2-ma’ruza: Metodika fani o‘qituvchisining o‘quv-meyoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash texnologiyasi.
REJA:
1. Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlar.
2.Davlat ta’lim standartining tuzilishi va mazmuni.
3.O‘quv rejasi, fan va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar.
1.Ma’lumki, davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda didaktikaning tarixiy va mantiqiy birlikning metodologik prinsipiga muvofiq ta’ lim tizimi oldiga muayyan davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo‘yadi.
Ta’lim jarayonini rejalashtirish professor-o‘qituvchilar faoliyatining asosiy jihatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar vakuum ostida emas, balki ta’lim muassasining sharoitidan kelib chiqqan holda bajariladi. Professor-o‘qituvchilardan albatta ular faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasasi madaniyatini, tashkilotning maqsadini va dunyoqarashini, intilishini, qadriyatlarini va xarakterini tushunishi kutiladi. Muassasaning madaniyati va qadriyatlari albatta o‘quv dasturiga ta’sir ko‘rsatadi.
Xorijdagi oliy ta’lim muassasalarining ko‘pchiligi o‘zlarining vazifalarini bajarishda talabalarga muassasa maqsadlari va bitiruvchi o‘ziga xos xislatlari to‘g‘risida fikrini berib boradi. Mazmunan bu umumiy tushunchalarda mazkur universitetda tahsil berilayotgan kurslar va dasturlar bo‘yicha talabaga kutilayotgan natijalarni beradi. Ushbu muassasa talablari albatta maxsus fanlar va fanlararo o‘quv dasturlarida aks ettirilgan va belgilangan bo‘lishi lozim.
Masalan, Oklend universitetida yaxshi hujjatlashtirilgan bitiruvchi profili mavjud bo‘lib, unda qo‘yidagilar ko‘rsatiladi:
Oklend universitetida bakalavr yo‘nalishida tahsil olib bitirgan talaba yuqori darajadagi bilimlarni egallab, ham mutaxassis bilimlariga, ham umumiy intellektual ko‘nikmalarga va hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, va bu uning ishga joylashuvida, fuqarolik burchlarini bajarishda, shuningdek davomiy ta’lim olish va malakasini oshirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bitiruvchi profili talabaning tahsil olishida ham muassasa va ham dastur darajasidagi olinishi kutilayotgan natijalarni yaqqol ifodalab beradi. Shu sababli profil maxsus fanlarga asoslangan natijalar tavsiflari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish uchun yo‘riqnoma bo‘lib hisoblanadi. Professor-o‘qituvchilarning fakultetlar, maktablar va kafedralardagi roli ushbu maqsadlarga erishish uchun o‘quv dasturlarini, o‘qitish metodikasini va strategiyasini, pedagogik va ta’lim imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat (Maki, 2004). Ko‘plab universitetlar Bitiruvchi profiliga yoki Bitiruvchi xislatlari tavsifiga ega yoki ularni ishlab chiqmoqda.
0‘quv dasturini ishlab chiqishda o‘rganish natijalari yondashuvi hali yangiligicha qolmoqda, va ko‘plab professor-o‘qituvchilar boshida ushbu yondashuvni ham xodimlar, ham talabalar uchun tushunarli va mazmunli tavsiflab berishda qiynalishadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’lim ijtimoiy sohadagi ustuvor yo‘nalish deb belgilandi, oliy ta’limni joriy etishning metodologik va nazariy asosi bo‘lgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va oliy ta’lim tizimi oldiga har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlagan va keyinchalik puxta o‘zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratish, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash kabi davlat buyurtmalari qo‘yilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda mazkur davlat va ijtimoiy buyurtmalardan oliy ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishga qo‘yiladigan maqsad va vazifalar shakllantiriladi.
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o‘qitishda o‘qituvchi mazkur buyurtmalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar:
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayonida talaba-yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlardan tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion va axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o‘qitishda tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda o‘qitish jarayonini jadallashtirish;
• xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida maxsus ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlaridan ta’lim jarayonining o‘quv-metodik majmualar va didaktik ta’minotning yangi avlodi silabusni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
• milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida maxsus ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida talaba-yoshlarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
• Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayonida talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy g‘oya va mafkurani singdirish, ta’lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko‘tarish;
• Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim va tarbiyani uzviylashtirish orqali talabalarning barkamolligini ta’minlash, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyenik ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish;
Bo‘lajak pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirishni bajarish lozim.
Mazkur buyurtmalar asosida oliy ta’lim muassas alarida maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitishga zamonaviy yondoshuvlar mavjud:
1. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayoniga tizimli yondoshuv;
2. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayoniga modulli yondoshuv;
3. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayoniga innovatsion yondoshuv;
4. Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini o‘qitish jarayoniga talaba shaxsiga yo‘naltirilgan yondoshuv.
Mazkur yondoshuvlarga xos xususiyatlarni aniqlash maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini o‘qitish metodikasining dolzarb muammolari sanalib, har biri mashg‘ulotlar davomida alohida ko‘rib chiqiladi.
Yuqorida qayd etilgan yondoshuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun avvalo oliy ta’lim tizimida barcha o‘quv fanlari, xususan maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlaridan tashkil etiladigan o‘qitish jarayonini ilmiy-nazariy asoslari bo‘lgan o‘qitish prinsiplari va qonuniyatlarini aniqlash lozim.
Ta’lim mazmunini belgilovchi meyoriy hujjatlar. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi ko‘rsatiladi:
1) umumiy nazariy bosqich;
2) o‘quv bosqichi;
3) o‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichi,ya’ni, ta’lim mazmunining o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklar kabi meyoriy hujjatlarda o‘z ifodasini topishi.
Ta’lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda o’z aksini topadi.
1. O’quv rejasi.
2. O’quv dasturi.
3. Darslik.
0‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limi mazmuni davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari mazmunida namoyon bo‘ladi.
O’quv rejasi – davlat hujjatidir. Unga barcha ta’lim muassasalari so’zsiz amal qiladi. Bu hujjatda o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatiladi. Bu hujjat har bir muassasaning yagona o’quv rejasi hisoblanib, u tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Aloqida aniq bir fanning o’quv rejasi – shu fanni o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatlaridir.
O’quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslaniladi.
- o’quv tarbiya ishining maqsadi,
- ta`lim oluvchilarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini ko’nikmaga aylantirib, uni hayotga qo’llay olishga o’rgatish.
0‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi o‘quv rejasi.
Umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o‘quv rejasi_davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bo‘lib, u namunaviy va amaliy o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
0‘quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
- o‘quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
- ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi;
- o‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsimlash;
- har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
- har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
0‘quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o‘quv muassasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, talabalarning erkin tanlovi bo‘yicha fakultativ va majburiy mashg‘ulotlar aks ettiriladi.
0‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi meyoriy hujjat.
Dasturda o‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir guruh, kurs bo‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko‘rsatilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni talabalar tomonidan to‘la o‘zlashtirilishi o‘qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
0‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik_bo‘lishi mumkin.
Namunaviy o‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. 0‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, talabalarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
- o‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
- kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
- dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati;
- fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
- o‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati;
- tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Namunaviy o‘quv dasturlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomnidan ishchi o‘quv dasturlari_ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o‘quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, talabalarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
Mualliflik o‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda o‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo‘lishi, u yoki bu nazariyalarni o‘rganishga mualliflik yondashuvi, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bo‘lishi kerak va ular mavjud bo‘lganida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari oiy ta’limning Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o‘quv dasturlari talabalarning erkin tanlovi bo‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
0‘quv fani ta’lim muassasalarida talabalarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
0‘quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. 0‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtai nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
Ta’lim mazmuni va o‘quv dasturlari o‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o‘quv_qo‘llanmalari kiradi.
0‘quv adabiyotlari orasida darslik alohida o‘rin tutadi. Darslik muayyan o‘quv fani bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bo‘lib, u mazmuni va tuzilishiga ko‘ra fan bo‘yicha yaratilgan o‘quv dasturiga mos keladi. Namunaviy o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda Respublika Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan barcha maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etiladi. G‘oyaviy va metodik jihatdan mukammal bo‘lgan darslik ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, talabalar uchun qiziqarli, iloji boricha qisqa, tushunarli, ko‘rgazmalilik nuqati nazaridan estetik xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
Darslik bir vaqtning o‘zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Darslik barqarorligiga ko‘ra mustahkam asosga ega, mobilligiga ko‘ra ega asosiy tuzilmaga dahl etmagan holda yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qo‘yiladigan talablar turli- tuman va qarama-qarshi bo‘lib, mukammal darsliklarning yetishmovchiligi doimo his etiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu sababli o‘qituvchilar va talabalar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyatiga egalar.
Darslik talabalarning ta’lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirishlarini ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo‘lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) motivatsion vazifa-bu vazifa talabalarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;
2) axborot vazifasi talabalarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi;
3) nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi-ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, talabalarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.
4) muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;
5) rivojlantiruvchi -tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining talabalarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;
6) o‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi.
Ta’lim mazmuni o‘quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o‘quv qo‘llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, matematika, fizika, ximiya bo‘yicha masalalar to‘plamlari, georafiya, biologiya bo‘yicha atlaslar, til bo‘yicha mashqlar to‘plamlari va boshqalarda ochib beriladi. 0‘quv qo‘llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega bo‘ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).
2. Davlat ta’lim standartlarining tuzilishi va mazmuni
Davlat ta’lim standartlarining mazmuni. Davlat ta’lim standarti umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida- alohida ishlab chiqarildi.
Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim standarti bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligi saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. 0‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti talabalar kasb- hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar o‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o‘rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) 0‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:
1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) o‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, talabalar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablarni belgilaydi.
0‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «meyor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, talabalarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Talaba davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo‘lgan yoki qiziqarli bo‘lmagan fanni o‘rganishda talabaga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
Ushbu holatda, talaba o‘ziga mos keladigan ta’lim yo‘lini anglagan holda va mustaqil tanlab, o‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirishga imkoniyatga ega bo‘ladi. Shakli va mazmuni bo‘yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan talabalarga va ularning ota-onalariga yetkaziladi.
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini o‘zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qo‘llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. 0‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo‘qligi XX asrning 80-yillarida ko‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bo‘lishiga olib keldi.
Davlat ta’lim standartlarini yaratish bo‘yicha ishlar 0‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab o‘tiladi. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) 0‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan so‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan iboratdir:
1. Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o‘rganish obyektlari va asosiy mazmunli yo‘nalishlari ko‘zda tutiladigan o‘quv fanining umumiy ta’rifi.
2. 0‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.
3. Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni talabalarning o‘quv tayyorgarliklari zarur bo‘lgan minimal darajasiga talablar.
4. Bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining “o‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab talabalar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.
DTSni, uning talablarini bajarish 0‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:
- DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;
- o‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;
- umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
- umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi;
- ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;
- umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish;
- pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
- ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o‘quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo‘luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o‘quv rejasi o‘quv predmetlari bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini talabaga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining manimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Mazkur hujjat muayyan sinfda ma’lum o‘quv predmeti bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi.
Har bir dars yakunida talabalar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim (o‘quv) predmetlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv rejasi va dasturlarida o‘z ifodasini topadi.
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar o‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bo‘lib xizmat qiladi DTSni, uning talablarini bajarish 0‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:
DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi
o‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;
umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi
umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi
ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi
umumiy o‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish
pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi
ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish
3.0‘quv rejasi va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar.
Oliy ta’limning o‘quv-meyoriy hujjatlariga o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklar kiradi.
0‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi o‘quv rejasi.
Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bo‘lib, u namunaviy va amaliy o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Namunaviy o‘quv reja tayanch o‘quv rejasi asosida tuziladi va 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqiladi.
0‘quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
- o‘quv yili, semestrlar va ta’tillarning davomiyligi;
- ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi;
- o‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsimlash;
- har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir kursda fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
- har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
Namunaviy o‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. 0‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, talabalarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
- o‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
- kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
- dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati;
- fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
- o‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati;
- tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Mualliflik o‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda o‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo‘lishi, u yoki bu nazariyalarni o‘rganishga mualliflik yondashuvi, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Mualliflik o‘quv dasturlari talabalarning erkin tanlovi bo‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
Ta’lim mazmuni va o‘quv dasturlari o‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari kiradi.
0‘quv rejasi - barcha ta’lim muassasalarida so‘zsiz amal qilinishi lozim bo‘lgan davlat hujjatidir Ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan o‘quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika xalq ta’limi yoki oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan). 0‘quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatig ayuboriladi hamda mazkur reja asosida o‘quv jadvali tuziladi. 0‘quv jadvalida hafta davomida o‘qitiladigan o‘quv predmetlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori ko‘rsatilib, o‘quv yurti direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
0‘quv dasturi ham xuddi o‘quv rejasi muhim davlat hujjati bo‘lib, unda muayyan o‘quv predmetifanning mazmuni ochib beriladi va o‘quv yili davomida talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi ko‘rsatiladi.
0‘quv dasturlari tegishli ta’lim (umumiy o‘rta, kasb-hunar yoki oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari to‘la ravishda bajarilishi majburiydir.
Dastur tushuntirish xati, bo‘lim va mavzular bo‘yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Tushuntirish xatida o‘quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan o‘rni, ular o‘rtasidagi aloqadorlik, materialni o‘rganish jarayonida hal etilishi lozim ayrim bo‘lim va mavzularni o‘rganish xususiyatlari ko‘rsatiladi. 0‘qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qo‘llashga doir tavsiyalar beriladi.
Soatlar hisobini asosli o‘rinlarda o‘zgartirilishiga yo‘l quyiladi.
Dastur materiali bo‘limlar va mavzular bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, har bir mavzuni o‘rganish uchun o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, ko‘nikma va malakalarning aniq ko‘rsatkichi beriladi, nihoyat, talabalarga qo‘yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.
Dasturdagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.
0‘quv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:
1. Dastur mazmunining ilmiy xususiyatga egaligi.
2. Dastur mazmunining ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyatga egaligi.
3. Nazariy g‘oyalarning amaliyot bilan birligi.
4. Dastur mazmunining ijobiy-tarixiy xususiyatga egaligi va aniq bir g‘oyaga asoslanganligi.
5. Dastur mazmunining muayyan tizimga ega bo‘lishi.
6. 0‘quv predmetlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘lanishning mavjudligi.
7. Dasturni tayyorlashda talabalarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini inobatga olish.
O’quv dasturi– har bir alohida fan uchun tuziladi. Dastur o’quv rejasiga asoslanadi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma-ketligi, ikkinchi mavzu birinchisini to’ldirishi, izchilligi bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi. O’quv dasturida mavzu maqsadi qisqacha izoqlanadi.
Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yo’nalishlari ajratiladi. Ular boblarga bo’linadi. Boblar katta katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo’linadi va ta`lim oluvchilarga tushuntiriladi. O’quv dasturining o’zini amal qilishi kerak bo’lgan qoidalari mavjud.
1. Dasturning aniq bir g’oyaga asoslanganligi. Dastur mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan qolda isloh qilingan, har bir fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar qirralaridagi erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirishi lozim. Dastur uzoqni ko’ra bilishi qoidalariga asoslanishi kerak.
2. Dastur ilmiylik prinsiplariga asoslanadi. Har bir ta’lim va tarbiya g’oyalari, ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi.
3. O’quv dasturi aniq mazmun va mantiq g’oyalarini o’zida aks ettirishi lozim. Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali o’rganiladi. Aks qolda tushuntirish qiyin bo’ladi.
4. Nazariyot bilan amaliyotning birligi prinsiplari. Talabalar nazariy olgan bilimlarini amalda qo’llay olish ko’nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi.
5. O’quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi. Vaqt o’tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma’lum bir ilmiy qonun-qoidalar paydo bo’lib, fan takomillashib boradi.
6. O`QUVdasturi davlat tomonidan tasdiklangan reja asosida bakalavr, magistr, litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida-alohida tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |