O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instuti Aniq va tabiiy jismoniy madaniyati fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi 146-guruh talabasi Boltaboyeva Maysaraning “Pedogogik faoliyatning pisixologik xususiyatlari” mavzusida tayyorlagan taqdimoti
REJA
1. Kirish.
2. «Pedogogik faoliyat» nima.
3. «Pisixologik xususiyat» nima.
KIRISH
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi. Pedagog uchun qo‘shimcha, lekin nisbatan turg’un talablar qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o‘rinda turmasada, ammo o‘qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi. Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o‘qituvchi ajoyib va o‘ziga xos shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
«Pedogogik faoliyat» nima.
Pedagogik faoliyat o‘qituvchining o‘quvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta’limiy va tarbiyaviy ta’sirini o‘z ichiga qamrab oladi. Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi.Bu eng avvalo maqsadga yo‘nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V.Kuzmina ta’rifiga ko‘ra, pedagogik faoliyatning muhim jihati — bu uning mahsuldorligidir. Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:
I — (minimal) reproduktiv: pedagog o‘zi bilgan narsalarni boshqalarga
yetkazib bera oladi;
II — (quyi) moslashgan: pedagog o‘z fikrlarini auditoriyaga o‘ziga xos
jihatlari bilan ma’lum qila oladi;
III — (o‘rta) lokal modellashtirilish: o‘qituvchi fanning ma’lum bir bo‘limi
bo‘yicha o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarning strategiyasini egallaydi;
IV — (yuqori) o‘quvchilar bilimini sistemali modellashtirish; o‘qituvchi
o‘quvchilarda fan malakalarini shakllantirishning yo‘l-yo‘riqlarini biladi;
V — (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va o‘quvchilar xulq-atvori.
Bunda pedagog o‘z fanini o‘rgatishdagi yo‘lyo‘riqlarni shunday egallaydiki, natijada
u o‘quvchi ehtiyojlarida o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘ziga ta’lim berish, o‘z-o‘zini
rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.Pedagogik faoliyatning predmeti bo‘lib, shaxs rivojlanishining sharti va asosibo‘lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan o‘quv faoliyatining manbayihisoblanadi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik)bilimlarni ko‘rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafikvositalarni kiritish mumkin. Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakaniyetkazish bu tushuntirish, ko‘rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsiloluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini bevosita amaliyoti (laboratoriya,amaldagi) va treningdan iborat.
Pedagogik faoliyatning mahsuli bo‘lib o‘quvchining aksiologik, emotsional mazmuniy, predmetli, baholash mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o‘quv faoliyatining subyekti va shaxs sifatida shakllanishi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiya hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o‘quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha ajratilib ko‘rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror-bir narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o‘z faoliyatining jarayoni va natijasiga e’tibor berishni misol qilish mumkin.
Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli-tuman xatti-harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turlituman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi. P.F.Kapterev o‘qituvchiga xos bo‘lgan obyektiv va subyektiv xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. Umumiy ko‘rinishda u quyidagicha aks etadi: O‘zaro munosabat doirasida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi ta’sirlashuvning emotsional darajasini tadqiqot predmeti tarzida qo‘yilishi, xususan, tarbiyachilik faoliyatining yo‘nalishida kam uchraydi. Bu muammoga oid ishlar jumlasiga G.S.Abramova, A.A.Beknazarov, R.Berns, I.B.Shuvanov va boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Aynan ushbu muammoga aloqador o‘zbek o‘qituvchisiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar nihoyatda kamchilikni tashkil etadi. Bu sohada A.A.Beknazarov, F.S.Ismagilova, E.G‘.G‘oziyev va boshqalarning ishlarini namuna sifatida sanab o’tish joiz. L.Ya.Kolominskiy o‘z tadqiqotida o‘qituvchining o‘quvchilarga munosabati so’zsiz muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’kidlagan edi.
Yuqoridagi fikrlargatayangan holda pedagogning bolalarga nisbatan munosabatidagi emotsionalqadriyatli yondashuvi uning munosabat uslubidagi motivatsion jihatlari, shuningdek,bir vaqtning o‘zida uning o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati jarayonida xulqiga ta’sirko‘rsatuvchi operatsional jihat bilan belgilanishini qayd qilish mumkin. Qator tadqiqotlarda esa o‘qituvchi va o‘quvchilarning pedagogik muomaladagi turli xil jihatlarini baholash holati ham o‘rganilgan. O’qituvchiga nisbatan o‘smirlarning talab va umidlari chet el psixologlari tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, A.Djersildning izlanishlariga binoan bolalar quyida qayd qilingan xarakterga ega bolgan o‘qituvchilarni afzal hisoblar ekanlar: 1) mehribon, quvnoq, javobgarlikni his qiluvchi, barqaror insoniy sifatli; 2) haqiqatgo‘y, batartib, halol, boshqalarni hurmat ko’rsatadigan, tashkilotchilik sifatidagi; 3) boshqalar manfaatini o‘ylaydigan, xalqparvar, sinf ishlarida o‘quvchilarga erkinlik huquqini beruvchi, qiziquvchan, ishtiyoqli va ishchan; 4) yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.
V.Kessel tadqiqotlarida o‘quvchilaming yosh xususiyatiga bog‘liq holda o‘qituvchilarning mashhurlik va mashhur emaslik motivlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining mashhurligi ko’p jihatdan uning materiallarni ko‘rgazmali, jonli va muammoli tarzda yetkaza olish qobiliyatiga bog‘liq ekan. V.S.Abramova, S.M.Illyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabati bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazganlar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining muloqotda do‘st sifatida o‘z o‘rnini o‘quvchilarning tengdoshlari va ularning ota-onalariga berganligi ko‘rindi. Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V. Kuzmina, V. Slastenin, F.N. Gonobolin, o‘zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S. Jalilova, A. Jabborov, M. Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham o‘qituvchilik kasbi va ta’lim jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan. Bunda o‘qituvchilik kasbiga muvofiq yaratilgan professiogrammani ko‘rish mumkin. Bo’lajak o‘qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo‘yilishini bilish va shu asnoda o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogik oliy o‘quv yurtlarida muayyan mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining ishlab chiqilishi zarurdir.
XULOSA
Pedagog doimo psixologik jihatdan o‘z ustida ishlashi kerak. Uni muntazam ravishda psixologiya fanining turli yo‘nalishlaridagi eng yangi yutuqlar bilan tanishib borishi darkor, ular tarbiya va ta’lim bilan bevosita va bilvosita bog‘liqdir. Bu ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, differensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi shuningdek, psixologiya va boshqa fanlar chegarasidagi tibbiyot, patopsixologiya, psixofiziologiya va psixoterapiya. Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda zarur jiddiy jihat - bu o‘z- o‘zini boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik holati va xulq-atvorini boshqara olish qobiliyati, murakkab pedagogik holatlarda muqobil harakatlana olishidir. O‘z-o‘zini boshqarishning psixologik asoslari bilish jarayonini o‘z ichiga oladi: Sezgi, idrok, diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq shuningdek shaxs xislatlari - xulq atvori, emotsional holati, vaziyatga munosabati. Yuqorida qayd etib o‘tilgan psixik jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish odam xususiyatlari va holatlari, uning irodasi va ichki tuyg‘ulari bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, ichki tuyg‘u barcha psixik holatlarni boshqarishda erkinlik asosi bo‘lib xizmat qiladi, iroda bo‘lsa xatti-harakatlar quvvati va yo‘nalishlarini ta’minlaydi. Ongli ravishda fikrlashni ham boshqarish, uni yanada samaroqliroq qilish mumkin.
Boltaboyeva Maysara
Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay!
Imom Buxoriy
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Dostları ilə paylaş: |