4-mavzu Biotik va antropogen omillar va ularning o‘simliklar qoplamlariga ta’siri
Dots. v. b. M. Bo‘ranova
REJA - Biotik omillarning o‘simliklar qoplamlariga ta’siri.
- Antropogen omillarning o‘simliklar qoplamlariga ta’siri.
Ekologik omillar
Abiotik
Biotik
Antropogen
Jonsiz tabiat omillari
Jonli tabiat omillari
Inson faoliyati ta’siri
Biotik omillar
Barcha tirik organizmlar singari o‘simliklar ham o‘zi yashayotgan muhitdagi mikroorganizmlar, hayvonot olami va boshqa tur o‘simliklar bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lib hayot kechiradi. Tabiatdagi nafaqat alohida bir tur, balki o‘simliklar qoplamini tashkil etadigan o‘simliklar guruhi tuproqdagi mikroorganizmlar bilan, hayvonot dunyosi bilan, o‘zaro bir birlari bilan umuman muhit bilan chambarchas aloqada bo‘ladi.
Biotik omillar
o‘simliklarning o‘simliklarga o‘zaro ta’siri
hayvonot dunyosining o‘simliklarga ta’siri
yuqoridagi har uchala guruhning o‘zaro bir biriga ta’siri
mikroorganizm-larning o‘simliklarga ta’siri
O‘simliklarning o‘simliklarga o‘zaro ta’siri fitogen ta’sir deb ham ataladi. Fitotsenozdagi o‘simliklarning har bir turi yashash uchun kurashadi. Yashab qolish uchun, naslini saqlab qolish uchun ko‘plab urug‘ va mevalar, spora hosil qiladi. Ba’zi turlar har qanday sharoitda vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Jamoadagi yuksak o‘simliklarga mikroorganizmlar ham, tuban o‘simliklar ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham har bir tur o‘z naslini saqlab qolish uchun urug‘ va sporalarni turli xil, shamol, suv, hayvonlar orqali tarqatishga moslashgan bo‘ladi. O‘simliklar qoplamidagi turlar birga yashash jarayonida bir birlarini turli omillardan foydalanish darajasini cheklab qo‘yishi mumkin. Misol uchun baland bo‘yli, bargi ko‘p bo‘lgan turlar boshqa turlarni quyosh nuridan, issiqlik manbaidan, ildizi ko‘p tarmoqlangan turlar tuproq tarkibidagi mineral moddalarni ko‘plab o‘zlashtirib, boshqa turlarni oziq moddalardan bebahra qoldiradi.
O‘simliklar qoplamidagi turlar bir-birlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Parazitizm, simbiozlik holat, o‘simliklarning birbiriga mexanik ta’siri, jamoadagi turlarning bir-birini siqib chiqarishi, liana va epifitlik hodisalari bevosita ta’sirga misol bo‘la oladi.
Jamoadagi o‘simliklarning o‘simliklarga tuproq, iqlim, hayvon va mikroorganizmlar orqali bo‘ladigan ta’siri bilvosita ta’sir deb ataladi.
Hayvonlarning o‘simliklarga ta’sirini zoogen omillar deb yuritiladi. Fitotsenozga hayvonlar turli xil ta’sir etadi. Jamoadagi ba’zi turlarning changlanishida hashoratlar, urug‘larning tarqalishida qushlar, hayvonlar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi bir kemiruvchilar o‘simlik turlarining jamoada kamayib, ba’zan yo‘q bo‘lib ketishiga ham olib keladi. Ular ko‘plab ildiz tutanakli lola, boychechak, chuchmoma, gulsapsar kabi turlarning piyoz ildizini qish faslida ko‘plab yeb nobud qiladi.
O‘simliklar qoplamiga hayvonot dunyosi tuproq tarkibini turli xil yo‘llar bilan ishlash orqali ijobiy ba’zan salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning unumdorlishni oshirishda chuvalchanglarning xizmatini hammamiz yaxshi bilamiz. O‘rta Osiyo cho‘llaridagi qumsichqonlarning tuproq tarkibiga ko‘rsatgan ta’siri o‘simliklar qoplamiga katta zarar yetkazadi. Tuproqni kovlash, uyalar hosil qilish, nami kam bo‘lgan tuproq namligini yanada kamaytiradi. Cho‘l o‘simliklarining qurib qolishiga olib keladi. Bunday holni saksovulzorlarda saksovul ildizi bilan qisman bo‘lsada oziqlanuvchi kemiruvchilarning ko‘rsatgan zararidan ham bilish mumkin. Ildizi zararlangan saksovullar ko‘plab nobud bo‘ladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Dostları ilə paylaş: |