1 mavzu: Kirish. Yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalari. Reja



Yüklə 21,03 Kb.
tarix14.04.2023
ölçüsü21,03 Kb.
#98243
1 mavzu Kirish. Yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalar


. 1 - mavzu: Kirish. Yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalari.
Reja:



  1. Tarixning o‘rganishda maxsus tarixiy fanlar (yordamchi tarix fanlari)ni o‘rni va ahamiyati.

  2. Xronologiya, numizmatika, metrologiya, paleografiya, tarixiy geografiya, tarixiy metrologiya, sfragistika, geneologiya toponimika.

  1. Yordamchi tarix fanlaring o‘zaro bog‘liqligi.



  1. Tarixning o‘rganishda maxsus tarixiy fanlar (yordamchi tarix fanlari)ni o‘rni va ahamiyati

Tarixning mazmun va mohiyatini o‘rganishda tadqiqotchi asosiy manbalar bilan birga qator maxsus va yordamchi tarix fanlarini. Jumladan, xronologiya, numizmatika, metrologiya, paleografiya, toponimika, tarixiy geografiya, sfragistika, geneologiya kabi fanlarini chuqur bilishi zarur. Ushbu sohalar alohida o‘z ilmiy yo‘nalishiga ega bo‘lib, bir-biri bilan uzviy bog‘langan va manbashunoslikni tashkil etadi va tarixni chuqur o‘rganishga qaratilgan. Mazkur fanlarni an’anaviy tarzda “Yordamchi tarix fanlari” deb ataymiz. Yordamchi tarix fanlariga nisbatan “Maxsus tarixiy fanlar” iborasi ham qo‘llaniladi. Demak, Yordamchi tarix fanlari o‘zaro bog‘liq holda bir-birini to‘ldirsa-da, ularning har bir sohasining o‘z predmeti, maqsad va vazifalari, yo‘nalishi, tadqiqot metodlari mavjud. Bugungi kunda yuqorida qayd qilingan fanlar alohida mustaqil rivojlanmoqda.
Yordamchi tarix fanlari tarix fanini o'rganishda yordamchi manbalar hisoblanadi. Bu fan tarix fanining yordamchi sohalari bo'lmish; poleografiya, diplomatika, genalogiya geroldika, sfragnetika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya buyruqlariga tayanadi. Shular asosida tarixiy voqea va hodisalarni mohiyatini haqqoniy, holisona yoritishga ko'maklashadi. Quyida shu yordamchi sohalarning vazifasi, maqsadi haqida to'xtalib o'tamiz.

  1. Yordamchi tarix fanlaring o‘zaro bog‘liqligi.

Barcha tarix ma’lumotlari moddiy – arxeologik yoki ma’naviy manbalarda ya’ni hujjat, yilnoma, solnoma va boshqa yozma yodgorliklarda ham yozilavermaydi. Shuning uchun Yordamchi tarix fanlari tarix fanini tо‘ldirishda, aniqlashtirib chuqurlashtirib о‘rganishda yordamga keladi. Lekin uni о‘z nomi bilan yordamchi fanlar deyish emas, balki maxsus tarixiy fanlar deyilishi maqsadga muvofiqdir.
Yordamchi tarix fanlari bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib, bir-birini tо‘ldirib, bir butunlikda tarix fanini chuqur о‘rganishda manba bо‘lib xizmat qiladi. Jumladan, tarixiy voqelikning qachon sodir bо‘lganligini xronologiya, qadimiy xalqlar va mamlakatlarda amalda bo'lgan yil hisobi va taqvim (kalendarlar)ni, vaqtni, sanalarni aniqlashda yordam bersa, о‘sha davr tangalaori esa tarixiy xujjatlarga kirmay qolgan tarixiy haqiqatdan xabar beradi, Numizmatika esa qadimiy pullarning kelib chiqishi, tarixi, material turi, shakli, vazni, yozuvlari va zarb etilgan joyi, vaqtini va shu orqali esa tarix fanidagi yozma manbalarda ma’lumot berilmay yoki tashlab ketilgan qiziqarli qо‘shimcha ma’lumotlarni beradi. Shuningdek, qо‘shimcha lekin tarixgni mukammal о‘rganishda boshqa tarix sohalarining ham о‘zaro bog‘liqligi va tarixni mukammal yoritishda roli benihoya kattadir. Bu sohalarni alohida о‘rganib, bir butunlikda tо‘ldirish maqsadga muvofiqdir. \


Savol va topshiriqlar
1. Xronologiya fani predmeti nimani o‘rganadi?
2. Xronologiyaning maqsadi va vazifalari nimadan iborat?
3. Tarixiy xronologiya deganda nimani tushunasiz?
4. Astronomik xronologiya deganda nimani tushunasiz?
5. Tarix fanini o‘rganishda xronologiya kursining tutgan o‘rnini aniqlang.
6. Umar Xayyom kalendarining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
7. “Ziji Ko‘ragoniy”ning ahamiyatni tushuntirib bering.
8. Vaqt sanasi birligi tushunchasi (kun, oy, hafta) haqida ma’lumot bering.
9. Yil hisobi tropik yil haqida ma’lumot bering.

Savollar

  1. Xronologiya nimani o`rganadi?

Javob: Yil hisobi va kalendarlarini.
2 Paleografiya so’zi qaysi tildan olingan?
Javob: Yunon
3 Yunonchada ikki buklangan qog’oz ma’nosini beruvchi so’z?
Javob: Diplomatika
4 Lotinchadan olinib gerb,nishon,belgini bilduruvchi so’z qaysi?
Javob: GERALDIKA
5 Qadimgi va tarixiy joy nomlarini ularning ma’no va mazmunini tadqiq qiluvchi fan sohasi?
Javob: Toponimika
6 Maxfiy yozuvlarini fan sohasi?
Javob: Kriptografiya
7 Qadimgi tarixiy xalqlar,elatlar,millatlar tillarini o’rganuvchi fan sohasi?
Javob: Lingivistika
8 Tarixiy ismlar va joy atamalarini, osmon jismlarining nomlarinio’rganuvchi soha?
Javob: Onomastika
9 Turli xaritalarini va xaritashunoslikni o’rganuvchi fan sohasi?
Javob: Kartagrafiya
10 Xalqlar orasida amalda bo’lgan og’irlik,masofa va sath o’lchovlarini o’rganuvchi soha?
Javob: Metralogiya
11 Qadimgi tosh,metall buyumlar,yog’och,ustiga o’yib bitilgan qadimgi yozuvlarini o’rganuvchi fan sohasi?
Javob: Epigrafika.
12 Sfragistika so’zining ma’nosi?
Javob: Yunoncha-muhr
13 Genealogiya fani nima bilan shug’ullanadi?
Javob: Inson nasablarini,kelib chiqishini tahlil qilish,o’rganish bilan shug’ullanadi.
14 Numizmatika nimani o’rganadi?
Javob: Qadimiy tangalarni.
Yüklə 21,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin