1 - guruhga «metan hosil qiluvchi» bakteriyalar kiradi. Ularni birqancha avlodlari mavjud: Methanobacterium, Methanococcus, Methanosarcina va hokazo. Ular sharsimon, tayoqchasimon shaklli bakteriyalar.
Spora hosil qilmaydi. Haqiqiy anaeroblar. Obligat va fakultativ xemolitotrof va xemoorgantroflar. Energiyani vodorodni ishlatib SO2 ni metangacha qaytarish yo’li bilan yoki sirka kislota va metil spirtini bijg’itib metan va SO2 hosil bo’lishidan oladi. Ular tuproq, botqoqliklarda, hayvon va odamlarning oshqozon-ichak yo’llarida tarqalgan.
2 - guruhgaaerob, oltingugurtni oksidlovchi, optimal rivojlanish temperaturasi 70 - 75°S, rN optimumi 3 bo’lgan atsidofil bakteriyalar kiradi.
3 - guruhgaoltingugurtni N2S gacha qaytaruvchi, optimal rivojlanish temperaturasi 85 - 105°S issiq suvlarda tarqalgan prokariotlar kiradi. Haqiqiy anaerob. Obligat va fakultativ xemolitotrof va xemoorganotroflar. Thermoproteus, Thermophillum, Desulfurococcus va boshqa avlodlari bor.
4 - guruhga galobakteriyalar kirib, "kvadrat bakteriyalar" ham deyiladi. Ular NaS1 ning 20 - 25% li eritmasida ham rivojlanadi. Ular sho’rlangan tuproq, suv havzalari va boshqa substratlarda tarqalgan.
5 - guruhga termoatsidofil "mikoplazma" lar kirib, yuqori (60°S) temperatura va past rN da (1-2) rivojlanadi. Ular Yaponiyaning issiq mineral suvlarida topilgan.