1. Sug‘urtaning kelib chiqish tarixi



Yüklə 23,78 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü23,78 Kb.
#167314
  1   2
Hujjat


1. Sug‘urtaning kelib chiqish tarixi
Sug‘urta ijtimoiy munosabatlar tarixiy kategoriyalaridan biridir. U jamiyat qurilishining ilk davrlaridan yuzaga kelib, asta sekin ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas hamroxiga aylandi. Sug‘urta iborasining birlamchi ma’nosi «qo‘rquv» («strax») so‘zi bilan bog‘liqdir. Mulk egalari bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishar ekanlar, mulkining saqlanishiga, tabiiy ofatlar, yong‘in, o‘g‘irlik va iqtisodiy hayotning boshqa ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlari natijasida yakson bo‘lishi yoki yo‘qotilishiga nisbatan qo‘rquv xis etganlar.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri – bu mulk egasi va tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun havotirlanishining asosiy sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o‘rtasida birgalikda qoplash g‘oyasi yuzaga keldi.
Ko‘rilgan zararni qoplashning ancha oddiy shakli natural sug‘urta bo‘lgan. Don, yem-xashak va boshqa bir turdagi oson taqsimlanadigan mahsulotlar hisobidan alohida talofat ko‘rgan dehqon xo‘jaliklariga moddiy yordam ko‘rsatilgan. Bunday sug‘urta, albatta, bir qancha chegaralangan bo‘lib, keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan o‘z o‘rnini pul shaklidagi sug‘urtaga berdi.
Rivojlangan jamiyat sharoitida sug‘urta mulkchilikning barcha shakllarini, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa manfaatlari himoyasining asosiy vositasiga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashda va aholini ko‘ngilsiz hodisalardan himoya qilishda sug‘urtaning o‘ziga xos muhim o‘rni bor. Sug‘urta ishlab chiqarishning zarur unsurlaridan biri sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim iqtisodiy dastaklaridan hisoblanadi. Sug‘urta bozori mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiiy ofatlardan saqlashda, xilma-xil faloqatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda moddiy jihatdan yordam beradi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, moliyaga, pul muomalasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Endilikda har bir xo‘jalik obyektining tashkilotchisi o‘z ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun fidokorona harakat qilish bilan cheklanib qolmay, favqulodda va tasodifiy zararlarning natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishga ham intilmoqda. Shuning natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urtaga bo‘lgan talab kuchaya boshladi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari bilan bevosita bog‘langan. Shunday ekan ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatgan tabiiy ofatlar bozor iqtisodiyoti yo‘nalishlarini chetlab o‘ta olmaydi. Sug‘urta ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarnig mol-mulkini saqlashda va tiklashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Inson va tabiiy ofatlar o‘rtasidagi qarama-karshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va bashka ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish va lokalizatsiya qilish, hamda yetkazilgan zararni suzsiz qoplash bo‘yicha insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu obyektiv munosabatlar insonlarning erishgan hayot darajasini saqlab kolishga bo‘lgan real va mavjud ehtiyojini aks ettiradi. Mazkur munosabatlarni alohida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yigindisi ijtimoiy ishlab chiqarishni sug‘urtaviy himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va mustaqillik talablari asosida sug‘urta sohasida quyidagi sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ldi.
Birinchidan, sug‘urtani boshqarishda markazlashgan tartib o‘rniga markazlashmagan tartib joriy qilindi. Mustaqil sug‘urta tizimi barpo qilindi. Sug‘urtani boshqarish respublika miqyosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Ular O‘zbekiston Moliya vazirligi tarkibidan chiqib, davlat bosh islohotchi bo‘lgani holda “O‘zagrosug‘urta”, “Kafolat” kabi davlat aksionerlik sug‘urta kompaniyalariga aylantirildi. “Madad” sug‘urta agentligi, “O‘zbekinvest” EIMSKlari tashkil etildi. Hozirda respublikamizda 30 ta (2009-yil 1 avgust holatiga) sug‘urta kompaniyasi bor.

Yüklə 23,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin