1-mavzu: “Xalqlarning buyuk ko'chishlari va uning natijalari.” 1.Milodiy 4-6 asrlarda Yevropani qamrab olgan “Xalqlarning buyuk ko’chishlari” jarayonini qaysi qabila boshlab bergan ?
A) Gotlar B) varvarlar S) Xunlar D) franklar
2.Yevropa xalqlarining boshqa xududlarga ko’chishiga qaysi omillar sabab
bo’lgan ?
A)german qabilalarida axoli sonining ortishi natijasida yerga bo’lgan talabning oshishi xamda mulkiy tabaqalanishning kuchayishi.
B)4-asrda sharqdan xun qabilalarining xujumlari.
S) 2 asrda iqlimning sovishi va 5-asrda ekinzorlarning qo’riqqa va suv xavzalarining botqoqliklarga aylanishi.
D) barcha javoblar to’g’ri.
3. Rim imperiyasining shimoliy chegaralari bo’ylab joylashgan varvar qabilalari.2-4 asrlarda xam qanday tuzumda yashar edilar?
A)urug’ jamoasi shaklida B)quldorlik shaklida
S) ibtidoiy to’da shaklida S)demokratik shaklda
4.Qadimgi german qabilalarining nomlari qaysi javobda to’g’ri berilgan ?
A) franklar ,vestgotlar B) ostgotlar ,vandallar
S)burgundlar, langobardlar S) barcha javoblar tog’ri
5.qadimgi germaqn qabilalari qaysi daryo xavzalarida joylashgan edilar?
A) reyn B) elba S) po D) A va B
6.German qabilalari qanday uylarda yashagan ?
A)Toshdan qurilgan uylarda aloxida oliga bo’linib.
B) urug’ jamoalar aloxida oilaga bo’linib xar bir oila yog’ochdan yasalgan uylarda yashagan.
S) urug’ jamoalar aloxida oilaga bo’linib xar bir oila loydan qurilgan uylarda yashagan. D) to’g’ri javob yo’q.
7.German qabilalarining uylarini tomini nima bilan yopishar
edi ? A) yog’och bilan B) poxol bilan S) qamish bilan D) loy bilan
8.German qabilalari yashaydigan qishloqlar nima sababdan tuproqdan uyib yasalgan to’siq va xandaqlar bilan o’rab olinar edi ?
A) qishloq tevaragini ximoyalanishi uchun
B) atrofni nazorat qilish uchun S) qoshimcha tuproq zarurligi uchun
D) to’g’ri javob yo’q
9.Dastlab germanlarning asosiy mashg’ulotlari nima edi ?
A) baliqchilik B) dexqonchilik S)Xunarmandchilik D) chorvachilik
10.Germanlar chorvadan tashqari yana nima bilan shug’ullangan?
A)paranda boqqan B) ov qilgan S) baliqchilik bilan shug’ullangan
S) barcha javob to’g’ri
11.Milodiy asr boshlarida german qabilalarida axoli soninig ortishi natijasida qaysi soxaning axamiyati oshgan ?
A) baliqchilik B) dexqonchilik S)Xunarmandchilik S) chorvachilik
12.Germanlarda xususiy mulkka aylanmagan narsa nima edi ?
A) yer B) mexnat qurollari S) uy D) jang qurollari
13.Germanlarda yer qanday taqsimlangan ?
A) musobaqada kuch sinashish orqali
B)qabila oqsoqollarining qur’a tashlashi bilan
S)qabilalarining bir-biri bilan jang qilishi orqali D) A va S
14.Germanlarda erkaklarning asosiy mashg’ulotlari
nima bo’lgan ?
A) urush B) baliqchilik S) dexqonchilik D) ovchilik
15.German qabilalartida yerga ishlov berish kimlarning yumushi sanlgan ?
A) ayollarning B) qariyalarning S) erkaklarning D) A va B
16.German qabilalarining erkaklari jangdan bosh vaqtlarda nima bilan mashg’ul bo’lishgan ?
A) ov bilan B) dexqonchilik bilan S) chorvachilik bilan D) B va S
17.Dastlab German qabilalarida xosilni keskin kamayib ketishiga sabab bo’lgan omil nima edi ?
A)yerga oddiy yog’och so’qa bilan ishlov berilishi
B) yerning o’g’itlanmasligi S) yerning sug’orilmasligi D) A va B
18.Germanlarda keyinchalik mexnat unumdorligi va xosilning ortishiga qaysi omil sabab bo’lgan ?
A) yer xaydashda omochdan temir plugga o’tilishi B) yerning sug’orilishi
S)yerning o’g’itlanishi D) B va S
19.Germanlar xayotida ikki dalali almashlab ekish qaysi davrga kelib qo’llanila boshlandi ?
A)milodiy 4 asrdan B) milodiy 5 asrdan S) milodiy 3 asrdan
D) milodiy 2 asrdan
20.Germanlar dexqonchilikda qanday ekinlar yetishtirganlar ?
A)dukkali ekinlar B)poliz maxsulotlari S)sabzavotlar,karam
D) barcha javoblar to’g’ri.
21.Qadimgi Germanlar xaqidagi boy ma’lumotlar kimlarning asarlarida uchraydi ?
A) Yuliy Sezar “Galiya urushi xaqida xotiralar”
B)Tatsit “ Germaniya” S) Gerodot “Tarix” D) A va B
22.Germanlarning temir va boshqa madanlarni qazib olishi va ularni eritishni bilishlari xaqidagi ma’lumotlar kimning asarida uchraydi ?
A) Yuliy Sezar “Galiya urushi xaqida xotiralar”
B)Tatsit “ Germaniya” S) Gerodot “Tarix” D) A va B
23.Germanlarda 2-4 asrlarda xunarmandchilikning qanday turlari taraqqiy
etgan edi ?
A) to’qimachilik,yog’ochsozlik B) zargarlik, teri-ko’nchilik
S) kulolchilik,to’qimachilik D) A va B
24.Germanlarda 2-4-asrlarda yo’gochsozlikning xususan qaysi turi keng taraqqiy etgan edi ? A) qayiq yasash B) uy anjomlari yasash S) kamon yasash D) B va S
25.German qabilalari Rimliklarga qanday maxsulotlar yetkazib berganlar ?
A) qullar va chorva mollari B) teri maxsulotlari S) qaxrabo D) A,B va S
26.German qabilalari Rimliklarga yetkazib bergan maxsulotlari evaziga ulardan nimalar olishgan ?
A)nafis gazlamalar va sopol idishlar B) zeb-ziynat buyumlari va vino.
S) qurol yarog’lar D) A va B
27.Germanlar va Rimliklarning savdo aloqalari qanday shaklda bo’lgan ?
A) mol ayriboshlash B) imperiya bilan chegara xududlarda pul ishlatilgan
S) A va B D) to’gri javob yo’q
28.Qaysi davrlarga kelib Germanlarda urug’chilik jamoasidan qo’shnichilik jamoasiga o’tish sharoiti yetilgan ?
A)3-4asrlarda B) 4-5 asrlarda S) 5-6 asrlarda D) 6-7 asrlarda
29.Germanlar jamoalarida ijtimoiy va mulkiy tengsizlik qaysi davrdan boshlangan ?
A) milodiy 4- asrdan B) milodiy 3- asrdan
S) milodiy 2- asrdan D) milodiy 1- asrdan
30.German jamoalaridagi oila boshliqlari dexqonchilik va chorvachilik yumushlaridan tashqari yana qanday vazifalar uchun mas’ul edilar ?
A) jangchi B) xalq yig’ini a’zosi
S) qabila urf-odat va ana’nalarini yosh avlodga yetkazish ishlarida
D) barcha javoblar to’g’ri
31.Qaysi davrga kelib Germanlarda mulkiy tengsizlik kuchaygan va jamoalar boylar va kambag’allarga ajragan ?
A) 4- asrda B) 3- asrda S) 2- asrda D) 1- asrda
32.Boylar va kambag’allarga ajragan German jamoalarida qanday toifa vakillari shakllangan ? A)zodagonlar B) erkin kishilar S) yarim ozod kishilar
D) barcha javob to’g’ri
33.Konung nima ?
A) germanlarda zodagonlar yo’lboshchisi B) qabila sardori S) jangchi
D) qullar
34.Germanlarda dastlab kuchli bo’lmagan konung xokimyatni qay tariqa boshqargan ?
A) shaxsiy namuna asosida B)ishonch va xurmat asosida
S) axolini siyosiy qo’rqitish asosida D) A va B
35.Konunglar qanday kishilardan saylangan ?
A) eng boy va obro’li kishilardan B)dexqonlar vakillaridan S) qullardan
D) jangchilardan
36.Germanlarda konung saylangach uni qay tariqa olqishlashgan ?
A) olovda aylantirilgan B) qalqon ustida ko’tarishgan
S) ziyofat uyushtirilgan D) to’g’ri javob yo’q
37.Germanlarda qo’shin jangchilari qanday toifa vakillaridan tashkil topgan ?
A) zodagonlardan B) kambag’allardan
S) qullardan D) turli toifa vakillaridan
38.Germanlarda nima sababdan jangda qo’lga kiritilgan o’ljaning katta qismi qo’shin yo’lboshchisiga tegishli bo’lgan ?
A)Chunki askarlar undan qo’rqishgan B) Chunki yo’lboshchi o’z askarlalarini ot, qurol-aslaxa,turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlagan
S) Chunki yo’lboshchi jangda ko’proq o’ljani topar edi
D) tog’ri javob yo’q
39.Qaysi davrdan boshlab German qabilalari keng xududlarni nazorat qiluvchi qabila itifoqlariga birlasha boshlagan ?
A) 4-5 asrdan B) 5-6 asrdan S) 6-7 asrdan D) 7-8 asrdan
40.Germanlarning qaysi qabilalari itifoqlari bir necha yuz ming kishidan iborat bo’lgan ?
A)Alemann B) Got S) Frank D) barcha javoblar to’gri.
41.Qaysi davrdan boshlab Germanlarning ayrim qabila boshliqlari Rim noiblariga yollanma xarbiy xizmatga o’ta boshlagan ?
A)milodiy 4 asrdan B) milodiy 5 asrdan S) milodiy 3 asrdan
D) milodiy 2 asrdan
43.German qabilalarining ijtimoiy taraqqiyotini yanada tezlashtirgan omil qaysi javobda to’g’ri berilgan ?
A) Rimning qulashi B) Xristianlik dinining tarqala boshlashi
S) bosqinchilik urushlari D) tog’ri javob A va S
44.Rim imperiyasi xududidagi Varvar qabilalarining dastlabki davlati qandsay nomlangan ?
A)Vestgot qirolligi B) Ostgot qirolligi
S) Franklar davlati D) Germanlar davlati
45.Varvarlarning Rim xududidagi dastlabki davlati qachon va qayerda
tashkil topgan ?
A) 4-asrda Italiya va Pireneya yarim orolida
B) 5-asrda boshlarida Pirneya yarim oroli va Galiyaning bir qismida
S) 6-asrda boshlarida Pirneya yarim oroli va Galiyaning bir qismida
D) 7-asrda Italiya va Pireneya yarim orolida
46.Germanlarning qaysi qabilasi keyinchalik Shimoliy Afrikada o’z davlatlarini tuzganlar ?
A) Ostgotlar B) vandallar S) Ang-sakslar D) Franklar
47.Germanlarning qaysi qabilasi keyinchalik Italiyada o’z davlatlarini tuzganlar ?
A) Ostgotlar B) vandallar S) Ang-sakslar D) Franklar
48.Germanlarning qaysi qabilasi keyinchalik Britaniyada o’z davlatlarini tuzganlar ?
A) Ostgotlar B) vandallar S) Ang-sakslar D) Franklar
49.Germanlarning qaysi qabilasi keyinchalik Galiyada o’z davlatlarini tuzganlar ?
A) Ostgotlar B) vandallar S) Ang-sakslar D) Franklar
50. Germanlar istilosi natijasida ……?
A)476-yil G’arbiy Rim imperiyasi quladi
B) Yevropada yangi feodal jamiyatga o’tish davri boshlandi
S) G’arbiy Rim imperiyasi qudrati yanada oshdi. D) to’gri javob A va B