy donishmandlik ma’nosida qiyin tanlash holatida turipti: o’tirib olib kelajak hayot haqida shirin hayollar og’ushiga berilish kerakmi yoki qancha og’ir bo’lmasin o’tmishni qayta idrok etib, hozirgi hayot va istiqbolini aniqlash lozimmi? Hozirgi zamon jamiyatida falsafaning roli faqat uning tanqidiylik vazifasi bilan cheklanib qolmaydi. Ko’pincha falsafa o’ziga muloqot va dialog vazifasini oladi. Muloqot strategiyasi eng ilg’or va ezgu maqsadlarda bo’lmasin kuch ishlatib targ’ibot qilish yo’llarini tan olamaydi. Klassik falsafa jamiyatni isloh qilishning inqilobiy edi. Shuning uchun ham bugungi kunda falsafaning o’ziga yoki uning kommunikativ imkoniyatlariga ishonchda shubxalanishlar bor ekanligi ajablanarli emas. Uning ustiga, hozirgi zamon falsafasi ba’zida ommaviy ahborot va kommunikasiya vositalrning qudratli to’lqini bosimida qolib ketadi. Fikrlashning «savollar va javoblar» tarzidagi primitiv nus’hasi hozirgi matbuot, radio, telekommunikasiya davrida ko’plab kishilarni mavjud yashash sharoitalriga oson moslashish kayfiyatlarini blgilab qo’yishi mumkin. Bunday kishilar targ’ibot va reklama vositalari ta’sirida shu darajada o’z yo’nalishilarini yo’qotib qo’yadilarki, ularni falsafiy tafakkur yo’liga jalb qilish qilish lozim bo’ladi.

Hozirgi kunda inson jamiyati haqiqat o’z erkinligi hissini yo’qotish chegarasidan asta-sekin chiqib kelmoqda. Falsafa bu qadriyatlarning o’tkinchi emasligini qayd qilib turadi, bu qadriyatlarsiz hayot o’z ma’nosini yo’qotadi. Shaxsning hayotiy rejalari ham, shuningdek, jamiyat taraqqiyoti istiqbollarini belgilash ham aqlning shunchalik quruq o’yini emas.Inson o’z xayotini ikki marta yashay olmaydi : bir matra asl maqsadalarsiz shunchaki «qoralma» tarzida va ikkinchi marta asl ideal va maqsadlarga muvofiq o’tay olmaydi. Maqsadlar va ideallar hayotimizni takrorlanmas va jozibali qiladi. Ular hayotni saqlab turadi. Chunki odamlar o’z hayotlarini ana shu maqsadlarga moslab , muvofiqlashtirib yashaydilar. Donishmandlik o’zini ham, boshqalarni ham bostirishda emas, balki o’z-o’ziga va atrof dunyo bilan muvofiqlikda yashashdir. Bunda falsafaga murojaat qilish ruhning rivojini ta’minlaydi, uni eski aqida va steriotiplardan tozalashga, hozirgi zamon maqsadlariga mos istiqbol yo’llariga boshlashga hizmat qiladi.

Har qanday predmetni o’rganishning dastlabki vazifasi-bu fanning maqsadini aniqlab, uning o’ziga xos tomonini, ahamiyatini ochib berishdan iborat. Bu esa fan haqida to’liq va aniq tushunchaga ega bo’lishga xizmat qiladi. "Falsafa" atamasi bugungi kunda turlicha ma’noda ishlatiladi.


Yüklə 62,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin