6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.) Reja



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə12/15
tarix30.11.2022
ölçüsü91,57 Kb.
#71572
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
6 MARUZA

Proxlorofitlar bir hujayrali, simbioz holda yashovchi sharsimon, grammanfiy prokariot organizmlardir. Ular sharsimon, harakatsiz. Sitoplazmasi tilakoidlar bilan to’la bo’ladi. U sianobakteriyalarning tarkibidagi pigmenti va fotosintetik apparatini ichki tuzilishi bilan farq qiladi.
Proxlorofitlar ekzosimbiont mikroorganizmlar bo’lib dengiz hayvonlari (astsidiylar) tanalarida yashaydi. Bitta avlodi ((Prochloron) bor.
II bo’lim - Firmicutes
Firmicutes bo’limi (firmis - so’zi lotincha pishiq degan ma’noni anglatadi, cutes - po’st, teri). Bu bo’limga hujayra devori gram musbat tipida, sharsimon, tayoqcha yoki ipsimon shaklli, ba’zilari shoxlangan, harakakatchan, harakatsiz, binar bo’linib ko’payadi, ba’zan sporalar yordamida ko’payadi, fotosintezga ega bo’lmagan xemotrof organizmlar. Aerob, anaerob va fakultativ anaeroblar, spora hosil qiluvchi yoki sporasiz bakteriyalar, aktinomitsetlar hamda ularga yaqin prokariotlar kiradi.
1 sinf - Firmicutes
Bu sinfga 3 guruh prokariotlar kiradi.
1.1 guruh – grammusbat kokklar kiradi va uchta - Micrococcaceae, Streptococcaceae va Peptococcaceae oilalarini o’z ichiga oladi.
Micrococcaceae oilasiga sharsimon shaklli bakteriyalar kirib, har xil tekislikda bo’linib, har xil shaklli to’plamlar, paketlar hosil qiladi. Tuproqda, suvda uchraydi. Issiq qonli xayvonlar terisi va shilliq qavatlarida uchrab, kasalliklar vujudga keltiradi.
Streptococcaceae oilasining vakillari sut - qatiq mahulotlari olishda, silos tayyorlash va boshqalarda katta ahamiyatga ega bo’lib, sharsimon yoki oval ko’rinishga ega, hujayralari juft - juft bo’lib, ikkitadan yoki to’rttadan birlashib har xil uzunlikda zanjir hosil qiladi. Tuproqda, o’simlik barglarida, sut va undan tayyorlangan mahsulotlarda uchraydi.
Peptococcaceae oilasi vakillari tuproqda, o’simliklar ustida, odam va hayvonlarning oshqozon - ichak yo’llarida uchrab, sharsimon shaklli, ular alohida ikkitadan zanjir, to’rttadan kubsimon paketlar hosil qiluvchi prokariotlardir.

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin