6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.) Reja


guruh – kurtaklanuvchi yoki poyali bakteriyalar



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə9/15
tarix30.11.2022
ölçüsü91,57 Kb.
#71572
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
6 MARUZA

1.9 guruh – kurtaklanuvchi yoki poyali bakteriyalar. Ular 17 ta avlod bo’lib birlashgan.Ularning ba’zilariga qisqacha tavsif beramiz.
Hyphomicrobium avlodi vakillari ikki uchi o’tkirlashgan tayoqchasimon, oval, tuxumsimon yoki loviyasimon shaklli ko’rinishga ega. Ular har xil uzunlikdagi ipsimon o’simtalar hosil qiladi. Ko’payishi ipsimon o’simtalari (gifalar) uchida joylashgan kurtaklari yordamida amalga oshadi. Kurtaklari yetilgandan so’ng harakatchan bo’lib qoladi va gifadan ajralib biror yuzaga, substratga yoki boshqa bir hujayraga yopishadi. Xemoorganotroflar. O’sishi uchun SO2 kerak bo’ladi. Aeroblar.
Ko’pgina poyali bakteriyalar o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Ular oligakarbofil (uglerod manbaisiz o’sadigan) organizmlar bo’lib, laktat, formiat, atsetat va boshqa birikmalarni o’zlashtirish xususiyatiga ega.
Pedomicrobium avlodi ham ma’lum rivojlanish sikliga ega. Oval shakldagi ona hujayrada polyar hivchinli harakatchan hujayra (zoospora hosil bo’ladi). Qiz hujayrani hosil bo’lishi kurtaklanish orqali amalga oshadi. Ona hujayradan ajralgan qiz hujayra yetilgandan so’ngina ko’payadi. Bu avlod vakillari hujayrasi ustida temir va marganets oksidlarini ajratadi. Tuproqda juda keng tarqalgan.
Poyali bakteriyalardan Caulobacter avlodi vakillari shoxlangan va bir qutbdan chiqqan tayoqchasimon, dugsimon yoki vibrionsimon ko’rinishlarga ega bo’ladi. Ayrim hujayralar shaklida ham uchrashi mumkin. Gram manfiy. Xemoorganotroflar. Aerob. Chuchuk suv havzalarida, tuproqda va boshqa tabiiy substratlarda tarqalgan.
Boshqa avlodlaridan Gallionella ni ko’rsatish mumkin. Vakillari uzun poyalar uchida joylashgan tayoqchasimon yoki sharsimon mikroorganizmlardir. Poyalari bir-biriga chirmashib ketgan fibrillalardan tashkil topgan bog’chalardan iborat. Poyachalar temir gidrooksidi bilan qoplangan bo’ladi. Ko’payganda binar bo’linib ko’payadi va qiz hujayralar poyalar uchlarida joylashadi. Keyinchalik ular poyadan zoosporalarga o’xshab ajraladi va bitta yoki ikkita polyar joylashgan xivchinlari bilan harakatlanib yuradi. Grammanfiy. Xemolitotrof (ular ikki valentli temirni uch valentligacha oksidlaydi, SO2 ni o’zlashtiradi). Bu avlod vakillari Leptotrix avlodi bilan birgalikda temirni suv havzalarida cho’kishini amalga oshiradi.

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin