1 Mikrokontrollerlar va isis proteus dasturi haqida asosiy tushunchalar



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə1/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134117
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 Mikrokontrollerlar va isis proteus dasturi haqida asosiy tushu





MUNDARIJA



KIRISH……………………………………………………………...

2

1

Mikrokontrollerlar va ISIS Proteus dasturi haqida
asosiy tushunchalar.....................................................................

6


2

Harorat va harorat o'chash haqida……………………………..

12

3

DS18B20 temperatura datchiginng ishlash prinsipi...................

16

4

AVR mikrokontrollerlariga LCD displeyini ulash sxemasini loyihalash………………………………………………………

28


5

Issiqxona xaroratini aftomatik boshqaruvchi tizim dasturini ishlab chiqish…………………………………………………..

36


Xulosa……………………………………………………………......

43

Foydalanilgan adaiyotlar……………..……………………………

44



KIRISH.
Yengil konstruksiyali muqobil issiqlik manbai hisobiga ishlaydigan issiqxonalar qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, 2009-2011 yillar mobaynida mamlakatimizda 664 gektar maydonda isitiladigan, isitgichsiz, oddiy va takomillashgan konstruksiyali hamda to‘la avtomatlashtirilgan va kompyuter boshqaruvli issiqxonalar qurish rejalashtirilgan. O‘tgan yili 170 gektardan ziyod yerda ana shunday zamonaviy issiqxonalar barpo etildi.
Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ichki iste’mol bozorini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘ldirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Issiqxonalar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor qaratilayotir. 2010 yilda joylarda issiqxona qurish uchun ajratilgan yerlarning 95 gektarida kompyuter boshqaruvli issiqxona bunyod etiladi. Yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar tizimida tashkil etiladigan bunday issiqxonalar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan ikkilamchi issiqlik manbai hisobiga ishlaydi. Bu usul xarajatni kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda ishni osonlashtirish bilan birga, issiqxonada mikroiqlim yaratish, hosil sifati va miqdorini oshirish imkonini beradi.
Issiqxonadagi o’simliklarning yaxshi rivojlanishi uchun ma’lum harorat zarur. Buning uchun quyosh, texnik va biologic isitish vositalaridan foydalanish. Eng qulayi quyosh harorati. Quyosh radiatsiyasi quvvat manbai. U o’simlik va tuproqqa yetib kelib issiqlik quvvatiga aylanadi hamda issiqxonadan qaytib chiqmaydi. Biroq tunda, sovuq kunlari plyonka ostidagi harorati sovib ketishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun issiqxonada ehtiyot qismlari bo’lishi kerak. Ular oddiy pechlar bo’lishi mumkin. Texnik isitish usuli 15kv m atrofidagi kichik issiqxonalarga to’g’ri keladi. U murisi ko’ndalang o’rnatilgan pechdan iborat. Yong’in chiqmasligi uchun pech va mo’risi issiqxona devoridan kamida 25sm uzoqlikda bo’lishi zarur. Pech va mo’ri o’rnatilgach, ular oxak bilan oqlanadi. Shunda qayerda tirqishi yoki teshigi borligini aniqlash oson.
Issiqxona suv yordamida ham isitiladi. Bunda suv isitishqozoni daxlizga, batereyalar esa ichkariga o’rnatiladi. Asosiy quvurdanborgan qaynoq suv to’rta quvurga bo’linib aylanadi. Haroratini tartibga solib turish uchun barcha batereya va quvurlarga ochilib yopiladigan ventillar o’rnatilgan bo’lishi lozim. Suv bilan katta afzalliklarga ega. Bunda issiqxona harorati nisbatan barqaror turadi, tez-tez ta’mirlashni talab qilmaydi. Kam hollarda isitish uchun elektrokaloriferlaridan foydalaniladi. Elektr va suv bilan isitish tuproq hamda havoni nihoyatda quritib yuboradi. Shuning uchun ular bahorda deyarli qo’llanilmaydi. Biologic isitishda organic materiallari chiriyotganda mikroorganizmlar hayot faoliyati tufayli paydo bo’ladigan haroratga asoslaniladi va u butun vegitatsiya davri uchun yetarli. Bunda issiqlikdan tashqari, issiqxona va parnik havosi o’simlik uchun zarur uglekisliy gaz bilan boyiyidi. Shuningdek tuproqni namlovchi bug’lanish sug’orishni kamaytiradi.
Bioharorat beruvchi vosita qadimdan ot go’ngi hisoblangan. Ot go’ngi juda tez –bir hafta ichida 60-70oC gacha qiziydi. Keyin esa butun vegitatsiya davomida ildiz joylashgan qatlamda me’yoriy hayotini saqlab turadi. Biroq ko’pincha, ot go’ngi o’rniga bashqa go’ngdan foydalaniladi. Ular esa nisbatan “sovuq va og’ir”. Sekin qiziydi, harorati past bo’ladi va uzoq vaqt saqlanib turmaydi. Shuning uchun mol va qo’y go’gidan foydalanilganda, ularni g’vakligini oshiruvchi somon kabi narsalar qo’shish shart.
Bioisitgich sifatida daraxt barglari ham qo’llaniladi. Ular ham sof holatda kam harorat beradi, yaxshisi mol go’ngi (25% dankam emas) qoshish zarur. Barg kuzda yig’iladi va ustiga tuproq solinadi. Shuningdek, maydalanib namlangan somondan ham foydalanish mumkin. Somonga mochevinaning 0,6%li eritmasin qo’shish sinab ko’rilgan. Eritmani somon shimib olgan bo’lishi kerak.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin