1. O’quv materiallar ma’ruzalar mavzulari: 1-Modul. Fanning predmeti va uslublari



Yüklə 98,29 Kb.
səhifə1/15
tarix07.12.2022
ölçüsü98,29 Kb.
#72988
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

1. O’QUV MATERIALLAR


MA’RUZALAR MAVZULARI:


1-Modul. Fanning predmeti va uslublari (Mikrobiologiya)


1-ma’ruza: Manzarali o’simliklar biоtexnоlоgiyasi va mikrоbiоlоgiya faniga kirish va fanning predmeti va vazifasi
Reja:

  1. Mikrobiologiya fani haqida.

  2. Mikrobiologiyaning tarmoqlari.

  3. Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi

  4. Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasining rivojlanish bosqichlari.

  5. Xulosalar.

  1. Mikrobiologiya fani haqida umumiy tushuncha va mikrobiologiyaning tarmoqlari.

Mikrobiologiya ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan mayda tirik mavjudodning shaklnini, katta-kichikligini, o‘sishini hayot kechirish jarayonlarini turli xil usullar yordamida o‘rganadigan fandir. Mikrobiologiya fanining tarmoqlariga kelsak, bu mikroorganizmlar tarqalishi, hayot kechirish tarzi qanday jarayonlardan iboratligidan kelib chiqadi. CHunki mikroorganizmlar havoda, suvda, tuproqda, o‘simliklarda, hayvonlarda, odamlarda mavjud. Ana shu mikroorganizmlar yashash tarzi davomida juda keng ko‘lamdagi foydali ishlari ham juda xunuk oqibatlarga olib keladigan zararli ishlarni ham amalga oshira oladilar. SHuning uchun hamma mikroorganizmlarni bir xilda yondoshmasdan alohida tarmoqlari bo‘yicha o‘rganish samaralidir. SHu sababdan ham texnik (sanoat) mikrobiologiyasi, suv mikrobiologiyasi geologik mikrobiologiya tibbyot mikrobiologiyasi, sanitariya mikrobiologiyasi, chorvachilik mikrobiologiyasi, tuproq yoki qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasi kabi tarmoqlarga ajratilgan.
Texnik (sanoat) mikrobiologiyada – pivo pishirish, vinochilik, nonvoychilik, qishloq va boshqa sut maxsulotlarini ishlab chiqarish. SHuningdek sut kislota, moy kislota, sirka kislotasi, spirt, oziqabop oqsil, vitaminlar, fermentlar, antibiotik dori-darmonlar va xokazolarni olishda ham mikroorganizmlardan foydalanish usullari o‘rganiladi.
Suv mikrobiologiyasida – okean, dengiz, daryo, ko‘l, suv xavzalari, ariqlar suvi, botqoq erlardagi mikroorganizmlar tarqalishi va xillarini o‘rganadi. Sanoatda ishlatiladigan suv (oqova suv) tarkibidagi zaxarli chiqindilarni tozalash yo‘llarini, suv hayvonlariga ozuqa zaxirasini tayyorlashda mikroorganizmlardan foydalanish usullarini va boshqa ko‘p muammolarni o‘rganadi. Ichimlik suvlarini tozalash ham shu soxa bilan uzviy bogliqdir.
Geologik mikrobiologiyada – tog jinslari emirilishlarida mikroorganizmlar faoliyati, turli xil madanlarning hosil bo‘lishida, madanlardan metallarni ajratib olishda, foydali qazilmalar hosil bo‘lishidagi mikroorganizmlarning faoliyatlarini o‘rganiladi.
Tibbiyot mikrobiologiyasida – turli xildagi yuqumli kasalliklarni keltirib chiqazuvchi mikroorganizmlar hayot faoliyati va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqarish muammolarini o‘rganiladi.
CHorvachilik mikrobiologiyasi – bunda qishloq xo‘jaligi hayvonlarida kasallik tugdiruvchi mikroorganizmlar bilan kurashish chora-tadbirlari ustida, teri, mo‘yn mikroorganizmlari, hayvonlarning ovqat xazm qilish va turli organizmlaridagi mikroorganizmlar faoliyatini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgandir.
Sanitariya va epidemiologiya mikrobiologiyasi – bu soxa atrof muhitda insonlarga, hayvonlarga, foydali hasharotlarga zarar keltiruvchi turli xildagi mikroorganizmlarning tarqalishining oldini olish choralari bilan shugullanadi. Har xil usullar bilan shu kasallik tarqatuvchilarga va ularni keltirib chiqaruvchi manbalarga qarshi kurashadi.
Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi - qamrovi juda katta bo‘lgan fan soxalaridan biridir. Bunda faqatgina tuproqda mavjud bo‘lgan mikroorganizmlar xillari va biologiyasi bilan shugullanib qolmasdan, shu mikroorganizmlar bilan o‘simlik o‘rtasidagi, tabiatda atmosfera va tuproq o‘rtasidagi boglanishda mikroorganizmlar roli haqidagi ma’lumotlar bilan ham tanishib chiqiladi. Tuproq mikroorganizmlarning turli-tumanligi, tuproq unumdorligini oshirishdagi roli, o‘simliklarning suvda erimaydigan moddalarni o‘zlashtirishdagi mikroorganizmlar ahamiyati ham shu soxaga taaluqlidir. Tuproqdagi mikroorganizmlarning azot almashinuvidagi, fosfor va oltingugurt birikmalarning, kaliy, temir va xokazo elementlari birikmalarning aylanishi va o‘simliklarga o‘zlashtiriladigan holatga o‘tishligini ham bilib olamiz. qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasida senaj, silos tayyorlashda, biologik faol moddalar hosil bo‘lishida, mikrobiologik ya’ni bakterial ugitlar tayyorlashda ham ishtirok etuvchi mikroorganizmlar turlari va faoliyati bilan tanishiladi. SHunga asosan tuproqni unumdorligini oshirish va yuqori hosil olish maqsadida sanoatda bakteriologik o‘gitlar ishlab chiqarilishi masalalari ham o‘rganiladi.
Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi boshqa fanlar bilan aloqasi. Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasining rivojlanish bosqichlari.
Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi faniga kelsak botanikadagi tuban o‘simliklar bo‘limi, agroximiyada bakterial o‘gitlar va kompost tayyorlash ishlari, dehqonchilikda almashlab ekish masalalari, tuproq agrotexnikasi va x.zo, o‘simliklar fiziologiyasida o‘simliklarning mineral oziqlanishi, anaerob nafas olish va bijgish jarayonlari o‘rtasidagi genetik boglanishni o‘rganish masalalarida mavjudligini ko‘ramiz. Bu mikrobiologiyaning soxasi, ya’ni qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi baliqchilik, chorvachilik soxalari bilan ham, mikrobiologiyaning yuqorida keltirilib o‘tilgan barcha tarmoqlari bilan ham uzviy boglangandir.
Endi qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasining rivojlanish bosqichlariga kelsak, quyidagilarni Sizlarning e’tiboringizga havola qilishimiz mumkin. Mikrobiologiyaning birinchi rivojlanish bosqichi aniq ma’lumotlar to‘plami davri ya’ni morfologik davridir. Bu mayda organizmlarni ko‘rsata oladigan optik uskunalar vujudga kelgach boshlanadi. Mikroskop orqali birinchi bo‘lib mikroorganizmlarni 1676 yili Anton Van Levinchuk kuzatgan. SHungacha mikroorganizmlarni mavjudligini bilganlar, ammo ularga e’tibor berilmagan. XVIII asrning yarmida rus tadqiqotchisi M.M.Terexovskiy infuzoriyalarni o‘rganish jarayonida tajriba usulini birinchi qo‘lladi. CH.Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” chop etilgandan keyin. SHunga asosan solishtirma usullardan foydalanib 1838 yilda Erenberg “Infuzoriyalar takomillashgan organizmdir” degan kitobini chiqaradi va infuzoriyalar sinfini 22ta oilaga bo‘lib, shundan 3 tasini mikroorganizmlar guruhiga kiritdi. Mikroorganizmlarni o‘rganishda tajriba usulini keng qo‘llagan fransuz mikrobiologi Lui Paster (1822-1895) ikkinchi bosqichini, ya’ni mikroorganizmlar fiziologiyasini o‘rganish davriga asos soldi.Buning sababi shu davrga kelib sanoatda, ayniqsa qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash rivojlangan edi. Vino ishlab chiqarish, pivo pishirish, ipakchilik, sut maxsulotlarini tayyorlashdan keng foydalana boshlangan davr edi. SHunda texnika rivoji bilan birga sanoat ham rivojlangan edi. Lui Paster ham sanoat mikrobiologiyasi bilan shugullanadi, maxsulotlarni termik ishlash. “Pasterizatsiya” usulini ishlab chiqildi. U odam va hayvonlardagi kasalliklarni o‘rganishga ham kirishdi. Ipak qurti kasalliklarini tugdiruvchi mikroorganilarni topdi. Keyin ko‘plab tajribalar o‘tkazib hayvonlardagi kuydirgi, tovuqlarda vabo (o‘lat) kasalliklarini o‘rganish jarayonida, tasodifan (termostatda qolib ketgan) aktivligi pasaygan mikrob suyuqlikni tovuq tanasiga yuborib, uning ozgina kasallanganligini aniqladi, keyin shu tovuqqa aktiv mikrob yuborsa ham kasallanmaganligini kuzatadi va kasallikning oldini olish uchun emlash uchulini yaratdi. Keyinchalik u hayvonlardagi qutirish kasalligini ham o‘rgandi va uning emlash bilan oldini olish mumkinligini ko‘rsatdi. SHundan keyin xilma-xil kasalliklar oldini olish imkoniyati tugildi. SHu igshlar natijasida tibbiyot mikrobiologiyasi juda ko‘p mamlakatlarda rivoj topib ketdi. Keyin oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasida ham rivojlanish davri boshlandi. Fransuz olimlari YA.SHlezing, A.Myuns nitrifikatsiyani, I.Domerg va F.Manjeko tuproq mikroorganizmlari ekologiyasini, S.N.Vinogradskiy oltingugurt, temir bakteriyalarini, intrifikatsiyalovchi bakteriyalar faoliyatini chuqur o‘rgandilar. Xemosintezin kashf qilindi. S.N.Vinogradskiy shogirdi V.L.Omelyanskiy (1867-1928) nitrifikatsiya, azotifiksatsiya, kletchatka parchalanishi, tuproq mikroorganizmlari ekologiyasi ustida katta ishlar qildi D.I.Ivanovskiy (1864-1920) viruslarni kashf qildi V.I.Palladin (1859-1922) va S.P.Kostichev (1877-1931) larning nafas olish, bijgish jarayonlarini chuqur o‘rganishlari bilan mikrobiologiyada bioximiyaviy bosqich boshlandi. O‘tgan asrning 90-yillarida Peterburgda qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasi laboratoriyasi, S.A.Severin boshchiligida Moskvada bakteriologik stansiya tashkil topdi. 1894 yildan boshlab qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi fan sifatida Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitila boshlandi. Birinchi bo‘lib ma’ruzani Petrov akademiyasida (Hozir K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasida) N.N.Xudyakov o‘qigan, 1 1926 yilda chop etilgan qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasi darsligining birinchi muallifi bo‘ldi.
Sobiq ittifoq davrida fanlar akademiyalari qamrovida mikrobiolgiya ilmiy tekshirish institutlari tashkil etila boshlandi. 1965 yilda mikroorganizmlar fiziologiyasi va bioximiyasi instituti tashkil topdi. 1930 yilda S.P.Kostichev qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasi institutini tashkil etdi. O‘zbekistonda mikrobilogiya rivojlanishiga kelsak S.A.Askarova, N.M.Muzaffarov, A.M.Murodov, A.G.Xolmurodov, M.E.Mavlyaniy, S.S.Ramazanova, J.S.Safiyazov, A.V.Vaxobovlar va boshqalarning qo‘shgan xissalari kattadir.
Hozirgi kunda respublikamizda mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti, biologik ilmiy tekshirish institutlar tarkibida mikrobiologiya laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ana shu institutlar va laboratoriyalarda tuproq mikroblarining tarqalishi turi, miqdori, oziqlanishi va boshqa xususiyatlarini o‘rganish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligiga zarur bo‘lgan turli moddalarni, preparatlarni ishlab chiqarish ham amalga oshirilmoqda. Mikroorganizmlar olami haqidagi tushunchalar tubdan o‘zgarib, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan turli xil antibiotiklar, vitaminlar, fiziologik aktiv moddalar, aminokislotalar, stimulyatorlar, ozuqa oqsillari olish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Endilikda vazifa tuproq biotexnologiyasini rivojlantirish. Tuproq mikroblari yashashi, rivojlanishi, ko‘payishi uchun zarur sharoitlarni yoritadigan agrotexnik tadbirlarni samarali amalga oshirishdir. Ana shu biz atrof muhit ifloslanishini ham, o‘simliklarda yuqori va sifatli hosil olishni ham ro‘yobga chiqaza olamiz.

Yüklə 98,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin