2. Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
3. Shtrix kodlash, uning xususiyatlari va qo‘llanilishi Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib-qoidalari
Standart so‘zi inglizcha “Standart” so‘zdan olingan bo‘lib, me’yor, o‘lcham, andoza degan ma’nolarni bildirib me’yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi. Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy, davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko‘rsatadi.
O’zDSt 1.1-92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi standartga binoan O‘zbekiston Respublikasi standarti (bundan keyin - standart deb yuritiladi) standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Standartni ishlab chiqishga har xil tashkilot mutaxassislarining ishchi guruhlari ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida etakchi ishlab chiquvchi tashkilot (ijrochilar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi) hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‘lamini va muddatlarini aniqlaydi.
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat’iy nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni chiqaradigan va iste’mol qiladigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi O’zDSt 1.6 ga muvofiq bajariladi.