1. XIII asr boshida Dashti Qipchoqni zabt etgan mo`g`ul qabilalarining keyingi taqdiri qanday kechdi?



Yüklə 16,51 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü16,51 Kb.
#162846
8sssssssssssss


8sssssssssssss
1.XIII asr boshida Dashti Qipchoqni zabt etgan mo`g`ul qabilalarining keyingi taqdiri qanday kechdi?
A) mo`g`ullarning siyosiy ta’siri susaygach, ular o`z vataniga qaytib ketdilar B) Dashti Qipchoqning mahalliy turk urug`lari tarkibiga singib ketganlar C) shu yerda qolib o`z etnik madaniyati va nomini saqlab qolishga erishganlar D) Dashti Qipchoqda paydo bo`lgan davlatlar boshqaruvini o`z qo`llariga olganlar
2. Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1540) tomonidan amalga oshirilgan buyuk xizmatlar tog`ri keltirilgan javob variantini aniqlang. 1) Movarounnahrni safaviylarning harbiy-siyosiy tazyiqidan saqlab qoldi; 2) Davlatning Shayboniyxon davridagi sarhadlarini qayta tiklashga erishdi; 3) Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama oshishiga erishdi; 4) Mamlakat poytaxtini Buxoro shahridan Samarqand shahriga ko`chirtirdi; 5) Mamlakat ichkarisidagi siyosiy tarqoqlikka barham berdi; 6) Xurosondan safaviylarni to`liq haydab chiqishga musharraf bo`ldi; A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 4 D) 2, 5, 6
3. Ashtarxoniy Nodir Muhammad davrida nima sababdan davlatchilik asoslari zaiflashgan edi? A) Nodir Muhammad olib borgan tinimsiz urushlar tufayli B) asosiy viloyatlarni atrofidagi amirlar va beklarga bo`lib berganligi uchun C) ichki va tashqi siyosatni vazirlariga topshirib qo`yganligi uchun D) asosiy viloyatlarni o`g`illari va yaqin qarindoshlariga bo`lib berganligi uchun
4. Shayboniyxon Movarounnahrda yangi o`zbek davlati – Shayboniylar davlatiga asos solganidan 10 yil o`tib . . .
A) Shayboniyxon tomonidan Hirot zabt etildi B) Bobur Samarqandni uchinchi marta qo`lga kiritdi C) Shayboniy Eron hukmdori shoh Ismoil bilan bo`lgan jangda halok bo`ldi D) Bobur Mirzo Kobulga borib, u yerda hokimiyatni qo`lga kiritdi
5. Abdullaxon II Beklarsaroy darasidagi qadimgi to`g`on qoldiqlari o`rnida ulkan band qurdirgan edi. U qaysi tumanda joylashgan?
A) Kattaqo`rg`on B) O`ratepa C) G`uzor D) Nurota
6. Ibrohimbiy Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo`lgan davlat tuzishga kirishib, qaysi hudud hokimlari bilan til biriktirgan?
A) Karmana va Kesh B) G`uzor va Qarshi C) Urgut va Miyonqol D) Termiz va Chag`oniyon
7. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu bilan qanday maqsadni ko`zlagan edi?
A) Podsho Ivan Grozniyning xonlik bilan chegaradosh Sibir hududlariga bo`lgan yurishlarini to`xtatishni rejalashtirgan edi B) Zamonaviy qurol-yarog` masalasida Ivan Grozniydan yordam so`rashni ko`zlagan edi C) Savdo aloqalarini yaxshilash orqali o`z davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi edi D) Savdo aloqalarini yaxshilash orqali Rossiya davlati bilan harbiy ittifoq tuzmoqchi edi
8. Shayboniylar davlatida xon yasovuli mansabidagi amaldor qanday ishlar bilan mashg`ul bo`lgan?
A) xon farmonlari, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazish bilan B) xon va shahzodalar o`rtasidagi munosabatlar masalasi bilan C) xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o`rganish va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlash bilan D) dargohga tushgan arizalarni qabul qilish va ularga javob qaytarish bilan
9. Shayboniylar davrida bevosita xonning o`ziga tegishli bo`lgan yerlar nima deb atalgan?
A) mulki xolis B) mulki xos C) mulki hur D) suyurg`ol
10. Muhammad Sharif Buxoriy qalamiga mansub asar nomi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni aniqlang. A) “Ubaydullanoma” B) “Abdullanoma” C) “Xoqonga foydali maslahatlar” D) “Tarixi jadidayi Toshkand”
11. Turkistonda “Abulma’oniy” (Ma’nolar otasi) degan nom olgan shoirni belgilang. A) Bedil B) Sayido Nasafiy C) Turdi D) So`fi Olloyor
12. Shayboniylar tomonidan ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotning o`tkazilishiga sabab bo`lgan zaruriyatni aniqlang. A) xalq ommasi ongini rivojlantirish B) dunyoviy bilimlar o`qitilishini chuqurlashtirish C) amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish D) davlat boshqaruvidagi mansabdorlar savodxonligini tekshirish
13. Dashti Qipchoq geografik hududi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyan-Shanning g`arbiy yonbag`irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho`zilgan hudud B) Ural daryosidan Kaspiy dengizining janubiy qirg`oqlarigacha va Afg`onistonning shimoliy qismiga qadar cho`zilgan hudud C) Sirdaryoning yuqori oqimi va Pomirning sharqiy yonbag`irlaridan Kavkazning shimoliy hududiga qadar bo`lgan hudud D) Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi hudud va Qozog`istonning janubiy qismi
14. Baroqxon madrasasi qaysi shaharda bunyod etilgan?
A) Samarqand B) Buxoro C) Toshkent D) Ko`hna Urganch
15. Shayboniylar davrida Buxoro va Eron munosabatlari to`qnashgan asosiy nuqtani aniqlang.
A) Samarqand B) Ko`histon C) Xuroson D) Xorazm
16. Quyidagilardan qaysi biri elchiligi natijasida Rossiya va Buxoro xonligi o`rtasida yaxshi savdo va diplomatok aloqalar yo`lga qo`yildi?
A) Antoni Jenkinson B) Ivan Xoxlov C) Richard Byorns D) Florio Beneveni
17. XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda shayxulislom lavozimida bo`lgan shaxslarni aniqlang.
A) Abu Said va Muhammad Temur B) Muhammad Alixonto`ra va Abusaid C) Muhammad Islom va Abubakr S’ad D) Sulton Xo`jabuzrug va shayx Said Islom
18. Turli nomda aytiluvchi va aynan bir lavozimni anglatuvchi tarixiy atamalar qaysi javobda to`g`ri berilgan?
A) shig`ovul – qo`rchiboshi B) mehtar – kotib C) muhtasib – rais D) mirzo – kitobdor
19. Shayboniylar davlatida ixrojot qanday soliq turi sanalgan?
A) diniy idoralar va diniy lavozimlarni saqlash uchun olinadigan soliq B) davlat muassasalari, qo`shin vaa xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to`lanadigan soliq C) sug`oriladigan yerlardan olinadigan soliq turi bo`lib, daromadning 30-40 foizini tashkil qilgan D) har bir kishidan olinadigan jon solig`i
20. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan? 1) Qo`qon xonligi bilan bo`lib o`tgan urushdagi mag`lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo`lishi; 3) taxtning otadan bolaga o`tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo`lida to`planishi; A) 1, 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3
Yüklə 16,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin