1 Mikrokontrollerlar va isis proteus dasturi haqida asosiy tushunchalar



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə1/12
tarix19.02.2022
ölçüsü1,92 Mb.
#52829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
температура





MUNDARIJA


KIRISH……………………………………………………………...

2

1

Mikrokontrollerlar va ISIS Proteus dasturi haqida

asosiy tushunchalar.....................................................................


6


2

Harorat va harorat o'chash haqida……………………………..

12

3

DS18B20 temperatura datchiginng ishlash prinsipi...................

16

4

AVR mikrokontrollerlariga LCD displeyini ulash sxemasini loyihalash………………………………………………………

28


5

Issiqxona xaroratini aftomatik boshqaruvchi tizim dasturini ishlab chiqish…………………………………………………..

36


Xulosa……………………………………………………………......

43

Foydalanilgan adaiyotlar……………..……………………………

44


KIRISH.

Yengil konstruksiyali muqobil issiqlik manbai hisobiga ishlaydigan issiqxonalar qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, 2009-2011 yillar mobaynida mamlakatimizda 664 gektar maydonda isitiladigan, isitgichsiz, oddiy va takomillashgan konstruksiyali hamda to‘la avtomatlashtirilgan va kompyuter boshqaruvli issiqxonalar qurish rejalashtirilgan. O‘tgan yili 170 gektardan ziyod yerda ana shunday zamonaviy issiqxonalar barpo etildi.

Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ichki iste’mol bozorini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan to‘ldirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Issiqxonalar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor qaratilayotir. 2010 yilda joylarda issiqxona qurish uchun ajratilgan yerlarning 95 gektarida kompyuter boshqaruvli issiqxona bunyod etiladi. Yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar tizimida tashkil etiladigan bunday issiqxonalar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan ikkilamchi issiqlik manbai hisobiga ishlaydi. Bu usul xarajatni kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda ishni osonlashtirish bilan birga, issiqxonada mikroiqlim yaratish, hosil sifati va miqdorini oshirish imkonini beradi.

Issiqxonadagi o’simliklarning yaxshi rivojlanishi uchun ma’lum harorat zarur. Buning uchun quyosh, texnik va biologic isitish vositalaridan foydalanish. Eng qulayi quyosh harorati. Quyosh radiatsiyasi quvvat manbai. U o’simlik va tuproqqa yetib kelib issiqlik quvvatiga aylanadi hamda issiqxonadan qaytib chiqmaydi. Biroq tunda, sovuq kunlari plyonka ostidagi harorati sovib ketishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun issiqxonada ehtiyot qismlari bo’lishi kerak. Ular oddiy pechlar bo’lishi mumkin. Texnik isitish usuli 15kv m atrofidagi kichik issiqxonalarga to’g’ri keladi. U murisi ko’ndalang o’rnatilgan pechdan iborat. Yong’in chiqmasligi uchun pech va mo’risi issiqxona devoridan kamida 25sm uzoqlikda bo’lishi zarur. Pech va mo’ri o’rnatilgach, ular oxak bilan oqlanadi. Shunda qayerda tirqishi yoki teshigi borligini aniqlash oson.

Issiqxona suv yordamida ham isitiladi. Bunda suv isitishqozoni daxlizga, batereyalar esa ichkariga o’rnatiladi. Asosiy quvurdanborgan qaynoq suv to’rta quvurga bo’linib aylanadi. Haroratini tartibga solib turish uchun barcha batereya va quvurlarga ochilib yopiladigan ventillar o’rnatilgan bo’lishi lozim. Suv bilan katta afzalliklarga ega. Bunda issiqxona harorati nisbatan barqaror turadi, tez-tez ta’mirlashni talab qilmaydi. Kam hollarda isitish uchun elektrokaloriferlaridan foydalaniladi. Elektr va suv bilan isitish tuproq hamda havoni nihoyatda quritib yuboradi. Shuning uchun ular bahorda deyarli qo’llanilmaydi. Biologic isitishda organic materiallari chiriyotganda mikroorganizmlar hayot faoliyati tufayli paydo bo’ladigan haroratga asoslaniladi va u butun vegitatsiya davri uchun yetarli. Bunda issiqlikdan tashqari, issiqxona va parnik havosi o’simlik uchun zarur uglekisliy gaz bilan boyiyidi. Shuningdek tuproqni namlovchi bug’lanish sug’orishni kamaytiradi.

Bioharorat beruvchi vosita qadimdan ot go’ngi hisoblangan. Ot go’ngi juda tez –bir hafta ichida 60-70oC gacha qiziydi. Keyin esa butun vegitatsiya davomida ildiz joylashgan qatlamda me’yoriy hayotini saqlab turadi. Biroq ko’pincha, ot go’ngi o’rniga bashqa go’ngdan foydalaniladi. Ular esa nisbatan “sovuq va og’ir”. Sekin qiziydi, harorati past bo’ladi va uzoq vaqt saqlanib turmaydi. Shuning uchun mol va qo’y go’gidan foydalanilganda, ularni g’vakligini oshiruvchi somon kabi narsalar qo’shish shart.

Bioisitgich sifatida daraxt barglari ham qo’llaniladi. Ular ham sof holatda kam harorat beradi, yaxshisi mol go’ngi (25% dankam emas) qoshish zarur. Barg kuzda yig’iladi va ustiga tuproq solinadi. Shuningdek, maydalanib namlangan somondan ham foydalanish mumkin. Somonga mochevinaning 0,6%li eritmasin qo’shish sinab ko’rilgan. Eritmani somon shimib olgan bo’lishi kerak.

Issiqxona — noqulay iqlim sharoitida ekinlarga sunʼiy muhit (harorat, yorugʻlik, namlik va b.) yaratadigan inshoot. Asosan, mavsumdan tashqari davrlarda mahsulot yetishtirish, issiqxona va ochiq dala uchun koʻchatlar oʻstirishga xizmat qiladi. I. oynaband yoki polimer plyonka, stekloplast va h. k. bilan oʻralgan boʻladi. Yogʻoch yoki temir, poʻlat, alyuminiy kabi metall us-kunalardan tiklanadi. I. larning xil-maxil turlari mavjud. Ular foidalanish muddatlari va davomliligiga qarab — qishki hamda bahorgi; vazifasiga koʻra — koʻchat oʻstiriladigan va sabzavot yetishtiriladigan; sabzavotlarni oʻstirish texnologiyasiga qarab — tuproqli va gidropon; ichki jihozlarga qarab — soʻkchakli va tuproqli turlarga boʻlinadi. Konstruktiv yechimi jihatdan I. lar nur oʻtkazuvchi nishab tomonlari miqdorita qarab, bir, ikki va koʻp tomonlama nishabli turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda, asosan, pomidor, bodring , rezavor ekinlar, sabzavot oʻsimliklari koʻchati, shuningdek, limon va manzarali oʻsimliklar I. da yetishtiriladi. Yozi qisqa boʻlgan oʻrta va shim. mintaqalarda I. da turli sabzavot va boshqa q. x. ekinlari yil boʻyi oʻstiriladi, hosil olinadi va oʻsimliklarning yangi nav hamda duragaylari yetishtirish va boshqa i. t. ishlari olib boriladi. Qishki I. lar yil boʻyi foydalanishga moʻljallangan boʻlib, ularda sabzavotlar bahorgi issiqxona, parniklar, ilitilgan yorlarla oʻstirish uchun koʻchatlar yetishtiriladi. U metall yoki temir-betondan ishlanadi. Bahorgi I. lar yengil kon-struksiyalardan sabzavotlar yerda oʻstiriladigan qilib quriladi. Biologik issiqlik yoki quyosh nuri bilan isitiladi. Quyosh nuridan mukammal foidalanish uchun bir nishabli I. tomi (qiyaligi 33—45°) jan. ga, ikki va koʻp ni-shablarniki esa (29—33°) sharq va gʻarbga qaratib quriladi. I. shakli jihatidan ham fonarsimon, angar, blokli, soʻkchakli kabi bir necha turlarga boʻlinadi. I. larda oʻsimlik tuproqda (geoponika), tuproqsiz (yoki gidropika) muqitda oʻstirilishi mumkin. Tuproqli I. larda sabzavotlar bevosita srda oʻstirilib, tuproq tagidan, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladi yoki butunlay isitilmaydi. Oʻsimliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish va parvarishlash qulay.   Qishloq sharoitida xonadonlarni isitish muammosi nimada? 

Bu albatta 1-navbatda isitish qurilmalari (pechlar) da yoqiladigan yoqilg'i muammosi. Gaz yo'q yoki quvurdagi bosim juda past. Pechda yoqish uchun ko'mir yo'q. Bo'lganda ham juda qimmat. Natijada pechlarda g'o'zapoya yoki turli daraxtlar kundalarini yoqishga to'g'ri keladi. Ba'zi hollarda sovuqdan saqlanish, qishdan eson-omon chiqib olish uchun hatto kelasi yil bahorda mevasidan bahramand qiladigan, meva berib turgan daraxtlarni ham kesib yoqishga to'g'ri keladi. 

Bundan tashqari, pechga yoqish uchun bir amallab topib kelingan o'tin pechda "Gurr ..." etib yonadi-da, xonani biroz isitgach, oradan yarim soat-bir soat vaqt o'tar-o'tmas o'chib qoladi. Pech o'chib qolmasligi uchun esa har yarim soat-bir soatda unga yana yangi o'tin qalab turish kerak. Aks holda qishning uzundan uzoq tunlarida xonani issiq holda saqlash imkoniyati bo'lmay qoladi. Mobodo yarim tunda o'tin tugab qoladigan bo'lsa, ertalabgacha ko'rpaga o'ralib, bir amallab tong orttirishga to'g'ri keladi. 


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin