1. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon?a muzning erishib magniyning xlorlanishic sutning achishid naftalinning sublimatlanishie metanning yonishi



Yüklə 9,81 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü9,81 Kb.
#187702
26


1. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon?a. muzning erishib. magniyning xlorlanishic. sutning achishid. naftalinning sublimatlanishie. metanning yonishi. A) a,d B) b,c,e C) a,c,d D) faqat a
2. Atomning tarkibini ifoda qiladigan to’laroq ta’rifini ko’rsating.A) kimyoviy moddaning barcha xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha.B) Musbat zaryadli yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.C) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.D) Yadro zaryadi bir xil bo`lgan atomlar to`plami
3. Molekula – bu …..A) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.B) Musbat zaryadli yadro, manfiy zaryadli electronlardan iborat.C) Moddaning barcha kimyoviy hossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarracha.D) Turli kimyoviy element atomlaridan tuzilgan modda.
4. Quyidagilardan xato ma’lumotlarni toping.1) fizikaviy hodisalar paytida molekulalar saqlanibqoladi, kimyoviy hodisalar paytida esa ularning o’rnida yangi moddalar hosil bo’ladi.2) Molekulalar to’xtovsiz harakatda bo’ladi, ularning harakat tezligi temperatura ko’tarilishi bilan kamayadi.3) modda molekulalari orasida ma’lum masofa bo’lib, uning o’lchami moddaning agregat holatiga bog’liq bo’ladi.4) qattiq moddalarda molekulalarning o’zaro tortilishi kuchi gazlardagiga ko’ra kuchsiz.5) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari jihatidan farq qiladi. A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,4

5. Faqat kimyoviy elementlar berilgan qatorni aniqlang.A) uglerod, olmos, azot, ozonB) azot, ozon, vodorod, kislorodC) ozon, kislorod, olmos, vodorodD) uglerod, kislorod, vodorod, azot


6. Oddiy moddaga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.1) yadro zaryadi 2) zichlik 3) elektron qavat 4) atom massa 5) izotoplar 6) rang 7)qaynash va suyuqlanish temperaturalari 8) agregat holatA) 1, 2, 3, 8 B) 2, 5, 7 C) 2, 6, 7 D) 2, 6, 7, 8
7. Oddiy moddalar berilgan qatorni aniqlang.A) ozon, olmos, karbid, grafit, generator gaziB) malaxit, azot, vodorod, xlor, suv gaziC) fullerin, temir, argon, lantan, qaldiroq gazD) berilliy, ksenon, bo‘r, oq fosfor, sintez gaz
8. Quyidagilardan qaysilari oddiy moddaga tegishli? 1) kalsiy odam tanasining 2% qismini tashkil qiladi 2) fosfor o’z - o’zidan shu’la chiqarish xossasiga ega 3) vodorodning uchta izotopi bor –protiy, deyteriy va tritiy4) kislorodning ikkita allotropik shakl ko’rinishi mavjud. 5) kulrang selen fotoelement sifatida ishlatiladi.A) 1,3,5 B) 2,4 C) 2,4,5 D) 2,5
9. Qaysi hollarda kimyoviy element haqida gap boradi?1) havo tarkibida azot bor2) dengiz suvi qaynatilganda kislorod ajralib chiqadi3) bertole tuzi tarkibida xlor bor4) temir xlorda yonganda FeCl3 hosil bo’ladi.5) uchta kisloroddan ikkita ozon hosil bo`ladi.6) alyuminiy odatda +3 oksidlanish darjali bo’ladi, A) 1,2 B) 2,3 C) 3,6 D) 4,5
10. Kimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonni ko`rsating.A) uzum sharbatining bijg`ishi B) qog’ozning yonishi C) yog`ning sovuqda qotishi D) ohaktoshning parchalanishi
11. Quyidagi fikrlarning qaysilari elementga taalluqli? 1. Kislorod havoga nisbatan og`irroq2. Kislorodning molekulasida ikkita atom bor3. Kislorodning tarkibi massalari 16, 17 va 18 m.a.b. ga teng bo’lgan izotoplardan tashkil topgan4. Kislorod II davrning VI guruhida joylashgan.A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 3, 4
12. Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.1) atom massa 2) zichlik 3) elektron qavat 4) rang 5) yadro zaryadi 6) qaynash va suyuqlanish temperaturasi7)izotoplar 8)proton va neytronlar soniA)1, 3, 5, 7 B)1, 3, 4, 7, 8 C)1, 2, 4, 5 D)1, 3,5,7,8
13. Oddiy moddalarni tanlang. 1) muz 2) temir 3) bo’r 4) azot 5) ozon 6) fosfin 7) karbin 8) olmos 9) "quruq muz" 10) bertole tuziA) 2,4,5,7,8 B) 1,2,4,5,8 C)2,4,5,8,10 D) 1,3,5,7,9
14. Keltirilgan moddalar ichidan oddiylarini toping:1) oq fosfor 2) fosfin 3) kalsiy fosfid 4) qizil fosfor 5) fosfat kislota 6) qora fosfor.A) 2, 4, 6 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 5
15. Quyidagilarning qaysilari oddiy moddalar qatoriga kiradi? 1) sellyuloza 2) olmos 3) karbin 4) marmar 5) malaxit 6) ozon 7) fosfinA) 1, 4, 5, 7 B) 2, 3, 6 C) 2, 3 D) 2, 6, 7
16. Qaysi hollarda oddiy modda haqida gap boradi?1) suv tarkibida kislorod bor2) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi3) qum tarkibida kislorod bor4) sulfat kislota tarkibiga kislorod kiradi5) kislorod qaytaruvchi va oksidlovchi bo`lishi mumkin.
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 2, 5
17. Allotropik shakl o`zgarishni namoyon qiladiganelementlar qatorini ko`rsating.A) kislorod, azot, brom, simobB) fosfor, qalay, selen, tellurC) oltingugurt, ftor, yod, ruxD) oltingugurt, uglerod, vismut, litiy
18. Allatropiya deb nimaga aytiladi?A) ayni bir element bir necha oddiy modda hosil qiladigan hodisalarga aytiladiB) tarkibi, miqdori bir xil bo`lgan, lekin tuzilishi bilan farq qiladigan moddalarga aytiladi c) tarkibi, miqdori bir xil bo`lgan, lekin tuzilishi va kimyoviy xossalari bilan farq qiladigan moddalarga aytiladiD) bitta element atomlaridan iborat bo`lgan moddaga aytiladi
19. Allotropiya hodisasining sababi nimada?A) moddalar tarkibidagi molekulalar soni turlicha ekanligiB) suyuqlanysh temperaturasidagi farqlarC) molekulada atomlar soni turlicha ekanligiD) ikki xil molekulaning o`zaro birikkanligi
20. Quyidagi alomatlarning qaysilari elementlarga taalluqli? 1)fosfor to’rt atomdan tashkil topgan tetraedr shaklni hosil qiladi.2)fosfor III davrning V guruhida joylashgan.3)fosfor bug’ining zichligi havoga nisbatan 4,28 ga teng. 4)fosforning yadro zaryadi +15 ga teng. 5)fosforning 15 ta elektroni bor.A) 3,4,5 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,4,5
21 Quyidagi qatorlardan qaysi biri oddiy moddalardan tuzilgan.A) mis(I) oksid, azot, suvB) kislorod, vodorod, temir(II)xloridC) vodorod, qaldiroq gaz, natriy oksidD) xlor, magniy, kaliy
22. Keltirilgan moddalardan murakkablarini toping.1) oq fosfor 2) fosfin 3) kalsiy fosfid 4) qizil fosfor5) fosfat kislota 6) qora fosfor A) 2-4-6 B) 1-4-6 C) 2-3-5 D) 1-2-5

23. Quyidagi moddalar turidan qaysinisi allotropic shakllarga xos?A) suv, bug, muz B) suv, tuman, shudringC) vodorod, xlor, kislorod D) olmos, karbin, grafit


24. Allotropik shakl o`zgarishlarga ega bo`lmagan elementni aniqlang.A) uglerod B) fosfor C) oltingugurt D) vodorod
25. Quyidagi ifodalarning qaysilarida kislorod molekulasi haqida so’z boradi?1) sulfat kislota arkibida kislorod mavjud2) havo tarkibida kislorod bor3) gazometrda kislorod yig’ilgan4) kislorod suvda yomon eriydiʼ5) suv tarkibida kislorod mavjudA) 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 2, 3, 4


Yüklə 9,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin