Applikatsiya usulidan foydalanib buyumlarga va ko’ragazmalarga bezak berish
Mavzu: Applikatsiya usulidan foydalanib buyumlarga va ko’ragazmalarga bezak berish
REJA: 1.O'rta guruhda applikatsiya qilishga o'rgatish. 2.Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o'rgatish.
1.O'rta guruhda applikatsiya qilishga o'rgatish. O’quvchilarga applikatsiya haqida tushuncha berish. Naqshli applikatsiya tayyorlash texnikasini yanada boyitish.
Tarbiyaviy maqsad: Qog’oz bilan ishlash malakalarini o’stirish, shaxs malakalarini shakllantirish.Estetik didini vatanparvarlik tuyg’ularini, nutq madaniyatini o’stirish, kasbga qiziqtirish, mehnatsevarlikka o’rgatish.Rivojlantiruvchi maqsad: Diqqatni, e’tiborni, psixologik tuyg’ularni ruxiy jarayonlarni shakllantirish.Dars turi: Amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni shakillantirish va takomillashtirish.Darsning metodi: Ko’rgazmali materiallar bilan ishlash, amaliy topshiriqlar bajarish, krassvord va test savollari bilan ishlash.
Dars jihozi: Tayyorlangan naqshli applikatsiyalar, plakatlar, naqshlar namunali, shablonlar, krassvord, test savollari.Atama va tushuncha: Applikatsiyalar, qog’oz haqida tushuncha.Darsning borishi.Salomlashish.O’quvchilarni darsga tayorgarligini ko’zdan kechirish.O’quvchilarni guruhga bo’lish.Maqollar aytish:O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarni uyga vazifalari tekshirish, savol-javob orqali mustahkamlana- di.Yangi mavzu bayoni:Applikatsiya (applikatio) –lotincha so’zdan olingan bo’lib ustidan qo’yish, ustini yopishtirish, qirqib yopishtirish degan ma’noni anglatadi.Boshlang’ich sinf badiiy mehnat darslarida qog’oz va kartonlaridan, gazlama va ip bo’lakchalaridan, charmdan, tabiiy materiallar (somon, urug’, barg)dan, tashlandiq materiallardan applikatsiya tayyorlash mumkin.Hamma turdagi applikatsiyalarni bajarish usuli bir xil, ya’ni yopishtiriladigan detalning teskari tomonidan shablon yoki trofaret orqali tasvir chizib qir qiladi va asosga karton yoki faneraga yopihtiriladi.Qog’oz va kartondan tayyorlanadigan applikatsiyalar uchun rangli qog’oz, baxmal qog’ozlarni ishlatadi.Applikatsiya tayyorlash uchun o’qituvchi, chiroyli rangdagi qog’ozlarni tanlaydi, chunki o’quvchilar ranglarning garmonik moslashuvini o’zlashtirishi lozim.
Buning uchun tasviriy san’at darslarida kamalak ranglarini iliq va sovuq (xromatik va axromatik) ranglar, ularning applikatsiyalarda to’g’ri tanlanishi haqida tushuncha berib boriladi.Natijada o’quvchilar tasviriy san’at sohasida olingan bilim, ko’nikma va malakalarini badiiy buyumlar yasash darslariga qulay bo’lishini o’rganadilar.O’quvchilar musavvirlik va mehnat faoliyatlarining o’zaro uzviy bo’gliqligi amalgam oshadi.Applikatsiya yasash darslari o’quvchilarining estetik va badiiy didini osirishda o’zbek xalq milliy naqshlari hususiyati,qo’llanishi haqidagi tasavvurlarni xosil qiladi va kengaytiradi, qog’ozni to’g’ri, egri yoysimon va siniq chiziqlar bo’yicha qirqish malakalarini rivojlantirib boradi.Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.“Applikatsiya” tushunchasi xususiyatlari va faktura materiallariga ko’ra xilma-xil bajarilish texnikasinng o’hshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullari o’z ichiga oladi.Har bir material applikatsiyasi bajarish texnikasiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan; qog’oz, limon ddaraxtlari po’stloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi.Applikatsiya ----badiiy asarlarni yaratishning eng sodda va oson usulidir, bunda tasvirning realistik asosi saqlanadi. Bu applikatsiyadanfaqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, suvirenlar, devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalr va kastyularni tayyorlash emas, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo’llash imkonini beradi.Dekorativ applikatsiya – u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, qo’ziqorin, qush, mashina , odam, uy va shu kabilar)dan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligi aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin.Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko’chmanchi xalqlarda paydo bo’lgan. Applikatsiya bilan kiyimbosh,turar joylar bezatilgan.Bu ishda ular teri-mo’yna, namatdan foydalanishgan.Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan.Masalan, yoqutlar applikatsiya ishida po’stloqdan foydalanishgan, bo’yalgan po’stloqdan qilingan Applikatsiyalar bilan ular o’tovlarini bezashgan.