1. Rustam bir kecha kunduzgi ovqati tarkibida 480 g uglevod, 120 g oqsil, 100 g yog' va 5-6 g tuz iste'mol qilishi kerak



Yüklə 19,22 Kb.
tarix23.06.2022
ölçüsü19,22 Kb.
#62138
moddalar almashinuvi, buyrak.


1. Rustam bir kecha kunduzgi ovqati tarkibida 480 g uglevod, 120 g oqsil, 100 g yog' va 5-6 g tuz iste'mol qilishi kerak. Agar u rejim qoidasining quyi foiziga amal qilib iste'mol qilgan bo'lsa, tushki ovqatidan ajraladigan energiya miqdorini kkal da hisoblang.
A) 847,5 B) 1186,5 C) 1525,5 D) 986,5
2. Rustam bir kecha kunduzgi ovqati tarkibida 480 g uglevod, 120 g oqsil, 100 g yog' va 5-6 g tuz iste’mol qilishi kerak. Agar u rejim qoidasining quyi foiziga amal qilgan bo'lsa, ertalabki nonushtadan ajralgan energiyani kkal da hisoblang.
A) 678 В) 1186,5 С) 847,5 D) 508,5
3. Odamlarda qaysi suyaklar soni yig'indisi qovurg'alar soniga teng?
A) miya qutisi, yuz suyaklari, to'sh
B) ko'krak, dumg'aza, bel umurtqalari
C) dumg'aza, ko'krak umurtqalari, yelka kamari
D) bosh, o'mrov suyaklari
4. Agar bir kunda to'qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o'tishi va ish bajarish uchun 2660 kkal energiya sarflangan bo'lsa, oziq moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan energiya (kkal) miqdorini toping.
A) 3000 B) 3990 C) 3500 D) 4000
5. Quyidagi vitaminlar va ular yetishmasligi bilan bog'liq kasalliklarning mosligini aniqlang.
1. C vitamin; 2. B1 vitamin; 3. D vitamin; 4. A vitamin.
a) Raxit b) Organizm o'sishi va rivojlanishining susayishi c) Beri-beri d) Singa
A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d B) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
6.Markaziy nerv sistemasida qo’zg’alish va tormizlanish jarayonlarini narmal o’tishini taminlovchi vitamin?
A) A B) B1 C) B2 D) PP
7. Qovuqda qancha siydik to’planadi ?
A)200-300sm3 B)300-400sm 3 C) 500-700sm3 D)500sm3
8. Nefrit qanday kasallik ?
A) nerv tomirlari yallig’lanishi B) buyrakning yallig’lanishi
C) neyronlar yallig'lanishi D) traxeya yalliglanishi
9.E'tiborni muhim masalaga jalb etish kabi qobiliyatni pasayishi qaysi vitamin yetishmasligi bilan bog'liq.
A) PP B) B1 C) E D) B2
10. Qaysi vitamin oqsillar va uglevodlar almashinuvida muhim rol o'ynaydi?
A) D B) A C) B1 D) C
11.Birlamchi siydikning tarkibi qonning qaysi qismi tarkibiga yaqin bo'ladi?
A) leykotsitlar B) qon plazmasiC) trombotsitlar D) eritrotsitlar
12. Siydik hosil bo'lishining ikkinchi davri nima deyiladi?
A) filtratsiya B) reabsorbsiya
C) assimlatsiya D) dissimlyatsiya
13. Bolaning 12 – 14 yoshida oziq tarkibida qancha gramm yog’ bo’lishi zarur?
A) 80 – 100 B) 90 – 100 C) 100 – 110 D) 100 – 120
14.Ikkilamchi siydikning tarkibi?
A) Uglevod, aminokislota, suv, mineral tuz
B) azot, tuz, kreatinin, mochevina
C) mochevina, kreatinin , aminokislota
D) aminokislota, azot, osh tuzi, karbonat angidrid
15. Bir dona tuxumda 12,5 g oqsil, 12,1 g yog’, 0,55 g uglevod bo’ladi. Bir dona tuxumda qancha kkaloriya energiya bo’ladi ?
A) 170,975; B) 105,975; C) 166,035;D) 175,035.
16. Ko’rish o’tkirligini pasayishi qaysi vitamin(lar) yetishmasligi bilan bog’liq ?
A) B1 ; B) A; C) PP; D) C, B.
17. Avitaminoz B1 da terida sezuvchanlik qanday o’zgaradi ?
A) terida sezuvchanlik dastlab susayadi, so’ngra yo’qoladi;
B) terida sezuvchanlik dastlab kuchayadi, so’ngra susayadi;
C) terida sezuvchanlik dastlab susayib, so’ngra kuchayadi;
D) terida sezuvchanlik dastlab kuchayadi, so’ngra yo’qoladi.
18. Ratsional ovqatlanishning qoldalarini ko’rsating.
a) Ovqatlanishning sifat qoidasi; b) ovqatlanish rejimi; c) Ovqatlanishning miqdor qoidasi;
1) Bir kecha-kunduzgi ovqatdan organizmda hosil bo’ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo’lishi kerak;
2) Bir kecha-kunduzgi ovqat tarkibidagi oqsillar, yogiar va uglevodlar, mineral tuzlar, suv, vitaminlarning miqdori odam organizmining shu moddalarga bo’lgan ehtiyojini qondirishi kerak;
3) Bir kecha-kunduzgi ovqat miqdori to’rt qismga bo’lingan holda iste’mol qilinishi kerak.
A) 1-a, 2- b, 3-c; B) 1-b, 2-c, 3-a; C) 1-a, 2-c, 3-b; D) 1-c, 2-a, 3-b.
19. Sog'lom odamning ikkilamchi siydigida quyidagi birikmalaming qaysilari bo’lmasligi kerak ?
1) tuz; 2) oqsil; 3) glukoza; 4) kreatinin; 5) mochevina.
A) 2,3, 4, 5; B) 2, 3; C) 1,4,5; D)1,2, 3, 4, 5.
20. Baliq yog’ida ko’p bo’lgan vitaminlar uchun umumiy hususiyatni ko’rsating.
A) yog’da eruvchi vitaminlar hisoblanadi;
B) suvda eruvchi vitaminlar hisoblanadi;
C) oddiy jag’-jag’ tarkibida mavjud; D) to’g’ri javob berilmagan.
21. Parasimpatik nervsistemasl qaysi organlar faoliyatini kuchaytiradi ?
1) yurak-qon tomir; 2) ovqat hazm qilish; 3) siydik ajralish; 4) nafas olish.
A)1,4; B) 2,3; C) 3,1; D) 1,4.
22. Buyrakda siydik ajralishini kuchaytiruvchi (a) va kamaytiruvchi (b) nervlar hamda gormonlarni juftlab ko’rsating.
1) simpatik nerv tolalari; 2) parasimpatik nerv tolalari; 3) vazopressin; 4) tiroksin.
A) a-1,3; b-2, 4; B) a-1, 3,4; b-2; C)a-2; b-1,3,4; D)a-2,4;b-1,3.
23. Filtratsiya kuchayib, reabsorbsiya susaysa .....
A) siydik ajralishi kamayadi; B) tiroksin ishlab chiqarilishi ortadi;
C) siydik ajralishi ko’payadi; D) B va C.
24. Ratsional ovqatlanish qoidasiga ko’ra kechki ovqai bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining necha % ini(1), tushlik necha % ini (2), qo’shimcha ovqat necha % ini(3) va ertalabki ovqat necha % ini tashkil etishi kerak ?
a) 15-20; b) 10-15; c) 35-40; d) 25-30.
A) a-1, b-2, c-3, d-4; B) a-2, b-3, c-1, d-4;
C) a-1, b-3, c-2, d-4; D) a-3, b-4, c-2, d-1.
25. C vitamini ayniqsa qaysi o’simliklar tarkibida ko’p bo’ladi ?
1) limon; 2) kivi; 3) apelsin; 4) mandarin; 5) ananas; 6) rediska; 7) karam; 8) baqlajon; 9) pomidor; 10) piyoz.
A) 1,3,4,7,9,10; B) 1,3,5,7,9; C) 2,4,6,8,10; D) 1,3,4,6,7,9,10.
26. Buyrak orqali qondan ajratiladigan moddalarni belgilang.
1) siydik kislota; 2) qoldiq azot; 3) ma’lum miqdorda tuzlar; 4) kreatirrin; 5) qoldiq oqsil; 6) suv; 7) mochevina.
A) 1, 2, 3, 5, 6, 7; B) 1,2, 3, 4,6, 7; C)1, 3, 4, 6, 7; D) 1,3, 5, 6.
27. Buyrakka darvoza qismidan ... kiradi (a) va ... chiqadi (b).
1) buyrak arteriyasi; 2) buyrak venasi; 3) siydik yo’li; 4) buyrak limfa yo’llari; 5) siydik chiqarish kanali.
A) a-1, 4: b-2, 3; B) a-1; b-2, 5; C) a-5; b-2, 3;D) a-1; b-2, 3.
28. Birlamchi siydikdan qon plazmasi tarkibida ..... bo’lishi bilan farqlanadi.
A) kreatinin; B) oqsillar; C) uglevodlar; D) mineral tuzlar.
29. Qaysi a'zo faoliyati tufayli organizmdan zaharli moddalar, moddalar almashinuvining ohirgi mahsulotlari eritmalari chiqariladi, ichki muhit nisbiy doimiyligi saqlab turiladi?
A) teri B) o'pka C) jigar D) buyrak
30.Rus olimi N.I.Lunin nimalarni, qanday organizmlar uchun muhim modda ekanligini isbotlagan?
A) Uglevodlarning odam organizmi uchun
B) Vitaminlarning hayvonlar uchun
C) Uglevodlarning yosh bolalar uchun
D) Vitaminlarning odam organizmi uchun


Yüklə 19,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin