6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.) Reja



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə1/15
tarix30.11.2022
ölçüsü91,57 Kb.
#71572
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
6 MARUZA


6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.)
Reja

  1. Mikroorganizmlar olami, umumiy belgilari va turli-tumanligi.

  2. Prokariot va eukariot mikroorganizmlar , ularning o’xshashligi va farqlari.

3.Mikroorganizmlar nomenklaturasi.
4.Mikroorganizmlar bo’limlari.
5.Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar.


Tayanch so’z va iboralar:Eukariotlar va prokariotlar, mikroorganizmlar sistematikasi, mikroorganizmlar nomenklaturasi, mikroorganizmlar bo’limlari, endospora hosil qilishi; Gram usulida bo’yalishi


Adabiyotlar A-1,3,4,5.: Q-1 dan 13 gacha bo’lgan adabiyotlar


1. Mikroorganizmlar olami, umumiy belgilari va turli-tumanligi.
Mikroorganizmlar sistematikasi. Sistematika (taksonomiya) deb mikroorganizmlarni ma’lum aniq belgilariga asoslanib, ularni qarindoshlik aloqalarini o’rnatib guruhlarga (taksonlarga) bo’linishiga aytiladi. Mikroorganizmlarning asosiy guruhlarini o’rganishdan avval ularni nomenklaturalarga ajratish printsiplarini yoritish maqsadga muvofiqdir. Nomenklatura deb biror bilim sohasida ishlatiladigan nomlar (atamalar) tizimiga aytiladi. Har qanday mikroorganizmlar ob’ektini nomlash va sinflarga ajratish uchun ularni nomenklatura tizimi va taksonomiyasi ob’ektlarini to’la-to’kis bilishni talab etadi.
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o’rganib, ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqazo etadi. Mikroorganizmlarni sinflarga ajratish va nomlash uchun zarur bo’lgan axborotni olish uchun har tomonlama ko’rinishlari, mikrobning hamma tashqi va ichki tuzilishlarini, uni fiziologiya va bioximiyasini bilish muhimdir. Shuning uchun mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini, hamda mikroorganizmlarni tabiiy sharoitda yuzaga keltiradigan asosiy jarayonlarni bilish zarur bo’lib, bunda ularning quyidagi xususiyatlari xaqidagi bilimlar asos qilib olinadi:

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin