10-amaliy mashg’ulot Mavzu: Python dasturlash tilida massivlar va ulardan foydalanish. Bir va ikki o’lchovli massivlar bilan ishlash. Massivlar bilan ishlash



Yüklə 37,5 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü37,5 Kb.
#118407
10-amaliy mashg’ulot Mavzu Python dasturlash tilida massivlar v


10-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Python dasturlash tilida massivlar va ulardan foydalanish. Bir va ikki o’lchovli massivlar bilan ishlash.


Massivlar bilan ishlash

  1. A(n) massiv berilgan. Uning elementlarining eng kattasi va eng kichigini topish algoritmi va dasturini tuzing

  2. A(n) massiv berilgan. Massiv elementlarini o‘sib borish tartibida joy-lashtirish algoritmi va dasturini tuzing.

  3. A(n) massiv berilgan. Uning elementlarining eng kattasini 1-soni bilan, eng kichigini esa -1 soni bilan almashtirish algoritmi va dasturini tuzing.

  4. A(n) massiv berilgan. Uning elementlarining eng kattasi va eng kichigini hamda ularning o’rnini aniqlash algoritmi va dasturini tuzing.

  5. A(n) massiv berilgan. Uning manfiy, musbat va nol elementlari sonini aniqlash algoritmi va dasturini tuzing.

  6. x1, x2, …,x55 massiv berilgan: x1(x2+x3)  (x4+x5+x6) … (x46+x47+…,x55) ni hisoblash algoritmi va dasturini tuzing.

  7. x1, x2, …,xn massiv berilgan. Uning toq elementlaridan U, juft element-laridan Z massiv hosil qilish algoritmi va dasturini tuzing.

  8. A(n) massiv berilgan. Uning birinchi va oxirgi elementlari o’rnini almashtirish algoritmi va dasturini tuzing.

  9. A(n) massiv berilgan. Uning manfiy elementlarining eng kattasini aniqlash algoritmi va dasturini tuzing.

  10. va ikkita massivning elementlari butun sonlarda iborat. massivning toq elementlardan tashkil topgan, lekin massivning elementi bo‘lmagan massivni hosil qiling.

Ikki o’lchovli massivlar bilan ishlash

  1. A(N,N) massivning barcha musbat elementlari yig’indisi va manfiy elementlari ko’paytmasini hisoblash algoritmi va dasturini tuzing.

  2. A(N,N) massivning barcha musbat, manfiy va nol elementlari sonini aniqlash algoritmi va dasturini tuzing.

  3. A(N,N) massivning bosh diagonali elementlari yig’indisi va manfiy elementlari ko’paytmasini hisoblash algoritmi va dasturini tuzing.

  4. A(N, N) massivning bosh diagonalining eng katta elementi va u turgan ustunni aniqlash algoritmi va dasturini tuzing.

  5. A(N,M) massiv har bir ustuni elementlari yig‘indisini, so‘ngra har bir satri elementlari ko‘paytmasini topish algoritmi va dasturini tuzing.

  6. A(N,M) massivning har bir satrining eng katta elementini toping va ularning indeks tartib raqamini aniqlash algoritmi va dasturini tuzing.

  7. A(N,M) massiv har bir satr elementlari yig‘indisini hisoblash va ulardan eng kattasi va eng kichigini topish algoritmi va dasturini tuzing.

  8. A(3,3) massiv berilgan. Uning birinchi va uchinchi ustun elementlarini 3 ga ko‘paytirib yangi massiv hosil qilish algoritmi va dasturini tuzing.

  9. A(N,N) massivning eng kichik elementi joylashgan satr va ustun elementlarini o’chirish algoritmi va dasturini tuzing.

  10. A(3,3) massiv berilgan. Uning satr va ustun elementlarini kvadratga ko‘tarib yangi massiv hosil qilish algoritmi va dasturini tuzing.

Nazorat uchun savollar

  1. Massiv nima?

  2. Massivlar qanday tavsiflanadi?

  3. Paskal tilida necha xil massivlar ishlatiladi?

  4. Bir o’lchovli massivlar qanday tavsiflanadi?

  5. Massiv elementlari qanday beriladi?

  6. Ikki o’lchovli massivlar qanday tavsiflanadi?

  7. Ikki o’lchovli massiv elementlari qanday beriladi?



Adabiyotlar

  1. Eric Matthes. Python Crash Course Paperback.England 2015.205p..

  2. Сысоева М.В., Сысоев И. В. Программирование для «нормальных» с нуля на языке Python Москва. 2018. -180с.

  3. Федоров Д. Ю.Основы программирования на примере языка Python. Санкт-Петербург 2018. -167 c.

  4. К.Ю. Поляков, В.М. Гуровиц. Язык Python в школьном курсе информатики – М.: Издательский дом МЭИ, 2011. – 424

  5. Aminov I.B. Algoritmlash va dasturlash asoslari. O’quv qo’llanma. Samarqand,SamDU, 2018 y.

  6. Axatov A.R.,Nazarov F.M.Python tilida dasturlash asoslari. O‘quv qo‘llanma –SamDU, 2020 –yil, 180- bet.

  7. Aminov I.B.., Suyarov A.M. Dasturlash tillari asosida matematik masalalarni yechish. O’quv qo’llanma. Samarqand, SamDU, 2019, 169 bet.

Yüklə 37,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin