6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.) Reja



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə11/15
tarix30.11.2022
ölçüsü91,57 Kb.
#71572
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
6 MARUZA

Rhodospirillaceae oilasi oltingugurt bakteriyalardan tashqari qirmizi bakteriyalar kiradi. Fotoorganotrof organizmlar, ular oddiy organik moddalarni fotoassimilyatsiya qiladi. Bular serovodorod va elementar oltingugurtni o’zlashtiraolmaydi. Mikroaerofillar. Bu oilaga Rhodospirillum, Rhodopseudomonas, Rhodomicrobium avlodlari kiradi.
Chromatieaceae oilasiga qirmizi oltingugurt bakteriyalar kiradi. Bular fotolitotroflar bo’lib SO2 ni fotolitotrof usulida assimilyatsiya qiladi. Bu jarayon oltingugurtni anogranik birikmalari (S, H2S) ishtrokida bo’ladi va ular sulfatgacha oksidlanadi. Haqiqiy anaeroblar. Bu oilaga Chromatium, Thiospirillum va boshqa avlodlar kiradi.
Chlorobiales tartibiga ikkita oila kiradi: Chlorobiaseae va Chloroflexaceae. Chlorobiaseae oilasi – yashil oltingugurt bakteriyalar – fotolitotroflar. SO2 ni sulfid va oltingugurt ishtirokida fotolitotrof assimilyatsiyalab sulfatlar hosil qiladi. Haqiqiy anaeroblar. Bu oilaga Chlorobium avlodi kiradi.
3 - sinf. Oxyphotobacteria
Oxyphotobacteria sinfiga fotosintez ya’ni molekulyar kislorod ajralishi bilan o’tadigan organizmlar kiradi va ikki tartibga bo’linadi: Cyanobacteriales (tsianobakteryalar) va Prochlorales (proxlorofitlar).
Sianobakteriyalar (ko’k-yashil suvo’tlari) grammanfiy, ichki peptidoglikan qavatga ega, ko’p qavatli rigid hujayra devorli, hujayrasi kapsula bilan qoplangan, sirpanib harakatlanadigan organizmlar. Sianobakteriyalar bir hujayrali, koloniyali va ko’p hujayrali. Hujayralari sharsimon, tayoqchasimon yoki buralgan tayoqcha shakliga ega. Ko’p hujayralilari ipsimon tuzilishga ega, trixoma yoki filament deb ataladi. Ba’zi sianobakteriyalar o’z hayot sikllarini o’tash davrida maxsus hujayra yoki ipchalar hosil qiladi va organizmni ko’payishiga xizmat qiladi (baotsitlar va gormogoniylar), ekstermal sharoitda saqlanishi uchun sporalar yoki akinetlar, azotofiksatsiya qilish uchun geterotsistalar hosil qiladi.
Sianobakteriyalar har xil usullarda ko’payadi: binar bo’linib, kurtaklanib va ko’plab bo’linib. Ipsimon shakllari trixomani bo’lakchalari yordamida yoki gormogoniyalari bilan (qisqa, harakatchan hujayralar).
Sianobakteriyalarning 1000 dan ortiq turlari mavjud bo’lib, ular tuproqda, suv havzalarida keng tarqalgan.

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin