1.2 guruh - endospora hosil qiluvchi tayoqcha va kokklar. Bu guruh organizmlari Bacullaceae oilasiga kirib, beshta Bacullus, Sporolactobacillus, Clostridium, Desulfotomaculum va Sporosarcina avlodlarini o’z ichiga oladi.
Hujayralari tayoqchasimon (Sporosarcina avlodidan tashqari). Vakillari harakatchan, peritrixal xivchinlar bilan ta’minlangan. Sporalari hujayraning har xil qismlarida hosil bo’lib, hujayra shakli o’zgarmasligi yoki baraban tayoqchasi yoki dug shaklida bo’lishi mumkin. Tuproqda, suvda, odam va hayvonlar hazm sistemasida uchraydi.
1.3 guruhgaspora hosil qilmaydigan tayoqchasimon shaklli Lactobacillaceae oilasi vakillari kirib, tuproq, o’simlik, hayvonlarning oshqozon-ichak yo’llarida va sut mahsulotlarida uchraydi.
2 - sinf - Tallobacteria Bu sinfga aktinomitsetlar va ularga yaqin organizmlar kiradi va 3 guruhga bo’linadi.
2.1 - guruhga korineform bakteriyalari kirib, spora hosil qilmaydigan, bir tomoni yo’g’onlashgan tayoqcha shakliga ega bakteriyalar kiradi. Ularga polimorfizm xususiyati xos bo’lib, ba’zan katta tayoqcha shakliga ega bo’lishi va o’sishjarayonida kalta tayoqcha va sharsimon shaklli bakteriyalar hosil bo’lishi mumkin. Vakillari odam, hayvon va o’simliklarda kasallik qo’zg’atadi. Artrobakter ham shu guruhga kirib, sharsimon shaklli formalar hosil qiladi, ba’zan esa gigant, limon shaklli ko’rinishga ega bo’ladi.
2.2 - guruhga Propionibacteriaceae oilasi kirib, Propionbacterium va Eubacterium avlodlaridan tashkil topgandir.
Propionbacterium avlodi hujayralari to’g’ri, shoxlangan tayoqcha, to’g’nag’ich yoki ipsimon shakllarga ega. Ba’zan sharsimon shaklli bo’lishi ham mumkin. Sut mahsulotlarida, odam terisida, oshqozon-ichak yo’llarida uchraydi. Ba’zi vakillari pishloq tayyorlashda ishlatiladi. Ba’zilari odam va hayvonlarda kasallik ko’zg’atadi.
Eubacterium avlodiga tayoqchasimon shaklli sporasiz bakteriyalar kirib, odam va hayvon organizmida, hayvon va o’simliklardan tayyorlangan mahsulotlarda keng tarqalgan. Ba’zi turlari kasallik qo’zg’atuvchilardir.