Mikroorganizmlar genetikasi mikroorganizmdagi o’zgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish Reja: 1. Mikroorganizmlar genotipi va fenotipi 2. Genetik rekombinatsiyalar Irsiyat haqida tushuncha Oxirgi bir necha o’n yilliklar ichida mikroorganizmlar genetikasini o’rganishda nihoyatda ko’p va buyuk yangiliklar kashf qilindi. Mikroorganizmlar genetikasi ustida olib borilgan ishlar shuni ko’rsatdiki, mikroblarni hamma xossalarini ham o’zgartirish mumkin ekan. Irsiy belgilar asosan DNK da joylashgan bo’ladi. Bitta oqsil yoki peptidni hosil bo‘lishini kuzatib turuvchi DNK molekulasiga GENOM deyiladi. Genda hujayraga tegishli bo‘lgan butun belgilar (mujassamlashgan) bo‘ladi. Mikroorganizmlarda genlarni DNK ning makromolekulasida yoki xromosomalarida joylashganligi isbotlangan.
Genetik rekombinatsiyalar Yuqori turuvchi organizmlar singari, mikroorganizmlar uchun ham genetik rekombinatsiya xosdir. Ma’lumki eukariotlar uchun jinsiy ko‘payish xosdir. Prokariotlarda bu xol kuzatilmaydi. Mikroblarda rekombinatsiya retsepient kletkaga, donor kletka xromasomasining bir qismini kirishi natijasida to‘liq bo‘lmagan Zigota-merozigota hosil bo‘ladi. Transformatsiya Transformatsiya xodisasi 2 ta bakteriya qatnashadi, birinchisida DNK donor, ikkinchisida DNK retsepient bo’ladi. Lekin hamma hujayralar ham DNK ni qabul qilavermaydi. DNK qabul qilish xususiyatiga ega bo’lgan hujayrani kompetnent hujayralar deyiladi.
Transformatsiya holatini chaqirish uchun ba’zan bakteriya hujayralari ayrim moddalar ta’sirida ishlanib, hujayra devorini o‘tkazuvchanligi oshiriladi. Transformatsiya protsessi bir necha fazada o‘tadi.
1. DNK donorni retsepietga adsorbsiyasi.
2. Donor DNK sini retsepientga hujayrasi ichiga kirishi.
3. Donor DNK sini retsepient xromasomasining o‘ziga o‘xshash qismi bilan birlashib rekombinatsiya hosil qilishi.
Konyugatsiya Genetik materialni donor hujayrasidan retsipient hujayrasiga birikishi chatishish yo’li bilan o’tishidir. Bu holda bakteriyalar birga o’stiriladi. Donordagi genetik material F faktorga ega bo’adi, (fertihy - pushtililik) buni G+kletkasi F faktorga ega bo’lmagan bakteriyalar hujayrasi genotipi donor bo’la olmaydi, ularning G-hujayra deb belgilaymiz.
Plazmidalar
Plazmidalar
Plazmidlar xromasomadan tashqaridagi genetik (irsiy) elementlardir: ya’ni DNK molekulasidagi xromasomaga bog‘liq emas: replikatsiya xususiyatiga ega replikatsiyada qatnashadi. Plazmidalar bakteriya hujayrasi tarkibidagi doimiy elementlar tarkibiga kirmaydi. Ammo ular muhim protsesslarda qatnashishi mumkin – genetik ma’lumotlarni konyugatsiya orqali o’tishida antibiotiklarga sezgirligi va hokazo.
Gen injeneriyasi Patogen bakteriya va viruslarni genetikasini o’rganish immunoprofilaktika ishiga katta ahamiyatga ega. Ayniqsa gen (irsiy) yoki genlik injeneriya – yangi irsiy elementlar ishlab chiqishi bular orqali maxsus ma’lumotni kletkalarga o’tkazish, avlodga berish va h.k. Gen injeneriya usuli bilan hozirgi vaqtda rekombinat molekalalar olingan bo’lib, bular kerakli moddalarni, sintez qiluvchi genlarni tashiydi. Adabiyotlar: Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.