Neisseriaceae oilasi to’rt avlodni o’z ichiga oladi va ular kasallik tug’diruvchilardir.
1.4 guruh - fakultativ-anaerob grammanfiy tayoqchalar. Bu gurux bakteriyalari Enterobacteriaceae va Vibrionaceae oilalaridan tashkil topgan bo’lib, ko’pgina vakillari odam va hayvonlarda yuqumli kasalliklar qo’zg’atadi. Enterobacteriaceae oilasi odam va hayvon ichaklarida uchrab, kasallik qo’zg’atadigan mikroorganizmlarni o’z ichiga oladi. Bular Esherihia, Salmonella, Shigella, Ervinia, Vibrio, Protobacterium va boshqa avlodlarni o’z ichiga olib, ba’zi vakillari odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atsa, ba’zilari tuproqda, suvda yoki epifit (Ervinia herbicola) mikroflora shaklida uchraydi.
Vibrionaceae oilasi bir necha avlodlarni – Vibrio, Aeromonas, Plesimonas va Photodacterium avlodlarini o’z ichiga oladi. Odatda ular chuchuk va dengiz suvlarida, ba’zan baliq va odam organizmida uchraydi. Ular orasida kasallik qo’zg’atuvchilari bor.
1.5 guruh - anaerob grammanfiy to’g’ri, bukilgan va spiral tayoqchalar. Bu gurux Bacteroidaceae oilasidangina iborat bo’lib, uch avlodni o’z ichiga oladi - Bacteroides, Fusobacterium, Leptotrichia. Bu oilaning bakteriyalari odam va hayvonlarning oshqozon-ichak yo’llarida yashab, ba’zan oshqozon-ichak traktida kasallik qo’zg’atishi mumkin.
Sut emizuvchilarning oshqozon-ichak yo’llarida Selenomonas avlodiga kiruvchi bakteriyalar bor. Shakllari buyraksimon yoki yarimoysimon, harakatchan. Xemoorganotroflar. Uglevodlarni sirka, propion kislota va sutkislota va SO2 gacha bijg’itadi. Hayvonlar ovqatlanishida muhim rol o’ynaydi.
Bundan tashqari bu guruxga yettita avlod kiradi. Ular orasida eng ahamiyatga moliklaridan Desulfovibrioavlodi vakillaridir. Grammanfiy. Xemoorganotrof. Sulfatlarni va boshqa oltingugurt tutuvchi birikmalarni H2S gacha qaytaradi. Atmosfera azotini o’zlashtiradi. Xaqiqiy anaerob. Tuproqda uchraydi.
1.6 guruh - grammanfiy xemolitotrof bakteriyalar. Ular ikki oila (Nitrobacteriaceae, Siderocapsaceae) va 15 ta avloddan iborat.