6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.) Reja


guruh – rikketsiyalar va xlamidalar



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə10/15
tarix30.11.2022
ölçüsü91,57 Kb.
#71572
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
6 MARUZA

1.10 guruh – rikketsiyalar va xlamidalar. Bu guruh mikroorganizmlari Rickettsiales va Chlamydiales deb nomlangan tartiblarni o’z ichiga oladi.
Rickettsiales tartibi uch oilani birlashtiradi – Rickettsiaceae, Bartonellaceae va Anaplasmataceae. Ular ko’p nopatogen, ammo hujayra ichidagina ko’payadigan parazit vakillarni o’z ichiga oladi.
Vakillari tayochasimon, sharsimon yoki ipsimon shaklga ega bo’lib, har xil rikketsioz deb ataladigan yuqumli kasalliklarga sabab bo’ladi. Rikketsiyalar ham tayoqchasimon, sharsimon va ipsimon bo’lib, spora hosil qilmaydi, harakatsiz. Gram manfiy. Ho’jayini hujayrasida binar bo’linib ko’payadi. Rikketsiyalarni ba’zi vakillari hasharotlar bilan simbioz holda yashaydi. Tipik vakillaridan Rickettsia prowazekii toshma tif kasalligini qo’zg’atadi, ko’ynak biti bilan simbiozda yashaydi.
Chlamydiales tartibi bir Chlamydiaceae oilasidan iborat bo’lib unga odamlarda kasallik qo’zg’atadigan turlar kiradi.
2 - sinf - Anoxyphotobacteria
Anoxyphotobacteria sinfi fototrof bakteriyalar bo’lib kislorodsiz fotosintezni amalga oshiradigan organizmlarni o’z ichiga oladi va ikki tartibga bo’linadi: Rhodospirillales (qirmizi bakteriyalar) va Chlorobiales (yashil bakteriyalar). Bu sinf vakillari sharsimon, tayoqchasimon va egilgan tayoqchasimon bo’lib, odatda ikkiga bo’linib ko’payadi. Ba’zi turlari kurtaklanib ham ko’payadi, gram manfiy. Hujayralarida oltingugurt bo’lishi ham mumkin. Fototrof bakteriya hujayralarida bakterioxlorofill va karatinoid pigmentlari bo’ladi. Fotosintezni amalga oshiradi. Fototrof bakteriyalar SO2 ni qaytarish uchun fotosintez jarayonida molekulyar vodorodni, qaytarilgan oltingugurt birikmalarini yoki boshqa organik moddalarni ishlatadi. Fotolitotrof va fotoorganotroflar. Obligat anaeroblar. Molekulyar azotni o’zlashtirishi mumkin. Fototroflarning ko’pchiligi suv mikroorganizmlaridir.
Rhodospirillales (qirmizi bakteriyalar) tartibi ikki oiladan iborat: Rhodospirillaceae va Chromatieaceae.

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin