6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.) Reja



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə2/15
tarix30.11.2022
ölçüsü91,57 Kb.
#71572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
6 MARUZA

1. Shakli va o’lchami;
2. Harakati (hivchinlarining bor - yo’qligi va joylanishi);
3. Kapsulasining bor yo’qligi;
4. Endospora hosil qilishi;
5. Gram usulida bo’yalishi;
6. Modda almashinishinig o’ziga xos tomonlari va energiya olish uslublari;
7. Energiya olishi;
8. O’zi yashab turgan tashqi muhitni qanday qilib o’zgartirishi va tashqi muhit uning yashashiga qanday qilib ta’sir etishi va uning hayot faoliyatini saqlab qolishi.
Mikrorganizmning yuqorida aytib o’tilgan asosiy xususiyatlarini bilish na faqat nomenklaturasini va taksonomiyasini o’rganishda ahamiyatga ega bo’libgina qolmasdan, uning katta amaliy ahamiyati ham bor.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada chuqurroq bilishni talab etdi. Shu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy hisoblangan bo’lsa, endi genotip xususiyatlarini ham o’rganish kerak bo’ldi va molekulyar biologiya erishgan yutuqlar bunga imkoniyat yaratdi. Bunda:
1) mikroorganizm nuklein kislotasining nukleotid tarkibi, purin va pirimidin asoslarining bir-birlariga bo’lgan nisbati o’rganiladi va shu asosda ikki guruh mikroorganizmlar farqlari aniqlanadi.
2) ikki guruhga mansub mikroorganizm nuklein kislotalarini bir- birlari bilan gibridlab, ular orasidagi nukleotidlar gomologiyasi (o’xshashligi) o’rganiladi. Agar, nuklein kislota tarkibi 80 - 90% gacha gomologiyaga ega bo’lsa, o’rganilayotgan mikroorganizmlar yaqin "qarindosh", gomologligi 50% dan kam bo’lsa, mikroorganizmlar uzoq "qarindosh" hisoblanadi.
Mikroorganizm xususiyatlari aniq o’rganilgandan so’ng, unga K. Linney taklif qilgan binominal nomenklatura talabi kabi, ikki lotin atamasidan tashqil topgan ilmiy nom beriladi.
Birinchi atama avlod nomini bildirib, mikroorganizm morfologiyasi yoki fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf etgan olimning ismi - sharifi yoki ajratib olingan muhitni ifodalaydi.
Ikkinchi atama esa kichik harflar bilan yozilib, mikroorganizm koloniyasining rangi, kelib - chiqish manbaini, yoki shu mikroorganizm yuzaga keltiradigan jarayon yoki kasallik yoki boshqa bir farqlantiruvchi belgilarni bildiradi. Masalan, Bacillus albusda birinchi so’z - Bacillus -spora hosil qiluvchi, Gram musbat kabi xususiyatlarni anglatsa, ikkinchi so’z - albus – mikroorganizm koloniyasi rangining oq ekanligini bildiradi (albus - oq).
Mikroorganizmlarga 1980 - yil 1- yanvardan boshlab Xalqaro bakteriya nomenklaturasi kodeksi qoidalariga muvofiq nom beriladigan bo’ldi. Mikroorganizmlarni yaqin belgilariga qarab guruhlash uchun tur (species), avlod (genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo’lim (divisio), saltanat yoki olam (regnum) kabi taksonomiya kategoriyalari ishlatiladi.

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin