KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Turkiy urug`lardan bo`lgan mang`itlar hukmronligi davrida Buxoro
amirligining davlat tizimini, boshqaruv tartiblarini, sud va sudlov masalalarini hamda mang`it hukmdorlarining tashqi diplomatik,
siyosiy va madaniy, savdo-sotiq, harbiy munosabatlarini o`rganish o`zbek milliy davlatchiligi tarixini to`laroq yoritishga katta hissaqo`shishi shubhasizdir. O`zbek xalqining qadim davlatchilik tarixiga, uning barcha bosqichlari
va davrlariga xolis, haqqoniy baho berish, tarixiy adolat nuqtai nazaridan yoritish oldimizga turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Zero, Prezidentimiz I. A. Karimovning “Tarixga murojaat qilar ekanmiz, u xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi”
1 degan fikrlari davlatchilik masalalari bilan bevosita shug`ullanuvchi olimlar oldiga katta vazifalarni yuklaydi. Buxoro amirligining XIX asr oxirgi o`n yilliklari – XX asr boshlaridagi
ijtimoiy-siyosiy tarixini, davlat boshqaruvini, diniy-huquqiy va harbiy boshqaruv masalalarini o`rganish bizga muhim xulosalarni chiqarishga imkon beradi. Mavzuning dolzarbligi va muhim tarixiy manbalarning mavjudligi gaqaramasdan, Buxoro amirligining davlat muasssasalari tizimi faoliyati yetarlicha o`rganilmagan. Milliy davlatchiligimiz tarixini o`rganishga jiddiy e'tibor berilayotgan hozirgi kunda bugungi davr talai asosida Buxoro amirligining davlat
muasssasalari tizimi faoliyati, markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari, oliy tabaqa amaldorlar va quyi ma'muriy birliklar boshliqlarining, harbiy-ma'muriy va diniy amaldorlarning davlat boshqaruvidagi o`rniga doir ilmiy asarlarga ehtiyoj kattadir. Sobiq sho`ro davri davlatchiligida
bunday masalalar bir tomonlama, o`sha davrda hukmron mafkura manfaatlari va talablari nuqtai nazaridan yoritilgan edi.
1
Buxoro amirligida yetakchi o`zbek urug`lari, xususan, mang`it urug`i zodagonlari hukmron tabaqaning asosiy tayanchi bo`lib xizmat qildi.