1. XIII-XV asrlarda Italiyaning ahvoli. Venetsiya Respublikasi. Florensiya va uning siyosiy tuzumi



Yüklə 25,6 Kb.
səhifə1/4
tarix14.06.2023
ölçüsü25,6 Kb.
#130064
  1   2   3   4
XIII-XV asrlarda Italiya va Papalik.


Mavzu:XIII-XV asrlarda Italiya va Papalik.
Reja:


1.XIII-XV asrlarda Italiyaning ahvoli.
2.Venetsiya Respublikasi.
3.Florensiya va uning siyosiy tuzumi.
4.O’rta asrlarda Italiyada dehqonlarning ahvoli.
5.Italiya noroziliklar va qo’zg’olonlar.
6.XIII-XV asrlarda papalik.


Italiyadagi siyosiy ahvol. O’rta asrlarning ikkinchi davrida Italiya g’oyat notekis rivojlangan davlat edi. Uning eng rivojlangan qismi Shimoliy rayonlar ya’ni Lombordiya viloyati vaToskaniya shaharlari edi.Bu yerda eng yirik savdo shahar respublikalari – Genuya va Venetsiya bor edi.Eng yuksak sanoat taraqqiyot darajasiga erishgan shaharlari orasida Milan va Florensiya ajralib turadi.Italiyamarkazi Papa viloyati yoki Papa davlati deb ataladigan yer qoloqbir rayon edi.Bu yerda rivojlangan hunarmandchilik ham savdo-sotiq ham yo’q edi.Mahalliy aholining bir qismi dehqonchilik bilan kun ko’rardi, bir qismi ziyoratchilarga va Rim cherkovining ko’p sonli ruhoniylariga xizmat qilardi.Italiyaningjanubu Sitsiliya qirolligi Shtaufenlar halokatidan keyin fransuz feodallari hukmronligi ostiga o’tgan edi.Ularga fransuz Kapetinglaridan biri bo’lgan KarlAnjuyskiy(1268 yildan boshlab) boshchilik qilardi.Mahalliy aholi uchun bu hol shu aholini eksplutatsiya qilishni kuchaytirib yuborgan yangi ajnabiy feodallarning ko’plab oqib kelishini bildirardi.Fransuz feodallari o’zlarining Sharq mamlakatlariga nisbatan tutgsn siyosatlari natijasida Janubiy Italiyaning arab mamlakatlari bilan olib borgan savdo ishlariga putur yetkardi xolbuki ilgari Shtaufenlar bu mamlakatlarni qo’llab quvvatlar edi.Bosqinchifransuz feodallariga nafrat ko’zi bilan qaragan sitsiliyaliklar 1282-yilda qo’zg’olon ko’taradilar va oroldagi fransuz harbiylarini qirib tashlaydilar.Bu qo’zg’olon 1282-yil 31-mart kuni Palermoda boshlangan bo’lib, tarixga “Sitsiliya oqshomi” nomi bilan kirgan. Chunki qo’zg’olon oqshom paytida qo’ng’iroq chalinishi bilan boshlanib ketgan edi.Apennin yarim orolini hamon qo’l ostida ushlab turganfransuz feodallarining jazo choralaridan qutilish uchun sitsiliyaliklar 1302-yildan Aragon hokimiyati ostiga o’tadilar.1445-yilda Aragon Neapol qirolligini ham bosib olishga muvaffaq bo’ladi.Shunday qilib Italiyaning janubiy qismi uzoq vaqt davomida ana shu ajnabiy davlat tarkibiga qo’shiladi. Italiyaning janubiy shaharlari qo’ldan ketgach, XIII-XV asrlarda Italiyaning shimoliy shaharlari ravnaq topadi.Bushimoliyshaharlar ijtimoiy va siyosiy tuzimining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida quyidagi ikkita shahar: shahar-respublika doirasidan ancha tashqari chiqqan yirik savdogarlar dengiz davlati namunasini ko’rsatganVenetsuta va eng rivojlangan sanoat markazi, eng siyosiy keskin kurash maydoni bo’lgan va ayni zamonda yangi italyan madaniyatining asosiy markazi bo’lgan Florensiya aniq tushuncha beradi.

Yüklə 25,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin