6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.) Reja



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə7/15
tarix30.11.2022
ölçüsü91,57 Kb.
#71572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
6 MARUZA

Nitrobacteriaceae oilasi vakillari tayoqchasimon, ellipsimon, sharsimon va spiral ko’rinishga ega. Spora hosil qilmaydi, harakatchan va harakatsiz vakillari bor. Obligat xemolitotroflar. Energiyani ammiak yoki nitritlarni oksidlanishidan oladi, uglerodni SO2 dan oladi. Xaqiqiy aeroblar. Tuproqda, daryo suvlarida, dengiz va okean suvlarida tarqalgan.
Ammiakni nitritgacha oksidlaydigan avlodlar – Nitrosomonas, Nitrosospira, Nitrosococcus, Nitrosolobus va nitritlarni nitratlargacha oksidlaydigan Nitrobacter, Nitrospira, Nitrococcus avlodlari vakillari bor. Bu oila mikroorganizmlari tuproqdagi ammiakni va nitritlarni nitratlarga o’zgartirishda qatnashadi.
Bu guruhga oltingugurt va uning birikmalarini o’zlashtiradigan organizmlar ham kiradi. Thiobacillus avlodiga kiruvchi bakteriyalar mayda tayoqchasimon shaklli bo’lib bitta polyar joylashgan xivchini bor. Spora hosil qilmaydi. Obligat aeroblar. Obligat va fakultativ xemolitotroflar. Energiyani oltingugurt tutuvchi birikmalarni o’zgarishidan oladi. Uglerod manbai bo’lib SO2 xizmat qiladi. O’ta nordon muhitda ham rivojlanadi Tuproqda, suv havzalarida, oqava suvlarda, oltingugurtli buloq suvlarida uchraydi. Thiobacterium, Thiospira va boshqa avlodlari bor.
Siderocapsaceae oilasi vakillari kapsula bilan qoplangan tayoqcha, sferasimon, ellipssimon hujayralardan iborat. Bu organizmlar temir oksidini to’plash xususiyatiga ega bo’lib, temir oksidi yoki marganets oksidini mikroorganizm kapsulada, kapsula ustida yoki kapsuladan tashqarida to’playdi.Xemoorganotroflar. Aeroblar. Temir moddalari bor suvlarda tarqalgan. Bu oilaga Siderocapsa, Siderococcus va boshqa avlod vakillari kiradi.
1.7 guruh - sirpanuvchi bakteriyalar. Bu guruxga ikki tartib - Myxobacteriales va Cytophagales kiradi.
Birinchi Myxobacteriales tartibiga meva tana hosil qiluvchi miksobakteriyalar kiradi. Miksobakteriyalar bir hujayrali, shilliq qavat bilan qoplangan organizmlar. Silindrsimon hujayralarining uchi egilgan yoki sal o’tkirlashgan bo’ladi. Hujayralar shilimshiq kapsula bilan o’ralgan bo’ladi. Binar bo’linib ko’payadi. Grammanfiy.
Miksobakteriyalarni hujayra devori elastik bo’lib, bakteriya hujayrasining oson egilishiga yordam beradi, oson harakatlanadi va uning shakli birmuncha o’zgarishi mumkin. Ma’lum muddatdan so’ng miksobakteriyalar meva tanalar hosil qiladi. Vegetativ hujayralar avval bo’linib ko’payadi va sirpanib harakatlanadi, suriladi va zich, rangsiz yoki yorqin rangli meva tanalar hosil qiladi. Meva tanalarning shakli va ranglari bakteriyaning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Meva tanalardagi hujayralar miksosporalarga (tashqi noqulay sharoitdan saqlanish imkoniyati ega bo’lgan hujayraning formasi) aylanadi. qator miksobakteriyalar mikrotsistalar hosil qiladilar. Mikrotsistalar sporangiylarda hosil bo’ladi va ular substratdan shohchalari bilan ko’tarilib turishi mumkin. Miksosporalar qurg’oqchilikga chidamli bo’ladi, ammo qizdirilganda nobud bo’ladi. Miksosporalar yoki mikrotsistalar qulay sharoitga tushganda una boshlaydi va butunlay vegetativ hujayraga aylanadi.
Miksobakteriyalar - xemaorganotroflar, haqiqiy aeroblar. Ular tuproqda, go’ngda va chiriyotgan o’simlik qoldiqlarida va hokazolarda uchraydilar. Ularning ko’plari o’simlik va hayvonlar sellyulozasi, polisaxaridi, oqsili va boshqa moddalarini parchalaydilar.
Miksobakteriyalar tartibiga bitta Myxococcaceae oilasi kiradi va unda bitta Myxococcus avlodi mavjud. Ularni ikki uchlari sal o’tkirlashgan vegetativ hujayralari bo’lib, noqulay sharoitga tushganda oval yoki sferik shaklli mikrotsistalar hosil qiladi.

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin