1. Transport



Yüklə 18,63 Kb.
tarix30.09.2023
ölçüsü18,63 Kb.
#151065
IX 4maruza


1. Transport tizimini majoziy ma‘noda yaxlit xalq xo’jaligi majmui subyektlarining o’zaro uyg’unlikda harakatlanishini ta‘minlovchi mamlakat va iqtisodiyotning o’ziga xos qon tomiri sifatida ta‘riflanadi. Tabiiy geografik sharoiti nuqtayi nazardan Respublika maydoni 448,9 ming km2 ga teng bo’lib, u g’arbdan sharqqa 1425 km ga, shimoldan janubga esa 930 km ga cho’zilgan. O’zbekiston o’z maydoniga ko’ra, Yevropaning Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shveysariya, Avstriya kabi mamlakatlar maydonini qo’shib hisoblaganda ham ulardan kattalik qiladi. Transport aholi va moddiy ishlab chiqarishning yuk va yo’lovchi tashish borasidagi ehtiyojlarini qondiradi, mamlakat hududlarini tutashtiradi, tovar, mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan iste‘molchilarni o’zaro bog’lovchi o’ziga xos ko’prik hisoblanadi. Bunday o’zaro bog’lovchi o’ziga xos aloqalarsiz bozor va bozor munosabatlarining mavjudligi ham amri mahol. Aynan shu sababli mamlakat transport majmuidagi buzilishlar mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
2. O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va uning jahon hamjamiyatiga kirib borishi uchun mukammal transport tizimiga ega bo’lish kerak. Turli xil transport vositalari sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni iste‘molchilarga o’z vaqtida, isrof qilmasdan yetkazishda faol ishtirok etadi. Aholini bir manzildan ikkinchi bir manzilga yetkazishda ham transportning ahamiyati kattadir.
3. Transport ishlab chiqarish tizimida muhim o’rin tutishi bilan birga u har qanday hudud xo’jaligi majmuasining muhim qismi bo’lib xizmat qiladi. Uning rivoji tufayli hududlarni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va mintaqalashtirish mumkin. Transport infratuzilmasi va yo’l tarmoqlarining samarali rivojlanishi kadrlarning qishloqlarda mustahkam o’rnashib qolishiga, mehnat resurslaridan unumli foydalanish imkonini yaratadi. So’nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta‘minlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo’naltirilgan keng ko’lamli chora- strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat ko’rsatishini ta‘minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1- fevraldagi «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra1: Transport vazirligi avtomobil, temir yo’l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo’l xo’jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
4. Transport majmui – bu yuk va yo’lovchi transport tizimining barcha: temir yo’l, avtomobil, dengiz, daryo, quvur, havo, sanoat va shahar transport turlarini o’z ichiga oluvchi yirik ko’p tarmoqli soha hisoblanadi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida 2018-yilda O’zbekistonda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmining 12,6 %i transport va aloqa tarmog’iga to’g’ri keldi. Bu ko’rsatkich 1990-yilda 5,9 %, 1995-yilda 8,4 %, 2000-yilda esa 7,7 %ga teng bo’lgan. Demak, transport va aloqa tarmog’ining yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i oshib bormoqda. Sanoat va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning o’sishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi va
transport moddiy texnika
5. «O’zbekiston temir yo’llari» AJ O’zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan sobiq O’rta Osiyo temir yo’llari bazasida 1994-yil 7-noyabrda tashkil topgan. Mamlakat temir yo’llarining umumiy uzunligi 2000-yillar boshida 15-89 km ni tashkil etgan bo’lsa, hozirga kelib umumiy temir yo’l uzunligi 6,1 ming km ni tashkil etadi. Jumladan, elektrlashtirilgan temir yo’llar 1714 km.ga yetdi yoki ushbu ko’rsatkich jami temir yo’llarning 2020-yil holatiga 39 foizini tashkil etadi. Tarmoqda 54.7 mingdan ortiq
xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Yillik yukni ayirboshlash barcha turdagi transportlarning yuk ayirboshlashi qo’shilmasining 90% tashkil etadi.
O’zbekistonda mavjud bo’lgan transport turlari orasida yetakchi va muhim o’rinni temir yo’llar egallaydi. Mamlakatda tashiladigan yuklarning 66 foiziga yaqini transportning ana shu tarmog’i zimmasiga tushadi va bu transport mamlakat transport tizimining negizini tashkil etadi.
Eksport va import qilinadigan yuklarning qariyb 80 foizi temir yo’l transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo’l yordamida 2018-yil tashilgan yo’lovchilar soni qariyb 20 million kishini tashkil etgan. Temir yo’llarda yuk tashishning tannarxi avtomobillarda yuk tashishga nisbatan 3-5 marta, havo transportiga qaraganda esa 12-15 marta arzon tushadi.
ta‘kidlagan.
ma‘lumotlariga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 million tonnaga yaqin zarralar qo’shilmoqda.
Yüklə 18,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin